Ma’ruza №5 Mavzu: Frezerlash dasgoxning elektr yuritmalariga qoʻyiladigan talablar va quvvat xisobi


Download 254.98 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana27.03.2023
Hajmi254.98 Kb.
#1299948
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Ma 5



Ma’ruza № 5 
Mavzu: Frezerlash dasgoxning elektr yuritmalariga qoʻyiladigan 
talablar va quvvat xisobi. 
Reja: 
5.1 . Frezalovchi dastgohlarning tuzilishi va ishlash prinsipi. 
5.2 . Frezerlash dastgoxi elektr yuritmalarini ish rejimlari 
5.3 . Frezerlash dasgoxini quvvat xisobi. 
 
Materiallarni freza deb ataluvchi ko‘p tig‘li keskichlar bilan kesib ishlashga 
frezalash deyiladi. Bunda gorizontal, vertikal, qiya tekisliklar, shakldor yuzalar, rez 
balar ishlash kabi xilma-xil ishlar tegishli freza bilan stanoklarda bajariladi.Bunda 
freza ma`lum tezlikda asosiy harakat qilsa, stanok stoliga o‘rnatilgan zagotovka 
surish harakati qiladi.Bunda frezaning har bir tishi zagotovkadan qirindi 
kesadi.Frezalashning ikki usuli bo‘lib, ulardan biri yo‘lakay, ikkinchisi esa qarshi 
frezalashdir. 
5.1-rasm. Frezalash usullari: a - yo‘lakay; b- qarshi frezalash 
5.2-rasm. Frezalarning asosiy turlari: 
 
a - silindrik freza; b- torets freza; v - burchakli torets freza; g - pazlar 1 
uchun disk freza; d-«zig-zag» disk freza; e - yig‘ma disk freza (qistirma 2 ni 


almashtirish yo‘li bilan zarur kenglikdagi paz frezalanishi mumkin); j - shlits 
kesish frezasi; z - silindrik freza u - T-simon paz;4 - o‘yish frezasi; k - prizmatik 
shponka pazlarini o‘yish frezasi; l - segment shponka pazlari; 5 - o‘yish frezasi; 
m- xrapovik tishlari;6- o‘yish frezasi; n - ariqlar; 7,8- o‘yish uchun ishlatiladigan 
ikki burchakli freza; o-tishli g‘ildiraklarning zago-tovkalariga tish o‘yish uchun 
ishlatiladigan modelli freza. 
Yo‘lakay frezalashda frezaning aylanish yo‘nalishiga zagotovkaning 
surish yo‘nalishi tushadi. 
Qarshi frezalashda esa frezaning aylanish yo‘nalishiga zagotovkaning 
surilish yo‘nalishi qarshi keladi. 
Yo‘lakay frezalashda freza zagotovkadan maksimal qalinlikdan eng 
kichik qalinlikkacha qirindi yo‘nib boradi. Bunda frezaning tishlariga tushuvchi 
nagruzka eng katta darajadan eng kichik darajagacha kamaya boradi
zagotovkaga ta`sir etuvchi kuch uni stanok stoliga siqib, bikirligini oshiradi va 
zagotovkaga ishlov bera boshlash davrida freza tishlarining sirpanmay ishlashi 
kamayib, sifat ko‘rsatkichini oshi-radi. SHu sababli bu usul nafis ishlov berishda 
qo‘llanadi. 
Qarshi frezalashda freza zagotovkadan minimal qalinlikdan maksimal 
qalinlikdagi qirindini yo‘nib boradi.Bunda frezaning tishlariga tushuvchi 
nagruzka eng kichik darajadan eng katta darajagacha orta boradi.Zagotovkaga 
taʼsir etuvchi kuch uni stanok stolidan ajratishga intiladi, natijada u tebranib, sirt 
g‘adir-budurligi ortadi.Shu sababli bu usulni xomaki ishlov berishda qo‘llagan 
maʼqul. 
Ishlanadigan zagotovka tashki yuzasida qattiq qobiq, kuyindi bo‘lsa, 
qarshi frezalash usulidan boshqa hollarda yo‘lakay frezalash usulini qo‘llash 
tavsiya etiladi. 
Frezalarni ishlatish joyiga ko‘ra, ularning turlari (konstruksiyasi, 
tishlarining shakli, geometriyasi), o‘rnatish xarakteri har xil bo‘ladi. Masalan, 
konstruksiyasiga ko‘ra, frezalar yaxlit, yig‘ma, kavsharlangan va o‘rnatma tishli; 
o‘rnatilishiga ko‘ra esa o‘rnatma, kuyruqli va toretsli turlarga bo‘linadi. 


O‘rnatma frezalar shpindel opravkasiga ma
shpindelga bevosita mahkamlanadi. Toretsli frezalar shpindel toretsiga boltlar 
bilan mahkamlanadi. Frezalarning asosiy turlari va ular bilan bajariladigan 
ishlar, frezalashda foydalaniladigan ba`zi moslamalar keltirilgan.

Download 254.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling