Ma’ruza №7 Magnit ko’chaytirgichlar va magnit ishga tushurgichlar


Download 0.51 Mb.
bet1/10
Sana24.02.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1227376
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
7 b2ae648fde8ea8c01003e6f531cba85e


Ma’ruza №7
Magnit ko’chaytirgichlar va magnit ishga tushurgichlar.
Reja:
1.Magnit ishga ishlash printsipi
2.Tuzilishi va ularga qo’yiladigan talablar.
3. Magnitli ishga tushirgichning ulanish sxemalari.
Magnitli ishga tushirgich; issiqlik relesi; yuklama ortib ketishidan ximoya; kontaktlar tebranishi (vibratsiyasi); elektrik (kommutatsion) yemirilishga bardoshlilik;yuritgich elektromagniti; elektromagnit o’zagi; Harakatlanuvchan kontakt detali; bosh (asosiy) va yordamchi kontaktlar; reversiv yuritgich; noreversiv yuritgich.

Magnitli ishga tushirgich deb, qiqsa tutashgan rotorli asinxron dvigatelpni (AD) ishga tushirib yuboruvchi kontaktorga aytiladi. Magnit yuritgich tarkibiga, kontaktordan tashqari, AD ni yuklama toki ortib ketishidan va «fazaning yo’qolib qolishi»dan ximoya qilish uchun belgilangan issiqlik relesi ‘am kiradi. AD larning uzoq muddat uzluksiz ishlashi ko’p ji’atdan magnit yuritgichning ishonchli ishlashiga bog’liq. SHuning uchun magnit yuritgichlariga yemirilishga bardoshlilik, kommutatsion qobiliyat, aniq ishlab ketish, yuklama toklari va iste’mol quvvati ortib ketishidan ishonchli ximoya kabilar nuqtai nazaridan yuksak talablar qo’yiladi.


Magnit yuritgichlarining asosiy xususiyatlarini ko’rib chiqamiz.
AD manbaga ulanganda uning yuritish paytidagi toki («pusk» paytidagi) nominal tokning 6-7 barobari miqdorida ortib ketadi. Tokning bunday qiymatida kontaktlardagi yengil tebranish xam ularni ishdan chiqarib qo’yishi mumkin. Kontaktlarning tebranish (vibratsiya) vaqtini kamaytirish uchun kontaktlar va Harakatlanuvchi qismlar imkon darajasida yengil qilib yasaladi, Harakat tezligi kamaytiriladi va kontaktlarga bosish kuchi oshiriladi. Ushbu tadbirlarga amal qilish oqibatida katta kommutatsion (elektrik) yemirilishga bardoshlilikka ega bo’lgan (soatiga ulab-uzishlar soni 600 bo’lgani xolda jami 2 . 106 operatsiyaga mo’ljallangan) PA va PME seriyadagi magnit yuritgichlar yaratilgan.
Tok kuchi 100A gacha bo’lgan yuritgich kontaktlariga kumush yuritiladi, tok kuchi 100A dan ortiq bo’lgan xollar uchun esa kontaktlar kumush va kadmiy oksididan (SOK) iborat kompozitsiyadan tayyorlanadi.
Dvigatelni manbadan uzish paytida kontaktlardagi tiklanuvchi kuchlanish manba kuchlanishi bilan dvigatelp e.yu.k. si o’rtasidagi farqqa teng bo’lib, natijada kontaktlarda bor-yo’g’i nominal kuchlanishning 15-20% miqdorida kuchlanish bo’ladi, bu esa dvigatelpni manbadan uzishga yengil sharoit yaratadi. Lekin AD ishlashi davomida amaliyotda shunday xol uchraydiki, dvigtelpni yuritiboq manbadan uzishga to’g’ri keladi, bunday paytda yuritgich dvigatelpni nominal tokning yetti barobar katta miqdorida va nominal kuchlanishga teng bo’lgan tiklanish kuchlanishi miqdorida manbadan uzishiga to’g’ri keladi.
Magnit yuritgichi tormozlab qo’yilgan dvigatelpni 50 marta ulab-uzgandan keyin ‘am normal ishlashni tapminlashi kerak. Yuritgichning pasportida uning nominal toki miqdoridan tashqari, yuritgichning turli kuchlanishlarda ishlashi mumkin bo’lgan dvigatelpning quvvati keltirilgan bo’ladi. Yuritgich tomonidan uzilayotgan zanjir toki kuchlanish ortishi bilan nisbatan sezilarli bo’lmagan xolda kamayishi munosabati bilan, yuritgich ishlashi mumkin bo’lgan dvigatelp quvvati nominal kuchlanish ortishi bilan ortib boradi. Ishchi kuchlanishning eng katta qiymati 500 V ga teng.
Tekshirishlarning ko’rsatishlaricha magnit yuritgichning elektrik (kommutatsion) yemirilishga bardoshliligi dvigatel quvvatining 1,5-2,0- darajadagi qiymatiga teskari proportsional ekan. Yuritgichning xizmat muddatini oshirish uchun, uni tanlashda nisbatan kattaroq quvvatgamo’ljallab tanlanadi.
Magnitli yuritgichning konstruktsiyasi va ulanish sxemasi.
PME va PA seriyadagi yuritgichlar amaliyotda keng tarqalgan.
1

2.1-расм.
0.1-rasmda PME seriyadagi yuritgichning umumiy ko’rinishi keltirilgan. Harakatlanuvchan kontakt 1 ko’prik shaklida yasalgan. Tok uzatuvchi shinachalar 3 qo’zg’almas kontakt-detali 4 ga shunday tartibda ulanganki, bunda xosil bo’layotgan elektrodinamik kuchlar xosil bo’lgan yoyni kontaktdan tashqariga siqib chiqarishga (puflashga) yo’naltirilgan bo’ladi.

To’g’ri Harakatlanuvchan tipdagi elektromagnit SH-shakldagi o’zak 5 va yakorp 6 ni o’z ichiga oladi. Yuritgich, boshlang’ich xolatga, prujina7 yordamida keltiriladi. Qisqa tutashgan cho’lg’amlar (‘alqalar) 8 o’zakning ikki chekkadagi sterjenplarga o’rnatilgan. Elektromagnitning yakori 6 izolyatsion traversa 9 bilan bog’liqdir. Izolyatsion traversa 9 ga kontakt prujinasi 2 bilan ta’minlangan Harakatlanuvchan kontaktlar 1 qotirilgan bo’ladi. Yuritgich beshta bosh (asosiy) va ikkita yordamchi kontakt 12 ga ega bo’lishi mumkin. Elektromagnit yakori bilan kontaktlarining bir ‘il masofa oralig’ida Harakatlanishi elektromagnit mexanizmining asosiy xususiyatlaridan biridir. Bunday elektromagnitlarning kamchiligi uning kontaktlarining uzoq tebranishi (1 ms dan ortiq) va nisbatan tez yemirilishidir. Bunday yuritgichlar kichik quvvatdagi elektr dvigatelplarini yuritishda ishlatiladi (nominal tok – 25A). Tok kuchi 25A dan yuqori xollarda PA seriyadagi yuritgichlardan foydalanish samarali ekan. Bunday yuritgichlarning kontaktlarining Harakatlanish masofasi yakornikidan 2,5 marta kichik. Dvigatelllarni yuklama tokidan ximoya qilish uchun uning ikkita fazasiga relelari ulanadi. Noreversiv magnit yuritgichning ulanish sxemasini ko’rib chiqamiz.

3.2-rasm. Noreversiv magnit yuritgichning ulanish sxemasi.

Bosh (asosiy) kontaktlar L (ko’proq chiziqli kontakt shaklida) dvigatelni manba bilan tutashtiruvchi o’tkazgichlarga o’rnatiladi. Ushbu o’tkazgichlarning ikki fazasiga TRP1 va TRP2 issiqlik relelarining qizuvchi elementlari ulanadi. Elektromagnitning g’altagi K manbaga issiqlik relelarining uzuvchi kontaktlari T0 va boshqarish knopkasi orqali ulanadi. «Pusk» knopkasi bosilgandan so’ng, g’altak K, «Stop» knopkasining 1-2 kontaktlari va issiqlik relelarining yopiq xolatdagi kontaktlari T0 orqali, manba kuchlanishiga ulanadi. Elektromagnit yakori o’zakka tortilgandan so’ng BK blok kontakti ulanadi va «Pusk» knopkasining 3-4 kontaktlarini shuntlaydi. Bu esa o’z o’rnida «Pusk» knopkasini qo’yib yuborish imkonini beradi. Yuritgichni manbadan uzish uchun «Stop» knopkasi bosiladi. Yuklama toki ortib ketganda esa issiqlik relesi ishga tushadi va o’z kontaktlari T0 orqali g’altak K ni manbadan uzadi. Elektromagnit yakori boshlang’ich xolatga qaytadi va shunday tartibda yuritgich manbadan uziladi. Reversiv magnit yuritgichning ulanish sxemasini ko’rib chiqamiz.



10.3-rasm. Reversiv magnit yuritgichning ulanish sxemasi.

«Vperyod» boshqarish knopkasi ulovchi 1-2 va uzuvchi 4-6 kontaktlariga ega. «Nazad» boshqarish knopkasi esa dvigatelpni teskari tomonga aylantirish uchun xuddi shunday kontaktlarga ega. SHuning uchun sxemadagi indekslarni belgilashlarda mos ravishda «v» ‘arfi «vperyod» knopkasiga tegishli bo’lib, «n» ‘arfi esa «nazad» knopkasiga tegishlidir. «Vperyod» knopkasi bosilganda ushbu knopkani 1-2 kontaktlari ulanadi va yuqorida noreversiv yuritgich uchun «Pusk» knopkasini bosganda ro’y bergan jarayon amalga oshadi, faqat mazkur xolda Kv g’altagi «Nazad» knopkasining 1-6 kontaktlari orqali manbaga ulanadi. SHu vaqtning o’zida «Vperyod» knopkasining uzuvchi 4-6 kontaktlari uziladi va Kn g’altagi manba zanjiridan uziladi.


«Nazad» knopkasi bosilganda avval 1-6 kontaktlari uziladi, Kv g’altagi manbadan uzilib, «Vperyod» yuritgichi o’z ishini to’xtatadi. So’ngra 3-4 kontaktlari orqali «Nazad» yuritgichining elektromagniti ishga tushadi. «Vperyod» va «Nazad» knopkalari favqulotda birdaniga bosib yuborilsa yuritgichlarning birortasi ‘am ishlamaydi.
Yuritgichlarning blok-kontaktlari ‘ozirgi kunda universal blok ko’rinishida chiqarilib, turli yuritgichlarda qo’llash imkonini bermoqda.

1. Umumiy ma’lumotlar. Havo o’chirgichlarining tuzilishi.


2. Tok olib o’tuvchi zanjir va avtomatlarning yoy so’ndirish tizimi.
3. Universal va o’rnatma avtomatlarni yuritmasi va mexanizmi.
Avtomatik o’chirgich elektr zanjirlarini va elektr uskunalarni yoqish va o’chirish uchun mo’ljallangan, hamda qisqa tutashuv va o’ta yuklanish vaqtida xosil bo’ladigan katta tokdan ximoya qilish uchun. Magnit ishga tushuruvchiga qaraganda avtomatik o’chirgich elektr boshqaruv signallaridan foydalanayotgan avtomatik tizim uchun ishlatilmaydi. U shuningdek yelektrodvigatel reversini taьminlamaydi. Avtomatik o’chirgich ko’pincha reverslanmaydigan elektrodvigatellarni uzoq yoqib turish uchun ishlatiladi. SHuningdek magnit ishga tushirgich sxemasida rubilnik o’rnida ishlatilishi mumkin.
Avtomatik havo o’chirgichning tuzilishi 1-rasmda ko’rsatilgan.Rukoyatga 1 yordamida avtomatik yoqib o’chiriladi.

Rasm 1. Avtomatiko’chirgich
Rasmda ko’rsatilgan xolatda avtomat o’chirilgan va Harakatchan kontakt 2 Harakatsiz kontakt 3 bilanulanmagan. Avtomatni yoqish uchun prujinani burash kerak, bunda rukoyatka pastga tushadi va detalni 4 buraydi, u pastki uchlari rijakni 5 ushlab turuvchi tishli zatsepleniyagakiradi. Endi avtomat yoqish uchun tayyor. Uni yoqish uchun rukoyatka 1 pastga tushiriladi. Prujina shunday xolatni egallaydiki, bunda sharpir _______ birlashgan 7 va 8 – richaglar yuqoriga ko’tariladi va ular bita to’g’ri chiziqd ajoylashadi.
Avtomat yoqiladi: tokzanjiri 2 va 3- kontaktlar, 9 va 10 ajratgichlar orqali xosilbo’ladi.
Avtomatni avtomatik ravishda o’chirish ajratgichlar ishlab ketganda amalgaoshadi. Uzoq tok o’ta yuklanganda biometall ajratgich 10 ishlabketadi.Uning erkin uchlari richagni 5 soat millari bo’ylab buradi va pastga qarab tushiriladi. Richag tishi detalda 4 uziladi, bu detal buriladi va 7-8 richaglar o’lik xolatni o’taydi. Prujina kuchi 6 pastga yo’naltirilgan, uning taьsirida kontaktlar 2-3 ajraladi. Maksimal ruxsat etilgan tokni o’chirish elektromagnit kuchlar taьsirida amalga oshiriladi, ular rijag tishini 5 detal 4 bilan ajratishdan olib chiqadi. Agar avtomatik ravishda nagruzka o’chirilsa rukoyatka 1 yuqori xolatga turadi. Avtomatni qo’lda o’chirishda rukoyatka 1 pastga o’tadi, 2-3 kontaktlar uzilganda xosil bo’ladigan elektr yoyi yoy so’ndiruvchi reshetka 7 yordamida so’ndiriladi.
Avtomatlar minimal kuchlanishdagi ajratuvchilar bilan taьminlanishi mumkin, agar ular avtomatni ruxsat etilgan miqdordagi past kuchlanishda o’chiradi. Masofadan turib boshqarish uchun avtomatik o’chirgich sifatida rukoyatkani 1 elektromagnit yuritma bilan to’ldirilgan maxsus konstruksiyasi ishlatiladi. AK, AP, AE turdagi avtomatik o’chirgichlar 1dan 3 juftgacha kuchli kontaktlarga ega. Ular 110dan 500 Vgacha kuchlanishdagi zanjirlar uchun o’nlab A tokda ishlatish uchun mo’ljallangan. Avtomatiko’chirishvaqti 0.02-0.04snitashkiletadi.



Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling