Ma’ruza №7 qattiq jismlarning deformatsiyalanishi
Tovush to’lqinlari. Tovushning tezligi va intensivligi
Download 374.88 Kb.
|
Ma’ruza №7 qattiq jismlarning deformatsiyalanishi-fayllar.org
Tovush to’lqinlari. Tovushning tezligi va intensivligi
To`lqinlar odam qulog’iga etib borganda quloq pardasini majburiy tebrantiradi va odam tovushni eshitadi. Odamda tovush sezgisini uyg’otuvchi elastik to’lqinlarga tovush to’lqinlari deyiladi. Tovush to’lqinlarining chastotasi 16-20.000 Hz oralig’da bo’ladi. va chastotali to’lqinlar insonning eshitish organlari tomonidan qabul qilinmaydi. chastotali to’lqinlarga infratovush va chastotali to’lqinlarga ultratovush to’lqinlari deyiladi. Bundan tashqari tovush to’lqinlarining quvvati odamda sezgi uyg’otish uchun etarli bo’lishi kerak. Tovush to’lqinlari ham barcha to’lqinlar kabi muhitda tarqaladi va bo’shliqda tarqala olmaydi. Shuning uchun ham vakuumdan tovush uzatilmaydi. Tovushning da havodagi tezligi ga teng. To’lqinlarning tarqalish tezligi muhitga va haroratga bog’lik. Bu hususiyat tovushning tarqalish tezligiga ham hosdir. Masalan tovushning suvdagi tarkalish tezligi , po’latda esa .
Tovushning intensivligi deb, tovush to’lqinlarining, tarqalish yo’nalishiga perpendikulyar
To’lqin energiyasi to’lqin amplitudasi va chastotasining kvadratlariga to’g’ri proportsianal. Shuning uchun ham to’lqin intensivligi to’lqin amplitudasi, chastotalarining kvadratiga to’g’ri proportsional deyiladi. Shuni qayd etish kerakki inson qulog’ining sezuvchanligi turli chastotalar uchun turlichadir. Kishida tovush tuyg’usini uyg’otish uchun har bir chastotaga mos ma’lum minimal intensivlik mavjud. Agar intensivlik o’sha chegaradan oshib ketsa tovush eshitilmaydi va quloqda og’rik qo’zg’atadi. Shunday qilib har bir to’lqin chastotasi uchun eng kichik (eshitish bo’sag’asi) va eng katta (og’rik sezish bo’sag’asi) tovush intensivligi mavjuddir. 7 – rasmda eshitish va og’rik sezish bo’sag’alarining tovush chastotasiga bog’liqligi ko’rsatilgan. Ular orasida eshitish sohasi joylashgan. Tovushning qattiqligi intensivlikka bog’lik bo’lgan kattalikdir. Veber-Fehner qonuni bo’yicha intensivlik ortishi bilan tovushning qattiqligi logarifmik qonun bo’yicha ortadi: eshitish bo’sag’asidagi tovush intensivligi bo’lib barcha tovushlar uchun deb qabul qilinadi. kattalik tovushning intensivlik darajasi deyiladi va bel yoki detsibellarda o’lchanadi. 1000 Hz chastotada, agar intensivlik darajasi bo’lsa tovushning qattiqligi 1 fon bo’ladi. Qattiqlikdan tashkari tovushni xarakterlovchi tovushning balandligi va tembri tushunchalaridan ham foydalaniladi. Tovushning balandligi - tovush chastotasiga bog’liq bo’lib, eshituvchi tomonidan aniqlanadigan, tovushning sifatidir. Chastota ortishi bilan tovushning balandligi ham orta boradi. Tovushning tembri esa energiyaning ma’lum chastotalar orasida taqsimlanishini xarakterlovchi kattalikdir. Masalan bir hil notada ashula aytuvchi honandalar turlicha energiya sarflaganlari uchun turlicha tembrga ega bo’ladilar. Download 374.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling