Ma’ruza №7 qattiq jismlarning deformatsiyalanishi


Download 374.88 Kb.
bet23/35
Sana31.01.2024
Hajmi374.88 Kb.
#1829794
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   35
Bog'liq
Ma’ruza №7 qattiq jismlarning deformatsiyalanishi-fayllar.org

Termodinamika
– termodinamik muvozanat holatlarda va bu holatlarga o’zaro o’tish 
jarayonlarida bo’lgan makroskopik tizimning umumiy xususiyatlarini o’rganadi. shu jarayonlar asosini
belgilaydigan mikrojarayonlarni termodinamika o’rganmaydi va shu bilan statistik usuldan farq qiladi. 
Termodinamik tizim – makroskopik jismlar majmuasidan iborat bo’lib, bu jismlar doimo o’zaro
ta’sirlashadilar va nafaqat o’zaro, balki tashqi muhit bilan ham energiya almashib turadilar. 
Termodinamik metod asosi – bu termodinamik tizimning holatini aniqlash usulidir. Tizimning
holati, uning xususiyatini belgilovchi fizik kattaliklar majmuasidan iborat bo’lgan termodinamik 
parametrlar bilan belgilanadi. Odatda tizimning holatini belgilovchi parametrlar sifatida – temperatura,
bosim va solishtirma hajmlar tanlanadi. Tizimning holatini aniqlab beruvchi fizikaviy kattaliklar 
tizimning parametrlari deb ataladi.






Molekulyar-kinetik nazariya asoslari. Molekulaning xarakteristikalari. Molekulaning 

kattaligi. Modda miqdori. Avogadro qonuni va Loshmit soni. 


Molekulyar-kinetik nazariya asoslari. 
Yuqorida qayd etilganidek barcha moddalarning tuzilishi va
xossalari ular tashkil topgan, betartib harakatdagi molekulalarga bog`lik. O’tkazilgan ko’plab tajribalar 
va nazariy xulosalar molekulyar-kinetik nazariyaning asosida yotuvchi ko’yidagi uchta qoidaning
yaratilishiga olib keladi: 


1. 
Barcha moddalar juda kichik zarralar-atomlar va molekulalardan tashkil topgan. O’z 
navbatida ular ham yanada kichikrok zarralardan (elektronlar, protonlar, neytronlar) tashkil
topgan.


2. 
Moddalarning atomlari va molekulalari doimo uzluksiz xaotik harakat holatida


3. 
Istalgan moddalarning zarralari orasida o’zaro ta’sir – tortishish va itarish kuchlari 
mavjuddir. Bu kuchlar elektromagnit tabiatga ega.

Download 374.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling