Ma’ruza №7 qattiq jismlarning deformatsiyalanishi
Download 374.88 Kb.
|
Ma’ruza №7 qattiq jismlarning deformatsiyalanishi-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dopler effekti.
Gyugens prinsipi.
Gyuygens printsipi yordamida to’lqinlarning tarqalish hodisalarini kuzatish osonlashadi. Bu printsipga asosan, to’lqin harakati yetib borgan har bir nuqta ikkilamchi to’lqinlar manbaiga aylanadi: bu to’lqinlarni o’rab oluvchi egri chiziq keyingi momentdagi to’lqinlar fronti holatini beradi (4 - rasm). Gyuygens printsipidan foydalanib, ikki muhit chegarasidan to’lqinlarni qaytish va sinish qonunlarini keltirib chiqarish mumkin. To’lqinlarning burchak ostida tushganidagi sinishi har xil muhitdagi, ularning har xil tezliklarga ega bo’lishi bilan tushuntiriladi. Gyuygens printsipi, to’lqinlarga xos bo’lgan, ularning to’g’ri chiziqli tarqalishidan og’ishini tushuntirib bera oladi. Agarda to’lqinlar chegaralanmagan fazoda tarqalsalar, ular o’zlarining to’g’ri chiziqli yo’nalishini saqlab qoladilar. O’z yo’lida to’siqlarga duch kelsa, uni o’rab o’tishga intilishadi. Bu hodisa difraktsiya hodisasi deb ataladi. Masalan, ko’p teshikli yassi to’siqqa unga parallel bo’lgan to’lqin fronti tushayotgan bo’lsin (5 - rasm). Gyuygens printsipiga asosan, yassi to’lqinning har bir teshigiga to’g’ri kelgan nuqtalar ikkilamchi to’lqinlar markaziga aylanadilar. Bu ikkilamchi to’lqinlarni o’rab oluvchi egri chiziqni chizsak, u ikkilamchi to’lqin fronti geometrik soya sohasini ham egallay boshlaydi. Dopler effekti. Elastik muhitda to’lqin chiqaruvchi manbadan bazibir oraliqda muhitdagi tebranisharni qabul qiluvchi qurilma joylashsin. Biz uni qabullagich deb ataymiz. Agar manba va to’lqin qabullagich muhitga nisbatan harakatlanmasa manbadan chiqgan to’lqin chastotasi to’lqin qabul qiladigan manbadaga etib kelgan to’lqin chastotasiga teng bo’ladi. Demak, manbadan chiqgan to’lqin chastotasi qanday bo’lsa qabullagichga etib kelganda ham shunday bo’lae ekan, ya’ni to’lqinning chastotasi o’zgarmaydi. Agarda manba yoki qabullagich yoki ikkalasi ham muhitga nisbatan harakatlansa, unda qabullagichga yetib kelgan to’lqin chastotasi manbadan chiqayotgan to’lqin chastotasi dan farq qilar ekan. Bu hodisaga Dopler effekti deb ataladi. Faraz qilaylik, soddalik uchun manba va qabullagich tutashtiruvchi to’g’ri chiziq bo’ylab harakatlansin. Manba tezligi ni musbat deb olaylik agarda u qabullagich tomonga harakatlansa, aksincha qabullagichdan uzoqlashayotgan bo’lsa uning tezligi ni manfiy deb olaylik. Shunga o’xshash qabullagichning tezligi ni musbat deb olaylik agar qabullagich manbaga yaqinlashayotgan bo’lsa, aksincha manfiy deb olaylik, agarda qabullabich manbadan uzoqlashayotgan bo’lsa. Agar manba harakatlanmasdan chastota bilan tebranayotgan bo’lsa, unda manba chi tebranishni chiqarganda birinchi tebrangan to’lqin o’rkachi muhitda yo’lni bosib o’tishga ulgiradi ( to’lqinning muhitga nisbatan tarqalish tezligi). Demak, Agarda manba muhitga nisbatan tezlik bilan harakatlansa, unda manba chi tebranishni chiqargan paytda birinchi tebranish o’rkachi manbadan oraliqda bo’ladi (6 - rasm). Demak, to’lqinning o’rkachi va chuqurligi uzunlikda joylashar ekan. Chunki to’lqin uzunligi quyidagiga teng: Bir sekund davomida
uzunlikda joylashgan o’rkach va chuqurlikli tebranishni qabul qiladi va chastota bilan tebranadi. (10.23) ifodaga (10.212) ni qo’yib quyidagiga ega bo’lamiz: (10.24) ifodaga binoan qabullagich va manbaning shunday harakatida qabullagich manbadan chiqarayotgan chastotadan katta chastotani qabul qilib ular orasidagi masofa kamayar ekan. Agarda qabullagich bilan manba orasidagi masofa ortsa, unda chastota chastotadan kichik bo’ladi. Download 374.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling