Ma’ruza №8 mavzu: elektron hujjat aylanish tizimlari reja


“Kodeks: Dokumentooborot” hujjat aylanish tizimi


Download 187.96 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana08.11.2023
Hajmi187.96 Kb.
#1757533
1   2   3   4   5
Bog'liq
8-ma ruza-KAT

“Kodeks: Dokumentooborot” hujjat aylanish tizimi 
“Kodeks: Dokumentooborot” tizimi – bu hujjat aylanish tizimi dasturi “Центр 
компьютерных разработок” nomli Sankt-Piterburg davlat korxonasi tomonidan 
yaratilgan. “Kodeks: Dokumentooborot” korporativ hujjat aylanish tizimi – o‘zaro 
bog‘langan ish yuritish tizimlari, hujjatlar banki va korporativ xizmatlar 
ko‘rsatuvchi amaliy dasturlar kompleksidan tashkil topgan bo‘lib, davlat organlari 
va boshqa tashkilotlarda ish yuritish, hujjat aylanish masalalarini avtomatlashtirish 
ishlarini amalga oshiradi.
Kompleksning asosiy xarakteristikalari quyidagilardan iborat:
• Ish yuritishning odatiy masalalarini (funksiyalari) tayyor yechimi - korporativ 
tizim tarkibiga kiruvchi har bir tizim hujjatlarni qayta ishlashning odatiy 
vazifalarini bajarishga ixtisoslashgan, ya’ni rasmiy yozishmalarning 
harakatlanishini ro‘yxatga olish va nazorat qilish, fuqarolarning arizalarini ko‘rib 
chiqish va nazorat qilish, ma’muriy hujjatlarni markazlashtirilgan nazorat qilish, 
ko‘rsatmalar va boshqalar; 
• Qog‘ozli hujjat aylanish ishlarini qo‘llab-quvvatlash va yuritish, qog‘ozdan 
elektron hujjat aylanishiga bosqichma-bosqich o‘tish; 
• Yagona axborot mantig‘i bilan birgalikda modullik - kichik tizimlar o‘rtasida 
hujjatlar almashinuvi, global kataloglarni markazlashtirilgan holda olib borish


Internet / Intranet texnologiyalari bo‘yicha ma’lumotlar bazalariga joylardan 
kirishni ta’minlash, xabarlar, xulosalar, ogohlantirishlarni elektron pochta orqali 
tarqatish; 
• tizimning tejamkorligi ommaviy dasturiy-texnik platformalarga, birinchi 
navbatda, Microsoft uchun yo‘naltirilgan o‘z mahsulotlari va texnologiyalaridan 
foydalanish bilan aniqlanadi. Ularni tatbiqi uchun ham ko‘p sarf-xarajat 
ketmaydi. 
“Kodeks: Dokumentooborot” tizimiga kiruvchi funksional tizimostilariga 
quyidagilar kiradi: 
1. «Kodeks: Slujebnaya korrespondensiya» – kiruvchi va chiquvchi hujjatlarni 
ro‘yxatdan o‘tkazish tizimi; 
2. «Kodeks: Kontrol ispolneniya dokumentov» – nazorat hujjatlarini, 
topshiriqlarni, bajaruvchilarni ro‘yxatga olish tizimi bo‘lib, nazorat kartalarini 
bajaruvchilarga jo‘natish, bajarish muddatlarini cho‘zish, to‘liq bajarilgan 
hujjatlarni nazoratdan olishni avtomatik va qo‘l rejimlaridan foydalangan holda 
bajarish kabi bir qancha ishlarni ham bajaradi; 
3. «Kodeks: Pisma i obrasheniya grajdan» – bu tizim arizachilar to‘g‘risidagi 
ma’lumotlarni kiritish; arizalarni va ulardagi savollarni ro‘yxatdan o‘tkazish; 
murojaatlarni va boshliq ko‘rsatmalarini ko‘rib chiqishni nazorat qilish, ularning 
ko‘rib chiqilishi bo‘yicha ma’lumotlarni yig‘ish kabi ishlarni bajaradi; 
4. «Kodeks: Sistema podgotovki dokumentov» — hujjatlarning elektron to‘liq 
matnli arxivini yaratish tizimi; 
5. «Kodeks: Sistema registratsiya normativnix i rasporyaditelnix dokumentov» — 
tashkilot hujjatlarini ro‘yxatdan o‘tkazish, ularni elektron shaklda bajarish uchun 
yuborish, shuningdek, tashkilotning to‘liq matnli elektron hujjatlar saqlanishini 
ta’minlash; 
6. «Kodeks: Spravochnaya sistema dokumentooborota» — bu tizim Internet / 
Intranet texnologiyasidan foydalangan holda hujjat bazalariga kirishni 
ta’minlaydi va har qanday masofada joylashgan kompyuterdan hujjat aylanish 
jarayoni haqida tezkor axborot olish imkonini beradi.


7. «Kodeks: Obmen dokumentami» — bu lokal kompyuter tarmog‘i doirasida va 
korporativ axborot tizimlari o‘rtasida hujjatlar almashinuvini amalga oshiradi. 
Tizim ikki xil – fayl-server va mijoz-server tahririyatlarda ishlab chiqilgan. 

Download 187.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling