Ma’ruza №8 mavzu: elektron hujjat aylanish tizimlari reja
“OfficeMedia” ish yuritish tizimi
Download 187.96 Kb. Pdf ko'rish
|
8-ma ruza-KAT
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari
“OfficeMedia” ish yuritish tizimi
Tizim “InterTrust” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan. Tizim kotibalar yoki ish yuritish bo‘limi ishini avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan va barcha darajadagi rahbarlarga (menejerlarga) qabul qilingan hujjatlar bo‘yicha topshiriqlar berish va ularning bajarilishini nazorat qilish imkonini beradi. “OfficeMedia — Deloproizvodstvo” dasturlar to‘plami quyidagi ma’lumotlar bazasidan iborat: • “Registratsiya dokumentov” (Hujjatlarni ro‘yxatga olish) - hujjatlarni muntazam qayd qilishni tashkil etish, xodimlarning ishlash tartibi ustidan nazorat qilish, hisobotlarni tayyorlash va boshqalar uchun. • “Biblioteka rabochix dokumentov” "Ishchi hujjatlar kutubxonasi" - hujjatlarni tayyorlash, ularni tasniflash, saqlash, hujjatlarni kontekstual axborot bilan ta’minlash va chop etish uchun; • “Soglasovaniye” (Moslashuv) - hujjatlarni tasdiqlash uchun taqsimlash va nazorat qilish jarayonni avtomatlashtirish uchun; • “Oznakomleniye” (Tanishuv) - hujjatlarni ko‘rib chiqish uchun jo‘natishni avtomatlashtirish uchun; • “Obrasheniya grajdan” (Fuqarolarning murojaatlari) - jismoniy shaxslarning arizalari asosida ish yuritish uchun; • "Organizatsionno-rasporyaditelniye dokumenti” (Tashkiliy-ma’muriy hujjatlar) – buyruqlar, farmoyishlar, xizmat ko‘rsatmalari loyihalarini tuzish, ularni muvofiqlashtirish, imzolar va bajarilishini nazorat qilish uchun. Zamonaviy kompyuterlarni ishlab chiqish va avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarini joriy etilishi hujjat aylanishi tizimini samaradorligi oshirish muammosi tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Elektron hujjat aylanishi tizimini joriy etish ixtiyoriy korxonada hujjat ishlarini tizimlashtirishning asosiy elementi hisoblanadi. Elektron hujjat aylanishi axborot oqimini minimal darajaga tushiradi, shu bilan birga bu jarayonlarni avtomatlashtirishning so‘nggi texnologiyalaridan foydalangan holda ma’lumotlarni to‘plash, qayta ishlash va uzatish ishlarini engillashtirish va kamaytirishni ta’minlaydi. Shuningdek, ish jarayonini yaxshilash yo‘llari orasida ikkita yo‘nalish mavjud: hujjat aylanishi texnologiyasini takomillashtirish va ish hajmini kamaytirish. Ish yuritish hajmini kamaytirish vazifasi ikkita asosiy jihatdan iborat: yaratilgan hujjatlar sonini kamaytirish va hujjatlarni ishlab chiqarish uchun resurslarni sarflashni kamaytirish. Ulardan , tabiiyki, birinchi jihat muhimroq. Nazorat savollari 1. Hujjat almashish tizimlarining asosiy vazifalari nimalardan iborat? 2. Hujjat almashish tizimlari qanday rekvizitlarga ega? 3. Elektron nashr nima? 4. Elektron nashrlar qanday sinflarga ajratiladi? 5. Qanday ish yuritish tizimlarini bilasiz? Download 187.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling