Ma'ruza №8 po‘latlar r е j a
Download 323.55 Kb. Pdf ko'rish
|
8-Mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uglerodli asbobsozlik po‘latlari
Avtomatli po‘latlar
Bu po„latlarni qirqib ishlash nisbatan oson. Bunga po„lat tarkibiga oltingugurt bilan fosforni ko„proq qo„shish bilan erishiladi. Har ikki element keskich turg„unligini oshiradi. Eng samarador usul metallurgik jarayon davrida oltingugurt, selen, tellur, kalьtsiylarni po„lat tarkibiga kiritishdir. Bular metall emas qo„shimchalarni tarkibini o„zgartiradi. Avtomatli po„latlarni kimyoviy tarkibi GOST 1414-75 bilan tamg„alangan. Markalanishi: A11; A12; A20; A30; A40Г; AS14; A35E; A - avtomatli degani; raqamlar: 11, 12, 20, va h.k uglerod miqdorini yuzdan bir ulushda, ya‟ni 0,11%; 0,20%. Agar po„lat qo„rg„oshin bilan legirlangan bo„lsa, “S” quyilib, AS deb belgilanadi. Po„latni issiq darz ketishini namoyon qilmasligi uchun po„latdagi marganets miqdori oshiriladi. “Г” - margenets qo„shilgani degani, “E” – selen qo„shilgani. Po„lat tarkibiga qo„rg„oshin, selen va tellurning qo„shilishi keskich materiallarini xarajatlarini 2-3 marta kamaytiradi. Uglerodli asbobsozlik po‘latlari Asbobsozlik po„latlari kesuvchi asboblarni va sovuq hamda isssiq holda deformatsiyalaydigan shtamplarni yasashda ishlatiladi. Bu po„latlarga qo„yilgan asosiy talab bu ishqalanib yeyilishga chidamlilik va issiqqa bardoshlik. Ishqalanib yeyilishga qarshilik yetarli bo„lishi lozim. Asbobni formasini ushlab turish uchun material mustahkam va qovushqoq bo„lishi kerak. Issiqqa bardoshligi – harorat ta‟sirida o„zini mexanik xossalarini saqlashi bu mehnat unumini ko„rsatgichi. Uglerodli asbobsozlik po„latlari keskich materiallari orasida eng arzonidir. Bular asosan kam ma‟suliyatli keskichlarni va shtamplarni yasashda ishlatiladi. Uglerodli po„latlar (GOST 1414-75) ikki xil ko„rinishda chiqariladi: a) sifatli(U7,U8,U9.....U13). b) yuqori sifatli ( U7A, U8A, U9A... U13A). Markalanishdagi U harfi uglerodli po„lat degani. Raqamlar po„lat tarkibidagi uglerod miqdorini yuzdan bir ulushda bildiradi. U7A da uglerod miqdori S=0,7%, U12A da S=1,2%; “A” harfi po„latni yuqori sifatliligini bildiradi: ya‟ni undagi zararli chiqindilar, ayniqsa, fosfor va oltingugurt miqdori 0,025% dan oshmagan deyilgani. Uglerodli po„latlarni toblanishlik chuqurligi (qalinligi) past bo„lgani uchun mayda asboblar uchun ishlatiladi. Ko„ndalang kesim 25 mm dan ortganda po„lat o„zagi toblanmay qoladi; ustki yuza qattiq (metchiklar, razvyortkalar, egovlar yasaladi). U7, U8, U9 po„latlari to„la toblanadi, bo„shatiladi (275-300°S da). Shunda qattiqlik NRC=48-51 olinadi, trostit struktali. Evtektoiddan keyingi po„latlar U10, U11, U12, U13lar chala toblanib, past bo„shatiladi (150-180°S). Bunda martensit struktura olinadi va NRC=62-64 bo„ladi. Evtektoiddan keyingi po„latlar o„lcho„v asboblari (kalibrlar), keskichlar(egov, arra, metchik, parmalar), katta bo„lmagan shtamplar (sovuq cho„zish va cho„ktirish) yasash uchun ishlatiladi, qaysilarki, yuqori emas kuchlanishlarda ishlaydi. U13 yuqori qattiqlikni talab qiladigan asboblar uchun ishlatiladi: shaberlar, gravirovkalar. Uglerodli asbobsozlik po„latlarini kamchiligi ularni 200°S dan yuqorida mustahkamligini yo„qotishi (issiqqa bardoshligi). Download 323.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling