Ma’ruza №9 Mavzu: Detallarning rezbali sirtlariga ishlov berish. Reja
Texnologik o’tuvlar bo’yicha ishlov berish va chegaraviy
Download 0.55 Mb.
|
9. Маъруза - МТА.
Texnologik o’tuvlar bo’yicha ishlov berish va chegaraviy
o’lchamlar uchun oraliq qo’shimlarni hisoblash tartibi Tashqi va ichki yuzalar uchun (Izoh-belgisiz raqamlar ikkala holat uchun, *-shu belgi qo’yilgan raqam faqat ichki yuzalar uchun). 1. Ishlanuvchi tanavor uchun o’rnatuv bazalar va ishlov berish texnologik marshruti belgilansin. 2. Hisoblash xaritaga, ishlanuvchi elementar yuzalar va har bir elementar yuzalar bo’yicha ishlov berish tartibi yozilsin. 3. Rzi-1, Ti-1, ρi-1, εi, qiymatlari yozilsin. 4. Hamma texnologik o’tuvlar bo’yicha ishlov berish uchun Zimin qo’shimlarni hisoblash miqdorlari aniqlansin. 5. Oxirgi o’tuv uchun «hisoblanuvchi o’lcham» grafasiga, chizma bo’yicha detalni eng kichik chegaraviy o’lchami yozilsin. 5*. Oxirgi o’tuv uchun «hisoblanuvchi o’lcham» grafasiga, chizma bo’yicha detalni eng katta chegaraviy o’lchami yozilsin. 6. Oxiridan avvalgi, o’tuv uchun, hisoblanuvchi Zimin qo’shim chizma bo’yicha eng kichik chegaraviy o’lchamga qo’shish yo’li bilan hisoblash o’lchami aniqlansin. 6*. Oxirgidan avvalgi, o’tuv uchun, hisoblanuvchi Zimin qo’shim chizma bo’yicha eng katta chegaraviy o’lchamidan ayrish yo’li bilan hisoblash o’lchami aniqlansin. 7. Har bir avvalgi o’tuv uchun hisoblanuvchi o’lchamga qo’shish yo’li bilan undan keyin keluvchi oraliq o’tuvini hisoblash Zimin qo’shimni hisoblash o’lchamlari ketma-ket aniqlansin. 7*. Har bir avvalgi o’tuv uchun hisoblanuvchi o’lchamdan ayirish yo’li bilan undan keyin keluvchi aralash o’tuvni hisoblash Zimin qo’shimni hisoblash o’lchamlari ketma-ket aniqlansin. 8. Hamma texnologik o’tuvlar bo’yicha kichik chegaraviy o’lchamlari yozilsin, hisoblash o’lchamlarini oshirish yo’li bilan ularni yaxlitlab, har bir o’tuv uchun o’lcham qo’yimi qanday berilgan bo’lsa, o’nli kasrni o’sha qiymatgacha yaxlitlansin. 8*. Hamma texnologik o’tuvlar bo’yicha katta chegaraviy o’lchamlar yozilsin, hisoblash o’lchamlarini kamaytirish yo’li bilan ularni yaxlitlab, har bir o’tuv uchun o’lcham qo’yimi qanday berilgan bo’lsa, o’nli kasrni o’sha qiymatigacha yaxlitlansin. 9. Yaxlitlangan kichik chegaraviy o’lchamga qo’yimni qo’shish yo’li bilan katta chegaraviy o’lchamlar aniqlansin. 9*. Yaxlitlangan katta chegaraviy o’lchamdan qo’yimni ayirish yo’li bilan kichik chegaraviy o’lchamlar aniqlansin. 10. Qo’shimlarning chegaraviy qiymatlari Zimax eng katta chegaraviy o’lchamlarning ayirmasi kabi va Zimin avvalgi va bajariluvchi o’tuvlarning eng kichik chegaraviy o’lchamlarini ayirmasi kabi yozilsin. 10*. Qo’shimlarni chegaraviy qiymatlari Zimax eng kichik chegaraviy o’lchamlarini ayirmasi kabi va Zimin bajariluvchi va avvalgi o’tuvlar eng katta chegaraviy o’lchamlarini ayirmasi kabi yozilsin. 11. Oralik qo’shimlarni qo’shib, Zumax va Zumin umumiy qo’shimlar aniqlansin. 12. Qo’shimlar Zimax – Zimin va qo’yimlar Ta – Tv ayirmalarini taqqoslash yo’li bilan olib borilgan hisoblashlar to’g’riligi tekshirilsin, bu erda oraliq qo’shimlarning ayirmasi oraliq o’lchamlar qo’yimlarining ayirmasiga teng bo’lishi kerak, umumiy qo’shimlarning ayirmasi tanavor va tayyor detal o’lchamlari qo’yimlarining ayirmasiga teng bo’ladi. Izoh: Hisoblashlarda tashqi yuzalarni alohida va ichki yuzalarni alohida guruhlashtirish maqsadga muvofiqdir. Qo’shimni tajriba-statistik usulda aniqlashda, texnolog uni, o’z tajribasiga tayanib tarmoqlar tavsiyalari jadvallari va ma’lumotlari bo’yicha tayinlaydi. Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling