Ma’ruza №9 Mavzu: Detallarning rezbali sirtlariga ishlov berish. Reja


Tirsakli vallarga ishlov berish marshruti va bazalar tanlash


Download 0.55 Mb.
bet9/11
Sana30.01.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1141062
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
9. Маъруза - МТА.

Tirsakli vallarga ishlov berish marshruti va bazalar tanlash
Oqimli liniyada ishlov beriluvchi traktor dvigatelining tipoviy tirsakli valini (8.1-rasm) tayyorlash texnologik jarayonini ko'rib chiqamiz tanavori – shtampovka 45 markali po'latdan. Tanavor bolg’alab ishlov berilgandan keyin termik ishlovdan o'tadi – normalashtiriladi. Termik ishlash jarayonida val egilib bukiladi. Shuning uchun ular presslarda to'g’irlandi. To'g’rilash bir necha bor o'tkaziladi, katta mexanik ishlash jarayonida ham (5-8 marta) hamma operatsiyaladan keyin ham, qaysilarni bajarishda val deformatsiyalanishi mumkin (tashqi yo'nish, toblash va shunga o'xshash bo’ladi).
Valga ishlov berishda operatsiyalarning ko'pligi tufayli, ishlov berish bu erda kompleks operatsiyalar uchun ko'riladi:
1.Yon yuzalari frezalanib, markaziy teshiklari parmalanadi. Operatsiyalar yoki aloxida-aloxida bo'ylama-frezalash va markazlash dastgohlarida yoki bir vaqtda frezalash-markazlash yarim avtomatlarda bajariladi. Shuningdek balansirlash-markazlash majmuasi dastgohlari qo'llaniladi. Bu holda markaziy teshik tayyorlashning inertsiya o'qida barpo etiladi, va keyinchalik valni yakuniy balansirlashtirishni yengillashtiradi.
2.Maxsus yarim avtomatda tayanch bo'yinlarga ishlov beriladi. Avval uchinchi bo'ynin yo'nadi va uni jilvirlaydilar, keyin ikkinchi va to'rtinchi bo'yinlari yo'niladi. Jilvirlash uchun tamonlariga 0,4...0,5 mm qo'shim qoldiriladi.
3.Val uchlarini dastlabki yo'nishi bajariladi (bir tomonida chambaragi bilan, va zinali qismi bilan boshqa tomonidan), maxsus yarimavtomatda beshinchi va birinchi tayanch bo'yinlarini tegishlicha birlashtirgan holda yo'nish.



8.2-rasm.Tirsakli val chambaragi va markaziy teshiklarini
ishlash sxemalari

4.Keyingi operatsiyalarda ishlov berish aniqligini oshirish uchun, markazlovchi dastgohda markaziy teshiklari tuzatiladi. Bu shuning uchun ham zarurki og’ir kesish rejimda dastlabki ishlovdan keyin markaziy teshiklari deformatsiyalanadi.


5.Bo'yinlari birlamchi jilvirlanadi, chunki ular keyinchalik texnologik bazalar xizmatini bajaradi. Tayanch bo'yinlarini dastlabki jilvirlashning ko'proq unumli usuli – Bu ko'ptoshli avtomatlarda (8.3- rasm.) jilvirlashdir.



8.3-rasm. Tirsakli valni jilvirlash sxemalari


6.Frezalangan maydonga ko’rinishidagi qo'shimcha bazalarga ishlov beriladi (8.2 rasm.), maxsus frezalash dastgohida valni burchakli koordinatsiyalash uchun shatunli bo'yinchalarini tashqi yo'nish va jilvirlashda va ulardagi teshklarni parmalashda.


7. Bitta bo'yinini yo'nish uchun (deyarli aniq usul) mo'ljllangan stanoklarda yoki maxsus ikki holatli dastgohlarda (ko'prok unumli usul shatunli bo'yinlari tashqi yo'niladi. Ikkala holatda ham tayanch bo'yinlari baza xizmatini bajaradi. Shatunli bo'yinlarini yo'nishda ular o'qlarini navbatma-navbat yoki juft-juft dastgoh shpindeli aylanish o'qi bilan birlashtirish (moslashtirish) zarur. Bunga, bazalovchi tayanch bo'yinlarini aylanish o'qiga nisbotan krivoship radiusi miqdoriga siljitish bilan erishiladi. Bunda stanok shpindeli aylanish o'qiga perpendikulyar bo'lgan tekislikda krivoshipni, burchakli koordinatsiyalash talab etiladi, qaysi uchun avvalroq frezalab qo'yilgan maydoncha qo'llaniladi.
8.Ikki toshli dastgohlarda shatunli bo'yinlari dastlabka jilvirlanadi. Bo'yinlarni burchakli koordinatsiyalash tirsaklar yuzlaridagi (frezalangan maydoncha bo'yicha) qo'shimcha bazalar bo'yicha olib boriladi.
9.Chuqur moy o'tkazuvchi teshiklari agregat-parmalash dastgohlarida parmani ko'p marotaba avtomatik chiqarish bilan parmalanadi. Bazalash – tayanch bo'yinlari bo'yicha burchakli koordinatsiyalash–frezalangan maydoncha bo'yicha bazalash orqali amalga oshiriladi.
10.Tayanch va shatunli bo'yinlari texnik talablarga binoan HRC 50-62 qattiqlikda toblanadi. Toblash uchun qizdirish yuqori chastotali tok (ЮЧТ) bilan maxsus qurilmada olib boriladi. Tirsakli val toblash payitida aylantirib turiladi. Sovutuvchi suyuqlik 3-4 atm. bosim ostida beriladi.
11.Tayanch bo'yinlari jilvirlanadi va val to'g’rilanadi.
12.Tayanch bo'yinlari va chetlari va chambaraklari yakuniy jilvirlanadi. Ikkala operatsiyani ko'ptoshli jilvirlash dastgohlar markazlarida bajariladi. Jirvirlashda val deformatsiyalashini kamaytirish uchun jarayon ikki qismga bo'linadi.
13. Xuddi 8 operatsiyadagi kabi shatunli bo'yinlari yakuniy jilvirlanadi shatunli bo'yinlarining eng katta aniqligiga, har bir bo'yinini ketma-ket jilvirlash orqali erishiladi.



8.3-rasm. Tirsakli valni bazalash sxemasi


14.Val chambaragidagi teshiklarni agregat-parmalash dastgohida parmalanadi, zenkovkalanadi, zenkerlanadi va razvertkalanadi; Shpon ariqchalar vertikal-frezalash yoki shponka-frezalash stanoklarida bojariladi.


15.Valni, olib tashlanishi kerak bo'lgan metallni parmolash uchun balansirlovchi avtomatik qurilma va kallakdan tuzilgan maxsus avtomatlarda balansirlashadi (baza markaziy teshiklar).
16.Chambarakdagi markaziy teshikni va valni boshqa chetidagi teshikni ko'p holatli stanokda birlamchi va yakuniy yo'niladi bu operatsiyani bajarish misoli 8.2 rasmda ko'rsatilgan (baza tayancht bo'yicha).
17.Chanbarak yoki yuzasiga yakuniy ishlov beriladi va undagi podshipnik o'rnatiluvchi teshik maxsus dastgohlarda silliqlanadi (baza tayanch bo'yinlari).
18.Valning shatunli bo'yinlaridagi galtellar profilli roliklar yordamida maxsus moslamada obkatka qilinadi. Ikala galteli bir vaqtda obkatkalanadi (baza tayanch bo'yinlari). Bu operatsiyani galtellarni mustahkamligini va charchash chegarasini oshirish uchun valni egishda kuchlanganlikni eng ko'p to'plangan joyida bajariladi (baza tayanch bo'yinlari).
19.Hamma bo'yinlarini maxsus dastgohlarda elektrokorundli 6 – M40 markali donachali qayroqlarda birlamchi va yakuniy superfinishlanadi. Birlamchi ishlov uchun qo'shim 0,015 – 0,025 mm, yakuniysi uchun 0,002 – 0,005 mm.
Ko'rilgan kompleks operatsiyalar bo'yicha tirsakli valga ishlov berish. Ishlov jadval marshruti tuziladi.
8.1-jadval.Tirsakli valga ishlov berish texnologik marshruti

8.1-Jadval




Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling