ma’ruza: arab alkimyosi ajratilgan vaqt – soat


Download 2.21 Mb.
bet10/19
Sana09.10.2023
Hajmi2.21 Mb.
#1695714
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19
Bog'liq
portal.guldu.uz-Taqdimot 2 Arab alkimyosi

1010-yili Beruniyni Abu Abbos Ma’mun II ibn Ma’mun (997-1017-yy.) Urganchga “Ma’mun akademiyasi” ilmiy markaziga taklif qiladi. Bu akademiyaga o’sha zamonning olim, shoir va faylasuflarini to’playdi, lekin “Ma’mun akademiyasi” 1017-yilgacha o’zining faoliyatini davom etdi, holos. Bu davrda olim kamyob metallar va qimmatbaho toshlar ustida eng murakkab kuzatish va tajribalar o’tkazish imkoniga ega bo’ldi va “Mineralogiya” kitobining yuzaga kelishiga zamin yaratdi. Abu Rayhon Beruniy ham simob metall emas, balki “metallar onasi” deb hisoblaydi, o’zining qomusiy “Mineralogiya” (1048-yil) asarida metallar guruhida simobni oltindan oldinga qo’yadi va ularning zichligini juda katta mahorat bilan aniqlab chiqadi.

  • 1010-yili Beruniyni Abu Abbos Ma’mun II ibn Ma’mun (997-1017-yy.) Urganchga “Ma’mun akademiyasi” ilmiy markaziga taklif qiladi. Bu akademiyaga o’sha zamonning olim, shoir va faylasuflarini to’playdi, lekin “Ma’mun akademiyasi” 1017-yilgacha o’zining faoliyatini davom etdi, holos. Bu davrda olim kamyob metallar va qimmatbaho toshlar ustida eng murakkab kuzatish va tajribalar o’tkazish imkoniga ega bo’ldi va “Mineralogiya” kitobining yuzaga kelishiga zamin yaratdi. Abu Rayhon Beruniy ham simob metall emas, balki “metallar onasi” deb hisoblaydi, o’zining qomusiy “Mineralogiya” (1048-yil) asarida metallar guruhida simobni oltindan oldinga qo’yadi va ularning zichligini juda katta mahorat bilan aniqlab chiqadi.
  • Beruniy Urganchda yashagan davrida Ibn Sino bilan yozishmalar olib borgan. Bizgacha faqat 18 tasi yetib kelgan bu xatlarlarda fazo, issiqlikning tarqalishi, jismlarning issiqdan va suvning esa muzlash paytida kengayishi, nurning qaytishi va sinishi kabi masalalar ustida ikki olim tortishishadi. javoblarning mazmunidan Aristotelning aql bilan his qilish orqali chiqargan xulosalariga Beruniy o’zining kuzatish va tajriba orqali aniqlagan xulosalarini qarshi qo’yadi, Ibn Sino esa Aristotelni himoya qiladi.

1030-yili Beruniy Hindiston nomli mashhur eng yirik asari “Tahqiq mo-l-Dind min ma’qula masbo’la fil-aql av marzula” (“Hindlarning aqlga sig’adigan va aqlga sig’maydigan ta’limotlarini aniqlash”) ni yaratdi. U Hindiston asarini yozish uchun sanskrit tilini o’rgangan va Hindiston shimolidagi Nandia qal’asida yashab, hind madaniyati, adabiyoti va mashhur olimlari bilan yaqindan tanishgan. Akade­mik V.R. Rozen: “Sharq va G’arbning qadimgi va O’rta asrdagi butun ilmiy adabiyotida bunga teng keladigan asar yo’q”- deb yozgan edi.

  • 1030-yili Beruniy Hindiston nomli mashhur eng yirik asari “Tahqiq mo-l-Dind min ma’qula masbo’la fil-aql av marzula” (“Hindlarning aqlga sig’adigan va aqlga sig’maydigan ta’limotlarini aniqlash”) ni yaratdi. U Hindiston asarini yozish uchun sanskrit tilini o’rgangan va Hindiston shimolidagi Nandia qal’asida yashab, hind madaniyati, adabiyoti va mashhur olimlari bilan yaqindan tanishgan. Akade­mik V.R. Rozen: “Sharq va G’arbning qadimgi va O’rta asrdagi butun ilmiy adabiyotida bunga teng keladigan asar yo’q”- deb yozgan edi.
  • Beruniyning “qimmatbaho toshlarni bilib olishga oid ma’lumotlar kitobi” (“Kitob ul-jamohir fi ma’rifat ul-javohir”), ya’ni G’arbda mashhur “Mineralogiya” asaridir. Bu kitob 1048-yi­li G’aznada yozilgan, birinchi marta qimmatbaho toshlarning solishtirma og’irligini aniqlagan. Buning uchun etalon (ya’ni “kutb”) sifatida oltin andoza qilib olingan. Beruniy astrono­miyaga oid maxsus asari “Mas’ud qonuni” (“Al-Qonun al-Mas’udiy”) ni o’z himoyachisi Sulton Ma’sudga bag’ishlaydi. “Al-qonun al-Mas’udiy” asari matematika va astro­nomiyaga oid Beruniygacha yozilgan barcha kitoblar izini o’chirib yubordi”, - deb yozadi tarixchi Yoqut al-Hamaviy.

Download 2.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling