Ma’ruza Badiiy o'qish asoslari va bolalar kitobxonligi nazariyasi Ma’ruzachi: D. Ataboyeva


Download 16.14 Kb.
Sana08.04.2023
Hajmi16.14 Kb.
#1342470
Bog'liq
maruza




Ma’ruza


Badiiy o'qish asoslari va bolalar kitobxonligi nazariyasi


Ma’ruzachi: D.Ataboyeva
Mamlakatimizda o‘quvchilarning kitobxonlik ko‘nikmalarini rivojlantirish, o‘quvchi-yoshlarda mutolaa madaniyatini tarkib toptirish, tizimli yondashuv asosida boshlang`ich sinf o‘quvchilarining o‘qish madaniyatini shakllantirishga aloxida axamiyat qaratilmoqda. Shu bilan birga Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarida kitobxonlik ko‘nikmalarini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari, tashkiliy-integrativ modelini takomillashtirish, kitob o‘qishga qiziqishni tarbiyalashning interfaol texnologiyalarini ishlab chiqish dolzarblik kasb etmoqda. O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida “…jismonan sodg‘lom, ruhan va aqlan rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, Vatanga sodiq, qat’iy hayotiy nuqtai nazarga ega yoshlarni tarbiyalash, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida ularning ijtimoiy faolligini oshirish” kabi muhim vazifalar belgilab berildi. Bu esa bolalarda kitobxonlik ko‘nikmalarini shakllantirishning nazariy metodologiya asoslarini aniqlashtirish, kitobxonlik ko‘nikmalarining shakllanganlik darajasini baholash mezonlarini ishlab chiqish, bolalarda kitobxonlik ko‘nikmalarini shakllantirish bosqichlarini aniqlashni taqozo etadi.
Yoshlarning o‘qishga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish masalasi bugun har qachongidan dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Shu nuqtai nazardan olib qaraganda, Prezidentimizning “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutoalasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida” gi PQ 3271 sonli Qarori qabul qilinganligi va unda belgilangan vazifalarning bajarilishi yoshlarning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish va ijodiy faolligini rivojlantirishga xizmat qiladi. Bu ishni esa aynan oiladan, maktabgacha ta’lim tashkilotidan boshlanishi o‘zining ijobiy samarasini beradi. Sh.Mirziyoevning ushbu qarorida aytib o‘tilganidek, bolalarda kitobga bo‘lgan qiziqishni bolalikdan shakllantirish maqsadida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pedagog xodimlar va tarbiyalanuvchilar, hududdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qatnamaydigan bolalarning ota-onalari uchun “Kichik kutubxonalar” tashkil qilingan. Bundan tashqari davlatimiz tomonidan maktab kutubxonalariga hududdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qatnamaydigan 5-6 yoshli bolalarning ota-onalari uchun besh nomdagi qo‘llanmalarning berilishi maktabgacha yoshdagi bolalarga bo‘lgan g‘amxo‘rlikning yorqin ko‘rinishidir. Ta’lim oluvchilarda kitobxonlik, kitobni sevish kabi fazilatlarni shakllantirish masalalari g‘oyat muhim muammolardan hisoblanib mazkur muammo xalq pedagogikasi, islomiy adabiyotlar, buyuk mutafakkirlarning ta’limotlarida aqliy tarbiya, bilim olish bilan bog‘langan holda talqin etilgan. Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Yusuf Hos Hojib, Kaykovus, Ahmad Yugnakiy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Zaxiriddin Muxammad Bobur keyinroq esa Abdurauf Fitrat va boshqalarning ta’limiy ahloqiy qarashlari kitob va uning ilm olishdagi fikrlari bunga yaqqol dalil bo’la oladi.
Atoqli bolalar adibi O‘zbekiston xalq yozuvchisi Hakim Nazir kitob va kitobxonlik haqida to‘xtalib shunday degan edi “Umrim davomida inkor qilaolmaydigan haqiqatim shuki, kichkintoylarning to‘g‘ri yo‘lni topib dunyoqarashini shakllantirish, ahloqodobini yo‘lga solishda kitobdan-da muhimroq narsa yuq ekan shuning uchun ham ota- onalarning birinchi vazifasi o‘z farzandida kitobga mehr uyg‘otish deb bilaman. Goxida fan-texnika tufayli adabiyotga e’tibor susayyapti degan gaplarni eshitib qolamiz. Menimcha, go‘zallikga extiyoj tuyg‘usi bor ekan, san’at asarlari ham o‘zining bahosini xech qachon yuqotmaydi. Shu bois kitobga ixlos bilan qaraydigan, uni shavq bilan o‘qiydiganlar soni ortib borayotganini ko‘rish quvanarlidir”.
Zamonaviy maktabgacha ta’lim muassasasalarida bolalarni badiiy adabiyot bilan tanishtirishdagi asosiy vazifalar quydagilardan iborat:
1. Kichik guruxlardan boshlab bolalarda badiiy adabiyotni o‘rganishga qiziqish uyg‘otish.
2. Bolalarda ertak, hikoya, rivoyat she’r va shu kabi badiiy asar namunalarini berilib tinglash, tushunish, voqealar rivojini diqqat bilan kuzatish ishtiyoqini tarbiyalash, ular yuzasidan mulohaza qilish, asar qahramonlari harakatiga baho berishni shakllantirish.
3. Asar mazmuni yuzasidan savollarga javob berish, asar qahramonlari harakatlari, ruhiy kechirmalarini, ma’naviy sifatlarini ta’riflash, to‘g‘ri baholashga o‘rgatish.
4. Asar janrlari, tili haqidagi dastlabki tushunchalarga ega bo‘lish, asar g‘oyasi, tasviriy vositalarini yoshiga mos xolda tushunish, o‘z qarashlari, mulohazasini bildirishga o‘rgatish.
5. Badiiy asarni hikoya qilish, uning mazmunini so‘zlab berish, she’rni ifodali yod aytish orqali nutq ahangi, ovoz kuchi, to‘xtam va ifodalilikni tushunish, unga rioya qilishni shakllantirish.
Zero, bolalar kitobxonligining asosiy maqsadi bolalarning yoshlikdan boshlab odamiylik, halollik, haqiqatgo’ylik adolatparvarlik, go’zallik ruhida tarbiyalash chin inson bo’lib yetishishlariga xizmat qilishdan iboratdir. Shuning uchun ko’pgina olim, shoir va yozuvchilarimiz kitob va kitobxonlikka katta e’tibor qaratadilar. Atoqli adibimiz Abdulla Qahhor: ’’Shavq bilan o’qiladigan kitob go’zallikdir. Kitobning o’qishli bo’lishi muallifning kitobxonga aytadigan to’lamag’izli va juda zarur bo’lgan fikri bo’lganini ko’rsatadi” , deb aytganlarida haq edilar. Bolalar yozuvchisi Samuel Marshak shunday degan: ” Bola har bir kitobda butun olamni ko’rishni istaydi. U ermakka o’qimaydi, u o’zi uchun dunyoni kashf etadi, nimadir o’rganadi... “Bolalar saviyasining o’sishida, shu jumladan, kitobxonlikka berilib ketishida, albatta, o’qituvchilarning roli katta. Shunday uztozlarni bilamizki, ular “Kitob foydali, kitob o’qinglar! deb ortiqcha nasihat qilishmaydi, o’zlari bunga o’rnak bo’ladilar. Bolalarni kitobga bo’lgan qiziqishlarini shakllantirish jarayonini oiladan boshlasak ijobiy natijalarga erishishimiz va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida oila bilan hamkorlikda davom ettirsak samarali natijalarga erishishimiz mumkin. Bolaning tarbiyasi kabi uning kitobga, san’atga qiziqishi, nutqining boyligi, eshitish malakalarining ham rivojlanishida oilaning o’rni beqiyos. “Qush uyasida ko’rganini qiladi” degan maqol bejiz aytilmagan. Oilada ota-ona kitobga oshno bo’lsa, tez-tez kitob, gazeta va jurnallar mutoala qilsa, bu oilada o’sgan farzand ham kitobga mehr qo’yadi. Bunday bolalarning dunyoqarashi keng, so’z boyligi ko’p, nutqi ham ravon bo’ladi. Kelajakda ziyoli, barkamol bo’lib voyaga yetadi, Bolalar bog’chasida kitobxonlik ko’nikmalarini rivojlantirish “Ilk qadam” davlat dasturi Davlat talablari asosida Nutq-muloqot o’qish yozish malakalari sohasi hamda, ijodiy rivojlanish sohasi bilan birga olib boriladi. Ta’lim faoliyati jarayonida ertak hikoyalarni tematik rejalashtirishda bolalaming yosh va individual xususiyatlarini e’tiborga olish lozim. Kichik guruhlarda badiiy adabiyot nutqni rivojlantirish bilan uzviy bog’liqdir. Birinchidan, visual tasvirlar yodamida amalga oshiriladi. Tarbiyachi ertak, hikoya, she’rlar bilan tanishtirishda ko’rgazmalililik tamoyillaridan foydalanib, nutqni harakatlar bilan olib borishi bolani o’zidan keyin takrorlashga undashi kerak. Ushbu bosqichda bolalarda qisqa asarlarni so’zlab, rasmlar bilan bog’lab ko’p marta takrorlagan holda olib borish natija beradi. O’rta yosh guruhlarda bolalar bilan asarlarni yanada batafsil tahlil qilish, qahramonlarning o’ziga hos jihatlarini taqqoslash, yaxshi va yomonga baholash mumkin. Katta yosh guruhlarida bola ongli ravishda kitobga qiziqadi, o’z qahramonlarini, sevimli kitoblarini ajratadi. Kitob bilan dastlabki tanishish usullari asosan 2 ta: 1. O’qish 2. Hikoyalar
O’qish matnni ovoz chiqarib o’qish, og’zaki takrorlashni anglatadi. Audio ertaklami tinglashi ham mumkin. Hikoya esa hikoyachining ifodasi orqali turli bo’yoqlar bilan erkin so’zlashi. Bu hikoyachining fantaziyasi va so’z boyligiga bog’liq. Bolalar o’rgangan asarlari asosida qo’g’irchoq teatri, stol teatri, sahnalashtirishlari, rollarga bo’lib ijro etishlari orqali ertak va hikoyalarni mustahkamlashadi. Bundan tashqari ertak qahramonlari suratini chizish, o’z qo’llari bilan kitobchalar tayyorlash bilan integrallashgan holda faoliyat olib borishlari juda samarali natijani beradi. Shuningdek ta’lim-tarbiya jarayonida hususan kitobxonlik ko’nikmalarini shakllantirishda ham otaonalar bilan hamkorlikda ish olib borish eng muhim omillardan hisoblanadi. Ota-onalar bilan hamkorlik qilishda quyidagi loyihalarni tavsiya qilish mumkin.
- Muassasadagi kitob burchagini ertak kitoblari bilan to’ldirishda pedagog-tarbiyachiga yordam bering
- Ota-onalar uchun maslahat “Bola qanday kitob o’qish kerak?”, “Ertak terapiyasi”,
- Bolalar bilan birgalikda teatr burchagiga atributlar yaratish
- Kitobxon oila tanlovi
Bu loyihalaming maqsadi ota-onaga kitob o’qishda oila muhitining o’rni, oilaviy o’qishning qanchalik muhim ekanini tushuntirish. Shunday qilib, kitobga bo’lgan qiziqishni oiladan boshlasak, bolalarni yoshlikdan kitobga oshno qilsak, uning kelgusida barkamol va ma’naviyatli shaxs bo’lib yetishishida mustahkam asos yaratgan, yurtimiz kelajagi uchun munosib yoshlami tarbiyalashda hissamizni qo’shgan bo’lamiz.
Download 16.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling