Ma’ruza: bino va inshootlarni yer ustida barpo etishdagi geodezik ishlar reja


Download 1.63 Mb.
bet1/7
Sana06.04.2023
Hajmi1.63 Mb.
#1330235
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
14 Ma\'ruza Bino va inshootlarni yer ustki qismini barpo etishdagi


MA’RUZA: BINO VA INSHOOTLARNI YER USTIDA BARPO ETISHDAGI GEODEZIK ISHLAR
Reja:
1. G‘isht bilan qurilayotgan binolarda rejalash ishlari
2. Montaj o‘qlari va ularni proyeksiyalash. Kolonnalar montajida rejalash ishlari
3. Fazoviy geodezik to‘rlar to‘g‘risida ma’lumotlar
4. Karkasli va karkassiz panelli binolarni montajida rejalash ishlari
5. Baland binolarni qurishdagi rejalash ishlari
1. G‘isht bilan qurilayotgan binolarda rejalash ishlari
G‘ishtdan qurilgan binolar devorini ko‘tarishdan oldin poydevor yuzasiga teodolit yordamida tashqi devor o‘qlari ko‘chiriladi. Devorning tashqi va ichki tomonlari qalam yoki kraska bilan belgilanadi. Bo‘r yoki kraska surkalgan ipni tortish yo‘li bilan devorning o‘qi yoki chekka qismi poydevorda belgilanadi.
Yuqorgi qavatlarning to‘g‘ri terilishi birinchi qavatga bog‘liq bo‘lganligi uchun, birinchi qavat devorini terishda alohida e’tibor qaratiladi. Har 1 m balandlikka ko‘tarilganda devorning gorizontal va vertikal tekisligi tekshirib boriladi [5,14].
Har bir qavatning devori terilgandan so‘ng devor yuzasining tekisligi va uning loyihaviyga mosligi tekshiriladi. Buni devor ustiga nivelirni o‘rnatib, devor o‘qi bo‘ylab har 5 m da joylashgan nuqtalar otmetkasini aniqlash orqali amalga oshirish mumkin. Agarda bino devorida bevosita o‘lchashni bajarish imkoniyati bo‘lmasa, u holda devorning yuqori qismiga otmetka uzatish ruletka, reyka va nivelir yordamida amalga oshiriladi.
Ikki qavat balandlikdagi devorlar tikligi oddiy shovun yordamida tekshiriladi. Ko‘p qavatli baland bino devorlarining tikligi maxsus shovun yordamida tekshiriladi.
Eshik va derazalar o‘rni, parda devorlar devor chekkasida belgilangan o‘qlarga nisbatan ruletka yordamida rejalanadi.

Misol tariqasida b va d deraza o‘rnini rejalash talab etilgan bo‘lsin (1 a, b - shakl).
Buning uchun 2-2 o‘qdan deraza o‘rnining boshlanishi va oxiri- gacha bo‘lgan loyihaviy masofalarni o‘lchab qo‘yish yetarli bo‘ladi. O‘lchangan masofalar to‘g‘riligi 3-3 o‘qgacha bo‘lgan ye masofani o‘lchash bilan tekshiriladi.
Derazalarning bo‘ylama o‘qlari devor o‘qi B΄ ga (1 a - shakl) parallel joylashgan AB bazisga nisbatan rejalanadi.



Download 1.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling