Ma’ruza: bino va inshootlarni yer ustida barpo etishdagi geodezik ishlar reja


-shakl. Deraza o‘rnini rejalashga oid


Download 1.63 Mb.
bet2/7
Sana06.04.2023
Hajmi1.63 Mb.
#1330235
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
14 Ma\'ruza Bino va inshootlarni yer ustki qismini barpo etishdagi

1-shakl. Deraza o‘rnini rejalashga oid.
a- bo‘ylama; b-ko‘ndalang.



Bazisning bir boshida teodolit, ikkinchi tomonida vizirlash uchun qoziq o‘rnatiladi.
Derazalarni balandlik bo‘yicha o‘rnatishda har qaysi deraza o‘rniga otmetka uzatiladi va unga nisbatan deraza o‘rnatiladi. Eshiklar o‘rni o‘qdan masofa o‘lchash yo‘li bilan ruletka yordamida rejalanadi.
Qavatlararo to‘sinlarni montaj qilishda binoning ichki qismiga otmetkalar zinapoya maydonchasi orqali uzatiladi. Buning uchun bino devorlarini ko‘tarishda binoning birinchi qavat ichki qismi bo‘ylab nolinchi gorizont ko‘chiriladi va kraska bilan belgilab qo‘yiladi.
Zinapoya maydonchalari mazkur qavat polining otmetkasi balandligida quriladi.
Qavatlararo to‘sinlar binoning tashqi va ichki devorlarini ko‘targandan keyin montaj qilinadi.
Plitalar va panellarni o‘rnatishdan oldin nivelir va reyka yordamida tegishli qavatda tayanch yuzalarning gorizontalligi tekshiriladi. Aniqlangan kamchiliklar sement qorishmasini yotqizish bilan bartaraf etiladi. Ushbu ishlar 2-3 mm aniqlikda bajariladi.
Ko‘p qavatli binolarni barpo etishda bino ichida gidrostatik nivelirdan foydalanish qulay hisoblanadi.


2. Montaj o‘qlari va ularni proyeksiyalash. Kolonnalar montajida rejalash ishlari

Metall kolonnalarni o‘rnatishdan oldin tayyorgarlik ishlari bajariladi. Kolonnalar poydevorlariga bo‘ylama va ko‘ndalang o‘qlar ko‘chiriladi va mahkamlanadi.


Kolonnalar o‘qlarini mahkamlash uchun poydevorni betonlashda ularning ustki qismining chekkalari bo‘ylab katta bo‘lmagan (10- 12sm) balka yoki shveller bo‘lagi ko‘rinishidagi geodezik belgilar o‘rnatiladi. Belgilarning yuqorgi tekisligi loyihaviy otmetka sathida o‘rnatiladi.
Har bir kolonna uning asosida belgilangan o‘rni bilan poydevorning bo‘ylama va ko‘ndalang o‘qlari mos keladigan holatda qo‘yiladi. Kolonnalarni tik holatda o‘rnatishda bo‘ylama va ko‘ndalang o‘qlar stvorida joylashtirilgan ikkita teodolitdan foydalaniladi. Teodolit trubasi kolonnaning pastki o‘q belgisiga qaratiladi va kolonnaning yuqorgi uchini tegishli tomonga og‘dirish yo‘li bilan yuqorgi o‘q belgisi qarash trubasining vertikal ipi bilan ustma-ust tushiriladi.
O‘rnatilgan kolonnalarning tekisligi tekshirish doiraning ikki holatida amalga oshiriladi. Kolonnalarni balandlik bo‘yicha o‘rnatish nivelirlash orqali bajariladi.
Temir-beton kolonnalarni o‘rnatishdan oldin poydevorlarga ularning o‘qlari ko‘chiriladi va stakan tagiga sement qorishmasini quyish bilan loyihaviy sathga keltiriladi. Kolonnaning pastki va ustki simlarining o‘zaro perpendikulyar tekisliklarida o‘qlar o‘rinlari belgilanadi. Kolonnalarning pastki taxminan pol sathi qismiga gorizontal chiziqlar belgilanadi va ulardan tayanch maydonigacha bo‘lgan masofalar o‘lchanadi.
Kolonnalarni stakanga o‘rnatishda uning asosidagi o‘q o‘rni belgilanib, poydevorning bo‘ylama va ko‘ndalang o‘qlari bilan ustma-ust keltiriladi va balandlik bo‘yicha holati gorizontal belgilarni nivelirlash yo‘li bilan tekshiriladi. Kolonnaning stakandagi pastki qismini maxsus qorishma (pena) bilan mahkamlab, shovun yordamida tik holatda o‘rnatiladi.
Kolonnаlаr qаtorininг tikliгi tеoдolit ва rеykа yorдаmiда tеkshirilадi (2-shаkl).


Download 1.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling