Ma’ruza: bino va inshootlarni yer ustida barpo etishdagi geodezik ishlar reja


Karkasli va karkassiz panelli binolarni montajida rejalash ishlari


Download 1.63 Mb.
bet4/7
Sana06.04.2023
Hajmi1.63 Mb.
#1330235
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
14 Ma\'ruza Bino va inshootlarni yer ustki qismini barpo etishdagi

4. Karkasli va karkassiz panelli binolarni montajida rejalash ishlari
Ko‘p qavatli turar joy yoki ma’muriy binolarni barpo etish aniq geodezik rejalash ishlari va nazorat o‘lchovlarini talab etadi. Rejalashning planli geodezik asosi sifatida poydevor yuzasida yopmasida tuzilgan fazoviy geodezik to‘r xizmat qiladi.
Barcha planli asos nuqtalarini montaj gorizontiga ko‘chir- gandan keyin belgilangan nuqtalar orasidagi masofalar o‘lchash orqali tekshiriladi. O‘lchangan va boshlang‘ich uzunliklar orasidagi yo‘l qo‘yarli farqlar inshoot turiga bog‘liq bo‘lib, odatda 2-5 mm oralig‘ida bo‘ladi. Otmetkalar aniq geometrik nivelirlash orqali tekshiriladi. O‘lchangan va boshlang‘ich nisbiy balandliklar orasidagi farq 2-3 mm dan oshmasligi kerak.

4-shakl. Fazoviy geodezik to‘r.
Montaj gorizontidagi planli va balandlik asosning qattiq karkasi montaj o‘qlarini holatini aniqlashda xizmat qiladi. Bunga nisbatan esa qurilish konstruksiyalari o‘rnatiladi.
Vertikal proyeksiyalashda optik asboblardan tashqari lazer asboblari (markazlashtirgichlari) dan ham foydalaniladi. Bunda vizir chizig‘i lazer nuri sifatida beriladi va u shovun vazifasini bajaradi. Bu usul an’anaviy vertikal proyeksiyalash asboblari bilan ishlashdan farq qilmaydi, lekin lazer asbobini ishlatish ancha qulay. Lazer markazlashtirgichlari qatoriga LZP, LV1, Trimble SP-1422 kabi asboblarini kiritish mumkin.
Lazer asboblaridan monolit betondan barpo etiladigan ko‘p qavatli binolarni qurishda hamda bino va inshootlarni yig‘ma elementlarini montaj qilishda keng foydalaniladi.
Karkas binolarda kolonnalar (ustunlar) montaj talab etuvchi asosiy konstruktiv element hisoblanadi (5 - shakl).

5-shakl. Lazer asbobi yordamida kolonnani loyihaviy holatda o‘rnatish sxemasi.
Kolonnalarni montajga tayyorlashda ularning yuqorgi qismiga diafragmali marka, pastki qismiga koordinata to‘ri tushirilgan marka mahkamlanadi. Vertikal proyeksiyalovchi lazer asbobi poydevorda avvaldan belgilangan nuqtaga o‘rnatiladi va ishchi holatiga keltiriladi. Keyin kolonnani siljitish yo‘li bilan markalar markazini lazer nuri markazi bilan tutashtiriladi.
Vertikal proyeksiyalash usulida montaj yarusiga uzatilgan bazis tizimini hosil qiladi. Yarus tizimlari punktlarining o‘zaro holati aniqligi chiziqli yoki chiziqli burchak o‘lchashlar orqali tekshiriladi. Yarus tizilmalari montaj o‘qlarini rejalashda, qurilish konstruksiyalarini o‘rnatish va tekshirishda asos bo‘lib xizmat qiladi.
Plitani montaj qilish, uni qurilish o‘qlari bo‘yicha poydevorga birlamchi o‘rnatishdan iborat. Plitani poydevorga birlamchi o‘rnatish texnik teodolit yordamida 5-7 mm aniqlikda bajariladi. Plitani balandlik bo‘yicha aniq o‘rnatishda nivelir va lineyka biriktirilgan reyka ishlatiladi. Qurilish-montaj ishlari jarayonida planda va balandlik bo‘yicha chekli qiymatdan oshgan xatolarni aniqlash maqsadida qavatlarda geodezik (nazorat) o‘lchashlar bajariladi. Asosiy e’tibor yuk ko‘taruvchi elementlarning bir o‘qda joylashishi va vertikallik holatiga hamda asos yuzalar otmetkalari va o‘lchamlarining loyihaviy qiymatiga mosligiga qaratiladi. Yuk ko‘taruvchi konstruksiyalarni loyihaviy holatda o‘rnatilganligini tekshirish ularni doimiy mahkamlashga qadar bajarilishi kerak bo‘ladi. Ayniqsa, birinchi qavat panelini o‘rnatish mukammal tekshirilishi kerak bo‘ladi, negaki ular keyingi qavatlarni tekshirishda boshlang‘ich bo‘lib xizmat qiladi.
Ko‘p qavatli binolar devorlarini g‘isht bilan ko‘tarishda har bir metr balandlikda devorning tikligi va gorizontalligi, ko‘p qavatli monolit binolarda esa qolip (opalubka)ning tikligi va gorizontalligi tekshirib boriladi.
Ichki montaj ishlari (isitish tizimlarini o‘rnatish, suv o‘tkazish, gaz, kanalizasiya va boshqalar) devorlarga ko‘chirilgan o‘qlar nuqtalariga nisbatan bajariladi. Pollar to‘shamasi (parket, plitka) qavatlararo balandlik geodezik asos reperlariga nisbatan duradgorlik ishlarida ishlatiladigan lineykali adilak yordamida tekshiriladi.
Ko‘p qavatli binolar devorlarini tayyor yirik panelli bloklar va keramikalar bilan qoplashda yuqori aniqlik talab etiladi. Pastki qavatlarda qoplamani o‘rnatish, devorlarni ko‘tarish uchun barpo etilgan o‘qlarga nisbatan amalga oshiriladi. Ko‘p qavatli binolar qurilishida yuqori qavatlarida yirik panelli qoplamalarni o‘rnatishda geodezik asosdan foydalaniladi.
Plita bilan qoplashda devorning tikligi yonlama nivelirlash usulini qo‘llagan holda tekshiriladi. Ayrim hollarda vertikal proyeksiyalash asboblari qo‘llanilishi mumkin. Qoplama tekisligi devorga o‘rnatilgan maxsus mayaklarga nisbatan aniqlanadi.
Ishlash jarayonida mayaklar orasida ingichka sim tortiladi. Qoplash ishlari tugagandan keyin bo‘ylama va ko‘ndalang qoplamalar ijroiy planga olinadi.

Download 1.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling