Ma’ruza: bino va inshootlarni yer ustida barpo etishdagi geodezik ishlar reja


Download 1.63 Mb.
bet6/7
Sana06.04.2023
Hajmi1.63 Mb.
#1330235
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
14 Ma\'ruza Bino va inshootlarni yer ustki qismini barpo etishdagi

6-shаkl. Qiya proеksiyalаsh usuli.
Asbob xatoliklari ta’sirini kamaytirish maqsadida inshoot o‘qi montaj yarusiga vertikal doiraning ikki holatida uzatiladi va o‘rtacha holat asosiy o‘q sifatida qabul qilinadi.
Xuddi shunday usul bilan binoning qolgan yon tomonlaridan inshoot o‘qlari montaj gorizontiga ko‘chiriladi.
Qiya proyeksiyalash usulida yarus tuzilmalarini barpo etish aniqligiga o‘q holatini belgilash, teodolit aylanish o‘qi va qarash trubasi aylanish o‘qining og‘ishi, montaj yarusiga o‘qlarni uzatish dagi vizirlash, teodolitni yarusda stvorga o‘rnatish xatoliklari ta’sir etishi mumkin.
Yarusli geodezik tuzilmalar aniqligini oshirish masalasi vertikal proyeksiyalash usulini qo‘llash orqali yechiladi.
Vertikal yo‘nalishlarni geodezik tuzish uslubi geodezik ish- larni bajarish loyihasini tuzish paytida ishlab chiqiladi. Bazis punktlarining soni va joylashishi talab etilgan aniqlik va o‘lchamlargagina emas, balki konstruksiya elementlarini tayyorlash texnologiyasiga ham bog‘liq. Bu ishlarni bajarish uchun ishchi chizmalaridagi yarus qoplamalarida teshiklarni loyihalash kerak bo‘ladi.
Teshiklar o‘lchami 150x150 mm bo‘ladi. 15.6-shaklda quyi montaj gorizontidan yuqorigi yaruslarga planli koordinatalar uzluksiz uzatish tartibi ko‘rsatilgan.

7-shakl. Yuqorgi montaj gorizontlariga koordinata uzatish.
Bazis tizimini tuzish uchun odatda, boshlang‘ich gorizontda inshootning bosh yoki asosiy o‘qlaridan foydalaniladi. Boshlang‘ich gorizontda loyihaviy burchak yasash va o‘qlardan chiziq o‘lchab qo‘yish yo‘li bilan bazis tizimi punktlarining o‘rni aniqlanadi.
Katta aniqlik talab etilmagan hollarda, yuqorgi yaruslarga bazis punktlarini vertikal uzatish ipli shovun yordamida amalga oshirilishi mumkin. Bu usulning asosiy xatolik manbai havo harakati natijasida ipning tebranishi.
Bugungi kunda yarus tuzilmalarini barpo etishda hamda opalubkalarni o‘rnatishni geodezik nazorat qilishda vertikal proyeksiyalash usullari keng qo‘llanilmoqda. Buning uchun qator vertikal proyeksiyalash maxsus asboblari ishlab chiqilgan.
8 va 9-shakllarda FG-L 100 va PZL optik asboblarining tashqi ko‘rinishi ko‘rsatilgan.






Download 1.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling