Biznes-reja o‘z mohiyatiga ko‘ra, quyidagi uch muhim vazifani bajaradi: birinchidan, korxona, firma va kompaniyaning, shu bilan birga, jamoa a’zolarining asosiy maqsad va vazifalarini belgilab beradi; ikkinchidan, g‘oya yoki birlamchi loyihaning amaliy harakat dasturi shakliga keltirilgan hujjat sifatida hisob-kitoblar, sarf-xarajatlar, biznesni tashkil qilish va yuritishning asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida ma’lumot beradi; uchinchidan, faoliyatni moliyalashtirish, kredit resurslaridan foydalanish, shuningdek, sarmoyador sheriklarni hamkorlikka jalb etishda asos vazifasini bajaradi. - Har bir tadbirkor o‘z faoliyati, moliyaviy manbalarini hisobga olgan holda o‘zi uchun biznes-reja ishlab chiqadi. Shu sababli hamma uchun bir xil mos tushadigan biznes-rejalar mavjud bo‘lmaydi. Agar sizda biron-bir biznes-g‘oya mavjud bo‘lib, uni amalga oshirish bo‘yicha biznes-reja ishlab chiqmoqchi bo‘lsangiz, taxminan quyidagi tarkibiy qismlarni shakllantirishingiz taqozo etiladi.
- Rezyume
- Taklif etilayotgan loyiha g‘oyasi (mohiyati)
- Mahsulot sotiladigan bozorlarni baholash
- Marketing rejasi
- Ishlab chiqarish rejasi
- Tashkiliy reja
- Moliyaviy reja
- Ilovalar
- Hozirda mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyatini keng targ‘ib etish, tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida biznes-rejalar tuzish bo‘yicha maslahatlar, amaliy ko‘mak beruvchi turli maslahat markazlari va tuzilmalari faoliyat yuritmoqda.
- Shuningdek, siz Internet saytlari orqali nafaqat biznes-reja to‘g‘risida umumiy tushuncha, uni ishlab chiqish tartib-qoidalari bilan tanishishingiz, balki tayyor biznes-rejalarni ham sotib olishingiz mumkin.
- Quyida shunday Internet saytlaridan ayrimlarini keltiramiz:
- https://elmadad.uz/ideas
- http://biznestrener.uz/yosh-tabirkor/50-biznes-rezha-kanday-tuziladi.html
- http://pba.uz/
- http://bizplan.uz/useful_info/samples_bizplan/1049/
- http://bizart.uz/biznes-rezha-u-%D2%9Bandaj-tuziladi/
- http://www.uzex.uz/uz-latn/pages/Business-plan?Aspx AutoDetectCookieSupport=1
- http://uzbekiston.site/cr/biznes-rejalar/
Do'stlaringiz bilan baham: |