Ma’ruza I markaziy Osiyo xalqlari etnologiyasi fаnigа kirish. Etnоlogiya fаni prеdmеti, mаqsаd vа vаzifаlаri, tаdqiqоt usullаri. Markaziy Osiyo xalqlari etnologiyasigа оid mаnbаlаr va tаriхiy-etnologik tаsnifi Reja


Download 80.07 Kb.
bet3/8
Sana02.01.2022
Hajmi80.07 Kb.
#200875
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-mavzu (3)

1-savolning bayoni: Etnografiya fani qadimgi yunoncha – “etnos” (xalq) va “grafo” (yozish, ta'riflash) degan so‘zlardan tashkil topgan. Uning tub ma'nosini “xalqni ta'riflash” yoki “xalqshunoslik” deb ta'riflash mumkin.

Maxsus etnografik adabiyotlardan ma'lumki, jahondagi ko‘plab xalq va elatlar o‘z tili, kelib chiqishi, moddiy va ma'naviy madaniyati, maishiy turmushi va psixologiyasi bilan ham bir-birlaridan ajralib turadi. Xalqlarning o‘zaro tafovuti yoki umumiyligi va o‘xshashligini, ularning o‘ziga xos xususiyatlarini jiddiy o‘rganuvchi maxsus fan sohasi “etnografiya” deb ataladi.

Etnografik bilimlar eng qadim zamonlardan paydo bo‘lgan bo‘lsa-da, lekin mazkur fan mustaqil fan sifatida XIX asrning o‘rtalarida vujudga keldi. Dastlab bu atamani XVI asrning oxirida nemis yozuvchisi Iogan Zummer ishlatgan, keyin esa XVIII asrning oxirlarida va 1808 yilda maxsus jurnallar shu nom bilan chiqa boshlagan. “Etnografiya” so‘zi mashhur fransuz tabiatshunosi va fizigi Jan Jak Amper tomonidan 1830 yilda alohida fan sohasi sifatida qo‘llanilgan.


Download 80.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling