Ma’ruza I markaziy Osiyo xalqlari etnologiyasi fаnigа kirish. Etnоlogiya fаni prеdmеti, mаqsаd vа vаzifаlаri, tаdqiqоt usullаri. Markaziy Osiyo xalqlari etnologiyasigа оid mаnbаlаr va tаriхiy-etnologik tаsnifi Reja
Download 80.07 Kb.
|
1-mavzu (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Etnografiya metodlari.
Ellinizm davrida (Ellin – Ellada so‘zidan olingan sifat bo‘lib, greklarning eng qadimgi nomi) grek madaniyati Sharqda Hindiston va O‘rta Osiyogacha, G‘arbda Pireney yarim oroli va Britaniya orollarigacha tarqalib, mahalliy xalqlarning madaniyati bilan aralashib ketgan, ular o‘rtasida yangi boy ma'lumotlar yozib qoldirilgan.
Etnografiya metodlari. Etnografiya fani, boshqa fanlar singari o‘ziga xos maxsus tadqiqot usullari va maxsus atamalarga ega. Uning uslubi muayyan dunyoqarash va nazariyalar (metodologiya) bilan bog‘liq bo‘lib, o‘z tadqiqotlarini ayrim fan sohalari bilan aloqador holda amalga oshiradi. Ayniqsa u antropologiya, ar-xeologiya, lingvistika, sotsiologiya, san'atshunoslik kabi fanlar yutuqlaridan keng foydalanadi. Ma'lumki, “xalq” tushunchasi bir necha ma'noga ega. Ba'zan oddiy tilda bir to‘p kishilarni yoki avomni xalq desak, ba'zan bir necha elat va millatlardan tashkil topgan davlat yoki mamlakat aholisini ham xalq deb ataymiz. Aslida “xalq” so‘zi arabcha “yaratmoq” demakdir. Lekin o‘zbek tilida bu so‘z muayyan ijtimoiy tarixiy birlikni anglatadi. Etnografiyada xalq ma'nosida “etnos” atamasi qo‘llaniladi. Etnoslar muayyan tarixiy davrning mahsuloti sifatida ayrim shaxs yoki kishilarning istagi bilan emas, balki ob'ektiv tarixiy zaruriyat natijasida yuzaga keladi va rivojlanadi. Shuning uchun ham etnoslarning joylanishini, ularning mazkur mintaqaning tubjoy aholisi (avtoxton yoki aborigen) ekanligini yoki boshqa yerdan ko‘chishi (migratsiya) natijasida kelganligini aniqlashda etnograflar paleoantropologik ma'lumotlardan foydalanadilar. Ularning qaysi irqqa oid ekanligini aniqlashda antropolgiya fani yordam beradi. Etnografiya “sof” irqlarni emas, balki tarix taqozosi bilan o‘zaro yaqinlashgan ijtimoiy birliklarni o‘rganadi. Antropologiya esa u, yoki bu xalqning, etnik birlikning jismoniy qiyofasini tipologik asosda tadqiq qiladi. Etnik jarayonni tadqiq qilishda turli tarixiy manbalar, arxiv hujjatlari, og‘zaki ijod namunalaridan keng foydalaniladi. Etnoslarning kelib chiqishi va etnik qiyofasini aniqlashda tilshunoslik ma'lumotlari ham yordam beradi. Ularning moddiy madaniyat xususiyatlarini arxeologiya fani bilan hamkorlikda aniqlash mumkin. Aholining joylashishi, o‘sishi, tevarak-atrofning ta'siri, migratsiyasi kabi masalalarni o‘rganishda tarixiy-geografiya va demografik tadqiqot usullaridan foydalaniladi. Etnoslarning ma'naviy madaniyati san'atshunoslik, musiqashunoslik, dinshunoslik, folklor va adabiyot bilan hamkorlikda o‘rganiladi. Mazkur fanlarning o‘zaro bog‘liqligi tufayli keyingi yillarda qo‘shaloq ilmiy sohalar ham yuzaga keldi. Masalan, etnogenez va etnik tarix muammolarini tadqiq qilishda etnik antropologiya, paleoetnografiya, etnolingvistika kabi sohalar samarali ish olib bormoqda. Hozirgi davrdagi etnik jarayonlarni teran va keng miqyosda tadqiq qilishda keyingi yillarda o‘tkazilayotgan sotsiologik tadqiqotlar yaxshi samara bermoqda. Natijada - etnosotsiologiya, etnopsixologiya kabi yangi ilmiy sohalar yuzaga kelishi muhim ahamiyatga ega. Bundan tashqari tabiiy-geografik sharoitga qarab yovvoyi o‘simliklarni ekib o‘stirish yoki yovvoyi hayvonlarni xonakilashtirish, urchitish kabi o‘ziga xos turmush xususiyatlariga ega elatlarning xo‘jalik xususiyatlarini aniqlashda etnografiya bilan hamkorlikda etnobotanika va etnozoologiya kabi yangi sohalar ham ish olib bormoqda. Xalqlarni o‘rganishda etnografiya fani nihoyatda keng va xilma-xil manbalardan va usullaridan foydalanadi. Etnoslarning ko‘p qirrali, rang-barang hayotini o‘rganishda ularning har kungi turmush tarzini bevosita kuzatish asosida joylarning o‘zida to‘plangan materiallar bosh manba hisoblanadi. Bir joyda uzoq davr yashab, kuzatish yo‘li bilan o‘tkazilgan tadqiqotlar eng samarali ekanligini mashhur etnograflar (L. Morgan, N. N. Mikluxo-Maklay, V. G. Bogoraz) alohida qayd qilganlar. Bunday tadqiqotlar usuli statsionar tadqiqot deb nomlangan. Bizning hozirgi sharoitimizda mazkur usuldan kam foydalanilmoqda. Qisqa muddatda, ayrim mavsumlarda o‘tkaziladigan tadqiqot ishlari ekspeditsiya usuli bo‘lib, hozir keng tarqalgan va u mavsumiy usul deyiladi. Dala ishlarida asosan axborotchilardan suhbat yo‘li bilan yozma yoki magnitofon orqali ma'lumotlar to‘plash, muayyan maishiy-madaniy turmush hodisalari, oila-nikoh munosabatlari va marosimlari, xalq sayillari va o‘yinlarini kuzatish, ularda bevosita ishtirok qilish va ularni jiddiy o‘rganish (yozish, chizish, rasmga olish) kabi usullar qo‘llaniladi. Zamonaviy texnika vositasida (raqamli videokamera va raqamli fotoapparat, audio yozuvlar) va an'anaviy dala yozuvlarida xalq ma'naviy hayotining ob'ektlari va ko‘rinishlari (an'analar, marosimlar, urf-odatlar, folklor qo‘shiqlar va shu kabilar) aks etadi. Ba'zida dala tadqiqotlari jarayonida ayrim moddiy va ma'naviy madaniyat namunalari muzeylar kolleksiyasi uchun yig‘iladi. Etnosotsiologik tadqiqotlar esa asosan maxsus anketalar tarqatish yo‘li bilan o‘tkaziladi va ular keyinchalik kompyuter programmalari asosida tahlil qilinadi. Etnografiyada “madaniyat” deyilganda asosan inson qo‘li va aql-idroki bilan yaratilgan barcha moddiy va ma'naviy boyliklar tushuniladi. Asli rus tilidagi “kultura” lotincha so‘z bo‘lib “ishlab chiqarish”, “yasash”, “yaratish” degan ma'nolarni anglatadi. O‘zbek tilining izohli lug‘atida madaniyat so‘zining etimologik mohiyati yechilmasdan umumiy tarzda “Jamiyatning ishlab chiqarish, ijtimoiy, madaniy-marifiy hayotida qo‘lga kiritgan yutuqlari majmui”2 deb ta'riflangan. Etnografik jihatdan moddiy madaniyatga xo‘jalik va transport vositalari, turar joy va hovlilar, uy-ro‘zg‘or buyumlari va jihozlari, kiyim-kechak va bezaklar, taom va idish-tovoqlar, badiiy buyumlar kiradi. Ma'naviy madaniyat deyilganda etnoslarning milliy his-tuyg‘ulari va tabiati, urf-odat va marosimlari, xalq o‘yinlari va sayillari, raqs va kuylari, og‘zaki ijodi, diniy tasavvurlari va hokazolar tushuniladi.
Download 80.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling