Ma’ruza I markaziy Osiyo xalqlari etnologiyasi fаnigа kirish. Etnоlogiya fаni prеdmеti, mаqsаd vа vаzifаlаri, tаdqiqоt usullаri. Markaziy Osiyo xalqlari etnologiyasigа оid mаnbаlаr va tаriхiy-etnologik tаsnifi Reja


Download 80.07 Kb.
bet6/8
Sana02.01.2022
Hajmi80.07 Kb.
#200875
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-mavzu (3)

2-savolning bayoni: Markaziy Osiyo xalqlarining eng qadimiy ajdodlari to‘g‘risida ma'lumotlar juda kam. Sharq mustabidlari, ayniqsa, qadimgi Eron, Bobil, Ossuriya hukmdorlari o‘zlarini ulug‘lash maqsadida toshga bittirgan zafarnomalarida bosib olingan va bo‘ysundirilgan elat va xalqlari tilga olinib, Markaziy Osiyo-liklarning qadimgi ajdodlari moddiy-ma'naviy madaniyati to‘g‘risida ayrim ma'lumotlarnigina keltirilgan.

Ilk yozma manbalardan qadimgi Yunoniston va Rim mualliflarining asarlarida Orol bo‘yi va Oks (Amudaryo) hamda Yaksart (Sirdaryo), Movarounnahr va Baqtriyada yashagan qabila va elatlar tilga olinadi. Masalan, antik davr mualliflaridan miletlik Gekatey, Strabon, Gerodot, Arrian, Ptolemey va Ktesiy, sitsiliyalik Diodor, Pompey Trog, Tatsitlar o‘z asarlarida sak-massaget qabilalari, xorazmliklar, baqtriyaliklar, parfiyalik va sug‘diylar to‘g‘risida ayrim ma'lumotlarni keltirganlar.

Markaziy Osiyo xalqlarining eng qadimiy ajdodlari va ularning turar joylari, urf-odat va marosimlari to‘g‘risida noyob ma'lumotlarni bizgacha yetib kelgan zardo‘shtiylik dinining muqaddas kitobi “Avesto”dan ham ko‘rish mumkin. Miloddan avvalgi VI – I asrlardan arab istilosigacha Markaziy Osiyo xalqlariga tegishli ma'lumotlarni qadimgi Eron podshologi davriga oid qoya tosh bitiklarida, parfeiniy, sug‘diy, xorazmiy, baxtariy yozma yodgorliklarda, xitoy yilnomalarida, Xitoyning g‘arbdagi o‘lkalarga yuborgan xufyalari Chjan Szyan, Syuan Szan, Xoy Chao sayohatnomalarida, yunon, Rim tarixchi va geograflarining asarlarida, sosoniylar Eronining o‘rta forsiy-paxlaviy tilli yodgorliklarida, arman tilli manbalarda, qadimgi turkiy yozma yodgorliklarda uchratamiz.

Arab hukmronligi o‘rnatilgandan keyingi davrlarda (IX – XII asrlar) mashhur tarixchi, geograf olim Abu Ja'far ibn Muhammad ibn Jarir at-Tabariy va sayyohlar ibn Xurdodbeh, al-Balxiy, al-Istahriy, ibn Havqal, Mas'udiy, Yoqutlar o‘z asarlarida zamondosh elatlar to‘g‘risida boy ma'lumotlar yozib qoldirganlar. Masalan, Xurosonda yashagan atoqli geograf olim Abu Zayd Balxiy 60 ga yaqin asar yozgan. Uning asarlaridagi xaritalardan biri Buxorodagi somoniylar kutubxonasida saqlangan. Muallif unda mahalliy elatlar to‘g‘risida muhim ma'lumotlar beradi. Eronlik geograf va sayyoh al-Istahriy Balxiy bilan Samarqandda uchrashib, uning asarlarini o‘rganib, yangi ma'lumotlar bilan to‘ldirgan. Iroqlik sayyoh ibn Havqal esa O‘rta dengiz mamlakatlariga doir ma'lumotlarni kiritgan.

Shunday qilib, Balxiy, Istahriy, ibn Havqal asarlarida sharq xalqlari etnografiyasi bo‘yicha qimmatli ma'lumotlar to‘plangan. Ularga ilova qilingan dunyo va ayrim viloyatlar hamda elatlarning joylashuv xaritalari noyob manba hisoblanadi. Ammo ma'lum bo‘lishicha, mazkur xaritalarning ba'zilari ilgari movarounnahrlik Muso al-Xorazmiy, Jayhoniy va boshqalar tomonidan chizilgan xaritalarga asoslangan. X asrda Balxiy va uning muxlislari butun Sharq kartografiyasining samaralarini jam qilib, yaxlit bir asar shakliga keltirishgan. Ularning asarlarida yer yuzi 20 ta “iqlim”ga bo‘lingan. Shartli ravishda “iqlim” deb atalgan viloyatlar sharqdan g‘arbga qarab ta'riflangan, har birida shaharlar, yo‘llar, yetishtiriladigan mevalar, mahsulotlar hamda boshqa ajoyibotlar ta'rifi berilgan.

Atoqli olim Yoqut o‘zining geografik lug‘atida, Balxiy ta'rifiga asoslanib Toshkent to‘g‘risida shunday deb yozadi: “Shosh yoz faslida bamisoli jannat, kishini issiq ta'siridan qalqondek saqlaydi”. Buxoroni esa Balxiy bunday tasvirlaydi: “Qo‘rg‘ondan tashqarisi sermanzaralikda Buxorodan chiroyliroq shaharni ko‘rmadim... Osmon gumbazi bilan ko‘klamzorlar oralig‘ida ko‘ringan qasrlar ko‘kdagi yulduzlarga o‘xshaydi, ekinzorlar sathi tep-tekis. Buxoroliklarning ekinzorlari bepoyon va unga teng keladigan joy Xurosonda ham, Movarounnahrda ham topilmaydi”.

Movarounnahrning buyuk mutafakkirlari mashhur matematik olim Muhammad al-Xorazmiy, faylasuf va musiqashunos Abu Nasr Forobiy, ulug‘ ensiklopedist olim Abu Rayhon Beruniy va buyuk tabib Abu Ali ibn Sino, geograf va astronom Al-Farg‘oniy, shuningdek, arab muarrixi Abu Sa'd Abdulkarim ibn Muhammad as-Sam'oniy kabilarning asarlarida o‘zbeklar va Markaziy Osiyolik boshqa xalqlarning ajdodlari, ularning maishiy turmushi va madaniyatining ayrim tomonlari ta'riflangan.

Tarixiy va etnografik jihatdan nihoyatda muhim manbalar qatorida “Dada-Qo‘rqut”, Alpomish, Manas, Go‘ro‘g‘li dostonlari va boshqa xalq og‘zaki ijodiyoti asarlarining hissasi ham diqqatga sazovordir.

IX–XII asrlardagi Sharq Renessansi davrida Markaziy Osiyoda fan va madaniyat yuksak darajaga ko‘tarilib, ilmning barcha sohalari rivojlandi. Dastlabki ilmiy etnografik ma'lumotlar ham aynan uyg‘onish davrida paydo bo‘la boshlaydi. Atoqli olim S. P. Tolstovning ta'rificha, “So‘nggi Afrig‘iy”lar davrida Xorazm Arab xalifaligiga kirgach, xorazmlik olimlar shuhrat qozonganlar va “arab fani” deb atalgan fanning yaratuvchilari orasida eng yuqori o‘rinni egallaganlar. Bular ichida mashhur siymo Muhammad al-Xorazmiy ekanligi shubhasiz. Uning nomi bilan hozirgi ilmiy-texnik taraqqiyotning negizini tashkil qiluvchi, matematikaning algoritm va boshqa juda ko‘p ilm sohalari bog‘liq. Uning arifmetika va algebrasi ko‘p tillarga tarjima qilingan bo‘lib, “Aljabr” va muqobala” nomli asaridan algebra atamasi kelib chiqqan. Xorazmiyning geografiya, tarix va etnografiya sohasidagi xizmatlari ham benihoya katta. U geograf sifatida Bag‘dod xalifasi Xazariyaga yuborgan elchilari qatoriga kirgan, degan ma'lumotlar mavjud. S. P. Tolstov yozganidek, “Sharqiy yevropa geografiyasi va etnografiyasiga doir dastlabki ma'lumotlarga ayni Xorazmiyning o‘zi asos solgan. Keyinchalik bu ma'lumotlar geografik asarlarning biridan-ikkinchisiga o‘tib, eng aniq va o‘zgarmas ma'lumot bo‘lib qoldi”.

Xorazmda tug‘ilib, Bag‘dodda ta'lim olgan, mashhur Ma'mun akademiyasi “Baytul al-hikma” (“Donishmandlar uyi”) da eng yirik namoyandalardan biri sifatida tanilgan va 70 dan ortiq olimga dunyo atlasini tuzishda rahbarlik qilgan Muhammad al-Xorazmiy taxminan 840 yili bu TOPSHIRIQni bajarib, ushbu xarita “jahon xaritalari” yoki “Ma'mun dunyo xaritasi” nomi bilan mashhur bo‘lgan. Mazkur birinchi jahon atlasi munosabati bilan unga izohnoma tarzida al-Xorazmiy o‘zining “Surat al-arz” (“yerning surati” yoki “geografiya”) nomli ajoyib asarini yaratgan. Unda bir necha o‘nlab noyob xaritalar va ularga berilgan izohlar keltirilgan. Kitobda 537 ta eng muhim joyning nomi, shaharlar, tog‘ va daryolar, dengiz va orollar birma-bir yozilgan va ularning koordinatlari izohlangan. Muallif ba'zi nomlarga izoh munosabati bilan ularga qo‘shni joylarni ham tasvirlab va ta'rifini bergan.

Italiyalik arabshunos K. Nallino 1895 yilda yozgan katta maqolasida Xorazmiyning geografik merosiga yuksak baho berib, “yevropadagi hyech bir xalq Xorazmiy erishgan yutuqqa erishishga va bunday asar yaratishga qobil emas edi”, deb yozadi. Italiya Fanlar akademiyasi Xorazmiyning “Surat al-arz” asarining o‘z davri uchun juda qimmatli qo‘llanma bo‘lganligini va geografiya taraqqiyotiga ijobiy ta'sir etganini tasdiqlagan. Bu kitob bir necha asr davomida qayta-qayta ko‘chirilib, tarjima qilinib, to‘ldirilib, qisman o‘zgartirilib, yangicha tahrirda turli sarlavhalar va hatto imzolar ostida ma'lum bo‘lib kelgan. Masalan, X asrning birinchi yarmida iroqlik Suhrob nomli bir shaxs “Surat al-arz”ni tahrir qilib “yetti iqlim kitobi” nomi bilan chop etgan. Aslida bu asarga u faqat so‘z boshi qo‘shgan. Xorazmiydan ikki asr keyin yashagan Beruniy ham uni ehtirom bilan tilga oladi.

Dastlabki ilmiy etnografik ma'lumotlar, ayniqsa, ajoyib mutafakkir, ensiklopedist olim Abu Rayhon Beruniy asarlarida o‘zining yorqin ifodasini topgan. Ayrim tadqiqotchilarning fikricha, Markaziy Osiyo va Xuroson geografiya tarixini aslida “Beruniyning geografik maktabi” deb atash mumkin. Etnografiya fani ham geografiya bilan yonma-yon shakllanib kelganligini inobatga olsak, Markaziy va Janubiy Osiyo etnografiyasini ham Beruniy maktabidan boshlasak xato bo‘lmaydi. Ma'lumki, bu ulug‘ olimning asarlari butun jahonga tanilgan bo‘lib, beruniyshunoslik deb atalishi ham bejiz emas. Uning deyarli hamma asarlarida Markaziy Osiyo, shu jumladan, hozirgi O‘zbekiston shaharlari tilga olinib, ularning tarixi, aholining etnik qiyofasi va tabiiy-geografik sharoiti haqida noyob ma'lumotlarni bizga yetkazib bergan. Masalan, Beruniyning “Qonuni Mas'udiy” nomli kitobidagi geografik jadvalda ko‘rsatilgan 603 joyning 85 tasi Markaziy Osiyoga tegishli bo‘lib, ularning ko‘pchiligiga qisqacha izohlar berilgan.

Muallifning etnotoponimiyaga oid ma'lumotlari bebaho. Amudaryo va Qoraqumning qadimgi geografiyasi va etnotoponimiyasini birinchi bo‘lib tekshirgan va ilmiy jihatdan to‘g‘ri izohlab berilgan Beruniyning “Amudaryo tarixi” deb atalgan maqolasida bajanaq (rus solnomalarida pecheneg)lar Orolning shimoli-g‘arbiy tomonida joylashganligi, Xorazm shaharlaridan Kat esa Jayhunning sharqiy qirg‘og‘ida joylashgan bo‘lib, Xorazmning ikkinchi shahri va eng qadimiylaridan ekanligi ta'kidlanadi. Mazkur joyda Toshkent shunday ta'riflangan: “Binkat - Shoshning markazi turkcha Toshkand”. Buxoro yonidagi Paykand shahri Azhayin, Qashqadaryodagi Kash forschada tushunarli emas deb xabar qilinadi. Sirdaryoning eng qadimiy nomi Yaksart ekanligi to‘g‘risida gapirib, olim bunday izoh beradi: “Sutkand Shosh viloyati deb bo‘lgan Yaksart daryodir.” Demak, Beruniy ta'rificha, ilgari yunon asarlarida tilga olingan Yaksart so‘zi Sirdaryoning yunoncha nomi emas, balki asli o‘g‘uzlar yashagan yurtdagi daryo nomi Xasrat (yoki Kasart) so‘zining yunoncha buzilishidir.

Beruniyning ilmiy merosi Markaziy Osiyo bilan qo‘shni, ayniqsa, Janubiy Osiyoda yashagan elat va xalqlar to‘g‘risidagi tarixiy-etnografik ma'lumotlar, jahon xalqlarining etnik xususiyatlarini va turmush tarzini o‘rganishda noyob manba hisoblanadi. Afsuski, tarixiy etnografiya fanida mazkur ma'lumotlar yetarli o‘rganilmagan.

Buxoro haqida gapirilganda, asosan aholining mashg‘uloti va turmushi tasvirlanadi. Muallifning yozishicha, “Buxoro mevasi hamma mevalardan yaxshi va shirindir, xususan Buxoro olxo‘risi butun yer yuziga tarqalgan, u yerda qaynatilgan qiyomni asaldan farq qilib bo‘lmaydi. Tamomi dashtda mol bisyor, o‘tinni aksari bog‘lardan yig‘ishadi, tashqaridan keltirishadi. Va yana Buxoroning xosiyatlaridan deydilarki, odamlaridek g‘aribdo‘st, kishilar hyech mavzeda yo‘qdir”.

Olim Kesh (Shahrisabz) ni ta'riflab, yaqinida tog‘, unda xarsang tosh bo‘lib, tiniq va ba'zan rangdor, undan har xil buyumlar taroshlanadi deb yozadi. Kesh-Movarounnahrning issiq joyidir, gohida bu shaharda qurg‘oqchilik va vabo bo‘ladi. Shaharda va uning atrofida madrasalar, xonaqohlar, rabotlar va hovuzlar qurilgan. Keshga yaqin joylashgan Naxshab (Nasaf) da bog‘larga quduqlardan suv olinadi, tegirmonlarni chorva qo‘shib aylantiradilar, deb ta'riflanadi. Asarda keltirilgan suratlar ichida eng muhimi dunyo xaritasidir. Bugungi kunda Hofizi Abro‘ asarining qo‘lyozma nusxasining biri Toshkentda, ikkinchisi esa Britaniya muzeyida saqlanmoqda.

Ayrim olimlarning aytishicha, Hofizi Abro‘ning bosh asari hisoblangan dunyo xaritasi butun Sharq olimlari faxrlansa arziydigan mashhur Beruniy va Najib Bakron kartografiya an'analarini davom ettirib dunyoga tanitgan. 1419 yilda Xuroson hokimi Xitoyga elchilar yuborgan va ular ichida geograf olim Hoji G‘iyosiddin Naqqosh ham bo‘lgan. Elchilar qaytishda Andijon, Samarqand, Amudaryo orqali Hirotga jo‘nagan. G‘iyosiddin uch yil davom etgan safar vaqtida yozganlarini Shohruhga topshirgan. Bularni dastlab Hofizi Abro‘ o‘qib, o‘z asariga kiritgan. Unda muallif mamlakatlar to‘g‘risida ko‘pgina ma'lumotlar bergan. Mazkur xotira daftar G‘arbiy yevropa tillariga va turk tiliga bir necha bor tarjima qilingan.

Boburning to‘ng‘ich qizi Gulbadanbegim o‘zining iste'dodi, bilimdonligi va idrokliligi bilan otasining ishini davom ettirib, “Humoyunnoma” nomli tarixiy-biografik asar yaratgan. Tadqiqotchilar fikricha, mazkur asarni “Boburnoma”ning davomi desa bo‘ladi. Unda 140 ta joyning nomi zikr etilgan bo‘lib, Toshkent, Andijondan to Qoshg‘ar va Hind okeani bo‘ylarigacha qanday shaharlar, viloyatlar mavjudligi ularning aholisi haqida batafsil ma'lumotlar bayon etilgan.

XVI asr oxirlarida yashab ijod etgan atoqli shoir, tarixchi va o‘lkashunos Hofiz Tanish Buxoriy yozib qoldirgan mashhur “Abdullanoma” (Sharafnomai shohiy) da boshqa asarlarda uchramaydigan turli tarixiy-etnografik materiallar keltirilgan. Muallif asarni yozishda movarounnahrlik olimlardan Narshaxiy, Hofizi Abro‘, Muhammad Haydar Mirzo asarlariga asoslangan. Muallifning yozishicha, Movarounnahrdagi “xoh shahar bo‘lsin, xoh qishloq, xoh tekislik, hoh o‘tloq - obodonlikda, unga teng mamlakat yo‘q”.

XVI asr boshlarida Movarounnahrga Shayboniyxon boshchiligida kelgan Dashti Qipchoq o‘zbek urug‘larining etnik tarkibi, joylashgan hududlari, turmushi va urf-odatlari haqida Mas'ud ibn Qo‘histoniyning “Tarixi Abulxayrxoniy”, Muhammad Solih “Shayboniynoma” va Abulxayr Fazulloh Ro‘zbehonning “Mehmonnomai Buxoro” kabi asarlarida qimmatli ma'lumotlar keltirilgan. Shubhasiz, islom madaniyati, fani, adabiyoti va she'riyatida katta o‘rin olgan Umar Hayyom, Nosir Xisravlardan keyingi buyuk donishmandlardan Xo‘ja Ismoil al-Buxoriy, Hakim at-Termiziy, Ahmad Yassaviy, turkiy adabiyot sultoni Alisher Navoiy kabilar ham etnografik lavhalar mavjud asarlarni yaratganlar. Markaziy Osiyo xalqlarining etnik tarixini o‘rganishda Munis, Ogahiy va Bayoniy asarlari ham alohida o‘rin egallaydi. Bu davrga oid etnografik jihatdan nihoyatda muhim asar Xiva xoni, katta olim Abulg‘oziy Bahodirxon yaratgan “Shajarayi turk” hozirgacha o‘z ilmiy ahamiyatini yo‘qotgan emas.



Download 80.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling