Ma’ruza II o‘zbek xalqining etnografiyasi, etnogenezi va etnik tarixi Reja
Download 108.44 Kb.
|
2-mavzu (1)
Chalpak (cho‘zma). Odatda turli ta'ziya ma'rakalari vaqtida pishiriladi. Chalpak pishirish uchun bo‘g‘irsoqqa qanday xamir tayyorlansa huddi shunday xamir yasaladi. Tayyor xamirdan kichik-kichik zuvalachalar uzib, har biri yupqa yoyilib, keyin 10–15 minut tindiriladi. Tingan chalpaklar dog‘ qilingan piyozda har ikkala tomonini qizartirib qovuriladi.
Lochira. Bu taom ham chalpak, bo‘g‘irsoq singari xamirdan tayyorlanadi. Unga iliq sut, xamirturush qo‘shib yumshoqroq xamir qilinadi. Ikki uch soat iliq joyda saqlanadi. Zuvalalar uzilib, o‘rtacha qalinlikda yoyiladi, zich qilib chakich uriladi. So‘ngra tandirda yopiladi, uzgandan so‘ng sovutiladi. Yupqa. Xamir chuchvara xamiridek qoriladi. Go‘sht qiymaga ziravor, tuz aralashtirilib, piyoz bilan sal qovuriladi, so‘ngra sovutib qo‘yiladi. Tinib turgan xamirdan zuvalachalar tayyorlanib, qog‘oz yupqaligida yoyiladi. Zuvalachalarning hammasini yoyib bo‘lgandan so‘ng qozon qizdiriladi, moylanadi va yupqalar birin-ketin qozonga yopib pishiriladi. Pishgan yupqalar ustma-ust taxlanib usti yopib qo‘yiladi. Shundan keyin har yupqaning o‘rtasiga qiyma solib buklanadi, laganga solinadi. Xamirdan bir necha xil suyuq osh ham tayyorlangan: keskan osh, cho‘zma osh. Xalqimiz taomlari orasida ko‘p iste'mol qilinadigan va o‘zbek dasturxonining ko‘rki, milliy g‘ururi palovdir. Palovning turi ko‘p: qovurma palov, chumchuq tilli palov, mayiz va no‘xatli palov, xalta palov, xorazmcha( tovuq) palov, qavatoq palov, bedana palov, tustovuq palov, tuxum palov, devzira palov, ugra palov, loviya palov. Guruchdan tayyorlanadigan taomlardan yana shovla, qovurma shovla, moshkichiri, shirguruch, mastavani aytib o‘tish mumkin. Don mahsulotlaridan guruch, moshdan tashqari no‘xat, loviya, makkajo‘xori, oq jo‘xori, so‘k arpa ishlatiladi. No‘xatdan tayyorlanadigan no‘xat sho‘rak, oq jo‘xoridan tayyorlanadigan jo‘xori osh juda mazalidir.
Download 108.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling