Ma’ruza II o‘zbek xalqining etnografiyasi, etnogenezi va etnik tarixi Reja


Download 108.44 Kb.
bet2/29
Sana02.01.2022
Hajmi108.44 Kb.
#200880
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
2-mavzu (1)

1-savolning bayoni: O‘zbek xalqi o‘zining ko‘p asrlik boy tarixiga ega. Xalqimiz juda katta davr ichida bir qancha ijtimoiy-iqtisodiy bosqichlarni o‘tab, murakkab jarayonlar davomida, elat va so‘ngra millat bo‘lib shakllangan. Ana shu shakllanish jarayonlarini o‘rganish - etnografiya fanining bugungi kundagi eng dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi.

Sirdaryo bilan Amudaryo oralig‘ida Markaziy Osiyoning aholisi jihatidan eng yirik davlat - O‘zbekiston Respublikasi yastanib yotadi. Bu hududda juda qadimiy madaniyatga ega bo‘lgan xalq - o‘zbeklar yashashadi. Respublika tarkibiga bir avtonom respublika, 12 viloyat va Toshkent shahri kiradi. Viloyatlar ichida maydoni jihatidan eng yiriklari Navoiy, Buxoro, Qashqadaryo, Samarqand va Surxondaryodir. Respublika tarkibida 170 tuman (11 ta Toshkent shahri tumanlari bilan birga), 29 shahar bo‘lib, MDH davlatlari ichida Rossiya va Ukrainadan keyin uchinchi o‘rinda turadi. Aholining ko‘pchiligi qishloqlarda yashaydi. O‘zbekistonda 28 milliondan ziyod aholi yashaydi, shundan 22 mlndan ortig‘ini (81,7 foiz) o‘zbeklar tashkil qiladi (2011 yilning birinchi yarmi).

Respublikada o‘zbeklarni barcha viloyat, tuman va qishloqlarda uchratish mumkin. Surxondaryo va Xorazm viloyatlari aholisining aksariyati o‘zbeklar tashkil etadi. Boshqa joylarda o‘zbeklar turli millat vakillari bilan birga yashaydi. Lekin hamma yerda ular ko‘pchilikni tashkil etadi. Qoraqalpog‘istonda o‘zbeklar janubiy tumanlari - To‘rtko‘l, Beruniy, Amudaryo va Ellikqal'a tumanlarida yashaydi.

O‘zbeklar nafaqat O‘zbekiston Respublikasi aholisining asosiy qismini tashkil etadi, balki Markaziy Osiyodagi eng ko‘p sonli xalqdir. 2010 yilgi O‘zbekiston Respublikasi Davlat Statistika qo‘mitasi ma'lumotiga ko‘ra mamlakatimizda jami aholi 28 million kishidan ortiq bo‘lib, ulardan 81,7%, ya'ni 22,879 kishini o‘zbeklar tashkil qilgan. Bundan tashqari ko‘p sonli o‘zbeklar Tojikistonda, Qirg‘izistonda, Qozog‘istonda, Turkmanistonda, Afg‘onistonda, Rossiya, Saudiya Arabistonida, Xitoy Xalq Respublikasining Sinszyan - Uyg‘ur avtonom rayonida, qolaversa, Turkiya, Germaniya, AQSh kabi uzoq xorij mamlakatlarda ham yashaydi. Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra o‘zbeklarning umumiy soni 27 milliondan ko‘p. O‘zbeklarning yosh tarkibi ancha navqiron bo‘lib, ayrim ma'lumotlarga ko‘ra 15 yoshgacha bo‘lgan aholi umumiy aholining 44% ini, 15 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lganlar 51% ni, 60 yosh va undan keksalar atiga 5% ni tashkil qilgan. o‘zbeklar o‘zbek tilida gaplashadilar.

O‘zbeklar alohida etnik jamoa (elat) bo‘lib, O‘rta Osiyoning markaziy viloyatlari - Movarounnahr, Xorazm, yettisuv, qisman Sharqiy Turkistonning g‘arbiy mintaqalari va Janubiy Turkistonda shakllangan. O‘zbek xalqining asosini hozirgi O‘zbekiston hududida qadimdan o‘troq yashab, sun'iy sug‘orma dehqonchilik bilan shug‘ullanib kelgan mahalliy sug‘diylar, baxtarlar, xorazmiylar, farg‘onaliklar, sak-massagetlar, qang‘lar kabi etnik guruhlar tashkil etgan. Shuningdek,, Janubiy Sibir, Oltoy, yettisuv, Sharqiy Turkiston hamda Volga va Ural daryosi bo‘ylaridan kelgan etnik komponentlar ham o‘zbeklar etnogenezida ishtirok etganligi tarixdan ma'lum. Bu qabila va elatlar asosan turkiy va sharqiy eroniy tillarda so‘zlashganlar.

Keyingi yillarda arxeolog olimlar (A. A. Asqarov, O‘. Islomov, Yu. F. Buryakov. T. Q. Xo‘jayov)ning O‘zbekiston hududida olib borgan arxeologik va antropologik tadqiqotlari natijasida Amudaryo va Sirdaryo oralig‘ida so‘nggi bronza davridayoq yuqorida nomlari zikr etilgan qabila va elatlarning etnik jihatdan dastlabki aralashuvi sodir bo‘lganligi, assimilatsiya jarayoni natijasida antik davrga kelib, o‘troq hayotga moslashgan turkiy hududiy maydon tarkib topganligi hamda o‘zbek xalqiga xos antropologik tipning makon va zamoni aniqlangan. Ma'lumki, mil. avvalgi III asrda Sirdaryoning o‘rta oqimida turkiy va sug‘diylar ittifoqi asosida Qang‘ davlati tashkil topgan. Qang‘ davlati davrida Mavarounnahr va unga tutash mintaqalardagi xalqlarning iqtisodiy, siyosiy va etnomadaniy aloqalarning tobora rivojlanib borishi natijasida turkiyzabon etnoslar ustuvorlik qilib, yangi turkiy etnoslardan biri - qang‘ar elati paydo bo‘ldi va o‘ziga xos uyg‘unlashgan madaniyat shakllandi. Tarixiy va arxeologik asarlarda bu madaniyat “Qovunchi madaniyati” nomini olgan. Antropolog olimlarning ta'kidlashlaricha, aynan shu davrlarga kelib, O‘rta Osiyoning vodiy va vohalarida yashovchi sug‘diylar va qang‘arlarning tashqi qiyofalarida hozirgi o‘zbek va voha tojiklariga xos antropologik tip to‘liq shakllangan.

O‘zbeklar etnogenezida qatnashgan navbatdagi etnik komponentlar Janubiy Oltoy va Sharqiy Turkistondan ko‘chib kelgan yuechji qabilasining bir tarmog‘i bo‘lib, ular mil. av I milodiy IV asrlarda Kushon saltanatiga asos solgan kushonlar hamda milodiy III – V asrlarda O‘rta Osiyoning markaziy viloyatlariga Janubiy Sibirdan, Jung‘oriyadan, Sharqiy Turkistondan siljigan xioniy, kidoriy va eftaliylardir.

Shuningdek,, o‘zbeklar etnogeneziga faol ta'sir o‘tkazgan turkiy etnik komponentlar asosi Turk hoqonligi (VI – VIII asrlar) davrida O‘rta Osiyoning markaziy mintaqalari (Toshkent, Zarafshon, Qashqadaryo, Surxondaryo vohalari, Farg‘ona vodiysi) va Xorazmga kelib joylashib, ma'lum bir tarixiy davr mobaynida, bu etnik komponentning aksariyat qismi o‘troqlashdi. Turk xoqonligi davrida kirib kelgan turkiy komponentlar va mahalliy aholi o‘rtasidagi etnik-madaniy munosabatlarning rivoji hududdagi etnik jarayonlar taraqqiyotiga katta ta'sir o‘tkazdi. Ushbu turkiy qatlam madaniy yutuqlarining mahalliy madaniy-xo‘jalik an'analar bilan jadal uyg‘unlashuvi yuz berdi. Bu davr turkiy va sug‘diy simbiozni hal qiluvchi bosqichlaridan biri bo‘lgan.

VIII asrdan arab va ajam (arab bo‘lmagan yaqin va O‘rta Sharq) xalqlarining O‘rta Osiyoga kirib kelishi mintaqadagi etnik jarayonlarga katta ta'sir etmagan. Bu davrda aholi etnik tarkibida ma'lum bir o‘zgarishlar bo‘lgan bo‘lsa-da, Movarounnahrdagi o‘troq va yarimo‘troq turkiyzabon aholi, sug‘diylar va Xorazmning tub yerli aholisi o‘z hududlarida qolib, arablar (VII – VIII asr), keyinchalik Somoniylar (IX-asr) hukmronligi ostida yashaganlar.

Umuman olganda, IX asrdan boshlab Movarounnahr mintaqasida yaxlit turkiy etnik qatlam, jonli turkiy til muhiti vujudga kela boshladi va o‘z navbatida sug‘diylar va boshqa mahalliy etnoslarda ham turkiylashish jarayoni jadallashgan. Elshunos olim K. Shoniyozovning qayd etishicha, IX – X asrlarda tig‘iz etnogenetik jarayon natijasida ko‘plab turkiy qabila va urug‘larning o‘troq hayotga o‘tishi jadal davom etgan. Bu asrlarda Movarounnahr va Xorazmda turkiy etnik qatlam kuchli etnik asosga ega bo‘lgan. Akademik A. Asqarovning ta'kidlashicha, bu kuchli etnik qatlam asosining aksariyat ko‘pchiligini o‘troqlashgan turg‘un turkiy etnoslar tashkil qilgan.




Download 108.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling