Ma’ruza II o‘zbek xalqining etnografiyasi, etnogenezi va etnik tarixi Reja
Qadimgi Farg‘ona aholisining antropologik tipi
Download 108.44 Kb.
|
2-mavzu (1)
Qadimgi Farg‘ona aholisining antropologik tipi. Farg‘ona vodiysi Markaziy Osiyoning yirik sug‘orma dehqonchilik madaniyati rivojlangan mintaqalaridan biri bo‘lib, qadimda turli xil xo‘jalik sohiblari o‘rtasida olib boriladigan aloqa zonasi bo‘lgan. Miloddan avvalgi II asrgacha yozma manbalar vodiy haqida deyarli ma'lumotlar bermaydi. Ammo, miloddan avvalgi II- asrdan boshlab qadimgi Farg‘onani Qang‘ davlati bilan iqtisodiy va siyosiy hamda etnomadaniy aloqalari rivojlanib ketganligi haqida Xitoy yozma manbalari ma'lumotlar qoldirgan.
Arxeologik tadqiqot natijalariga ko‘ra, qadimgi Farg‘onaning sharqiy va shimoliy mintaqalari (Andijon va Namangan viloyatlar territoriyasi), ya'ni Qoradaryo havzasi va tog‘ soylari etaklarida bronza va ilk temir davrida dehqonchilik madaniyati (Chust madaniyati) rivojlanganligi, uning janubiy va g‘arbiy qismining adirli mintaqalarida asosan chorvachilik xo‘jaliklari rivojlanganligidan dalolat beradi. Ammo, miloddan avvalgi IV asrdan boshlab, qadimgi Farg‘onaning janubiy-g‘arbida ham sug‘orma dehqonchilik xo‘jaliklari tarkib topa boshladi. Antik davrida butun vodiy bo‘ylab, vohalarda dehqonchilik, tog‘ oldi va adirli mintaqalarda yarim ko‘chmanchi chorvachilik taraqqiy etadi. Shu munosabat bilan vodiy o‘troq aholisining aksariyat ko‘pchilligi dolixokefal yevropeoid bo‘lsa, dasht aholisining etnik tarkibi turlicha edi. Masalan, miloddan avvalgi V – III asrlarga tegishli Oqtom qabristonidan topilgan kalla suyaklari asosan mahalliy mezo-braxikran yevropeoid aholi bo‘lib, ular bronza davrining dolixo-mezokran qabilalarning avlodlari edi. Ular anronovo madaniyati aholisi ta'sirida braxikefallashgan. O‘zgan tevarak-atrofi aholisi esa (mil. avvgi. III – I asrlar) mo‘g‘uliy irqiy belgili yevropeoidlar bo‘lib, ular bilan bir tipli aholi milodning boshlarida yettisuv va Tyanshanda keng tarqalgan. G‘arbiy Farg‘onaning milodiy II – IV asrlariga tegishli Shirinsoy qabristoni aralash kraniologik material berdi. Uning tarkibida Xuroson, Ural-Oltoy va yevropeoid dravidoidlar aralashib ketgan. Xo‘jand yaqinidagi Qayrag‘och qabristonidan topilgan suyaklar esa “O‘rta Osiyo ikki daryo oralig‘i tipi”ni eslatadi. Isfara atrofidan 6 ta qabriston mo‘g‘uliy elementlarisiz sof “O‘rta Osiyo ikki daryo oralig‘i tipi”ni bergan. Milodiy I – III asrlarga tegishli Quvasoy aholisi mahalliy o‘troq aholining dolixokefal va braxikefal bosh chanoqlardan tashkil topgan yevropeoid tipini berdi. Shimoliy Farg‘ona chorvador aholisi tarkibi (antik davr) mo‘g‘uliy qo‘shilmali yevropeoidlar bo‘lib chiqdi. Shunday qilib, qadimgi Farg‘onaning asosiy aholisi “O‘rta Osiyo ikki daryo oralig‘i tipi”ning mezo-braxikran yevropeoid varianti bilan xarakterlanadi. Aholining tarkibida sharqiy o‘rta yer dengizi tipi va janubiy sibir tipi vakillari ham uchraydi. yevropeoid tiplar qisman mo‘g‘uliy irqiy belgilardan ham xoli emas. Qadimgi Farg‘onaning kraniologik materiallar tahliliga qaraganda, yevropeoid irqiy belgilar vodiyning g‘arbiy rayonlari aholisida kuchli, Janubiy-sharqiy Farg‘ona hududlarida esa yevropeoid tip orasida qisman mo‘g‘uliy bashara odamlar ham uchraydi. Shimoliy Farg‘ona rayonlarida yevropeoid aholi orasida mo‘g‘uliy irqiy belgilar vodiyning boshqa mintaqalariga qaraganda ancha kuchli ekanligi kuzatiladi.
Download 108.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling