Ma’ruza II o‘zbek xalqining etnografiyasi, etnogenezi va etnik tarixi Reja


Download 108.44 Kb.
bet7/29
Sana02.01.2022
Hajmi108.44 Kb.
#200880
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   29
Bog'liq
2-mavzu (1)

3-savolning bayoni: O‘zbekiston zamini Markaziy Osiyoning eng qadimiy, osori-atiqalarga boy, moddiy-madaniy turmush tarzi kishilik jamiyatining eng ko‘hna davrlariga borib taqaladigan o‘lkadir. Dehqonchilik, chorvachilik, deyarli xo‘jalikning barcha sohalari necha asrlardan buyon rivojlanib kelmoqda. O‘zbeklarning ajdodlari asli dehqon, chorvador, hunarmand xalq hisoblanadi.

Dehqonchilik. O‘zbeklar ajdodlari qariyb eng qadimgi zamonlardan buyon yerga ishlov berish bilan tirikchilik qilib keladi. Don-dun, meva-cheva, poliz, rezavor ekadi. Markaziy Osiyoning barcha voha va vodiylarida yirik va mayda daryo irmoqlari, ko‘l va buloqlari atrofidagi sug‘orib dehqonchilik qiladigan lalmi, yaylov, qir, adir, tepaliklari deyarli dehqonchilik yerlariga aylanib ketgan. Ekinlarni sug‘orish uchun daryo, ko‘llardan, irmoq va buloqlardan foydalanilgan va ariq, zovurlar qazilgan.

Sug‘orib dehqonchilik qilinadigan yerlarda qishloq jamoalari mavjud edi. Jamoa bir qancha oila urug‘laridan tashkil topgan bo‘lib, ayrim jamoalar 4–5 qishloq odamlarini o‘ziga birlashtirgan. Bunday jamoalar birgalikda muayyan ishlarni bajarar edi. Jamoaning alohida ariq-kanallari bo‘lar, kim nima ish qilishi, qachon, qaysi navbatda sug‘orishi, nimani qaerga ekishi bilan bog‘liq masalalar oldindan kelishib va belgilab olinardi.

Jamoalar g‘allakor, sholikor, paxtakor tumanlarda tuzilar edi. Jamoa a'zolari - dehqonlarning mehnati, bir necha uslubda tashkil etilgan. O‘z vositalari bilan ishlaydigan oilalar mustaqil ishlar edi. Ish kuchi yoki asbob-jihozlari yetishmagan bir necha dehqon birlashib jamoaviy mehnat qilar edi. Oila a'zolari bilan haqbay ishchilar birgalikda mehnat qilishlari ham mumkin bo‘lgan.

Ariq, zovur, kanallarni tozalab ta'mir qilish uchun jamoadagi har bir oila har yili albatta bir yoki ikki marta birgalikda ishga chiqqan. Jamoalar orasida “algov”, “hashar” kabi birgalikdagi ish shakllari qo‘llanilgan. “Algov”da jumladan, ot-ulovni bir-biriga qarzga berib turgan yoki dalada, bog‘ida, tomorqada birga ishlab bergan. Hasharda hamma bir-biriga tekinga o‘zaro yordam bergan.

Dehqonchilikda “qo‘sh” (Zarafshon vodiysi), “chek”, “chik”, “chak” (Toshkent vohasida, Shimkent atrofidagi yerlarda), “paykal”, “cheklar” (Qashqadaryo va Surxondaryo vohalarida), “otliq” (askarga ajratib berilgan yer), “bir otliq”, “jabdi” (“yeb”, “yop”) shakllari (Amudaryoning quyi oqimidagi yerlarda) mavjud edi.

XIX asr oxiri choragiga qadar dehqonchilikda asosan don-dun yetishtirib kelingan. Ayniqsa bug‘doy bilan arpa ko‘p ekilgan. Kuzgi bug‘doy yoki arpa ekilgan yerlarga, kelasi yili tariq sepilgan. yer hosildorligi kamayib ketmasligi uchun mahalliy o‘g‘itlar, jumladan, go‘ng, eski devor tuprog‘i, kesak, guvalalar maydalab sochilgan.

G‘alla ekiladigan yerlar kuzda shudgor qilingan. yer omoch bilan ot yoki qo‘sh ho‘kiz yordamida haydalgan, omochning o‘zini yonboshlatib qalin taxta mola yoki bo‘lmasa shohmola bilan tekislangan. Don ekilgan yerlar sug‘orilgan. Sho‘rhok yerlar sho‘rini yuvish uchun qishda sug‘orish hollari yiliga bir-ikki urug‘ unib chiqqan zahoti va don tugish boshlagan vaqtda ham bo‘lgan.

O‘zbekiston iqlimi va tabiiy shart-sharoitlaridan kelib chiqib, hosil may oyining oxiri - iyuning boshida o‘roq bilan o‘rib olingan.

G‘alla-don boshoqlari xirmonda yoyilib, ustidan ot, ho‘kiz yoki eshak yurgizilgan. Vaqti-vaqti bilan somonni maydalanayotganiga qarab, yangi bug‘doy yoki arpa bog‘lamlari tashlab turilgan. Avvaliga yog‘och panshaxa, keyin yog‘och kurak bilan sovurilgan.

Sug‘orib yetishtirilgan bug‘doy bilan arpa lalmi bug‘doy, arpaga qaraganda uch-to‘rt baravar ko‘p hosil qilgan.

G‘alla-don xosili, suv tegirmoni, qo‘l tegirmoni (“yorg‘uchoq”)da tortilgan.

O‘zbekistonning ko‘pchilik yerlarida donli ekinlardan jo‘xori, makka jo‘xori, dukkakli ekinlardan mosh, loviya, sholi yetishtirilgan.

Sug‘orib dehqonchilik qilinadigan yerlarda beda, yo‘ng‘iqcha ekilgan.

Qishloq va shahar hovlilarining deyarli hammasida tokzorlar bo‘lgan, mevali daraxtlar o‘tqazilgan. Toklarning juda ko‘p turlaridan hosil olingan. Chillaki, qora kishmish (shivilg‘oni), husayni, charos, kirmiska, toifi, parkati, oq kishmish, qora kishmish, nimrang, daroyi, kattaqo‘rg‘on (maska), oq halili, qora xalili, toshbuaki, soyaki, obaki, norbuali, yumaloq, baxtiyori va boshqa navlari keng tarqalgan edi. Ayrim yerlarda kunjut, zig‘ir, ko‘knori yetishtirilgan.

Dehqonchilikning eng yirik sohasi paxtachilik bo‘lgan. Ayniqsa Rossiya Turkiston yerlarini bosib olganidan keyin paxta maydonlari yanada kengaygan. Turkiston sovet hukumatining asosiy paxta-xomashyo bazasiga aylanib qoldi. Jaydari g‘o‘za o‘rniga nisbatan tez pishar, serhosil, tolasi uzun amerika g‘o‘za navi ekiladigan bo‘ldi.

Turkistonda ilk bor pomidor, kartoshka, qand lavlagisi, karam, bulg‘or garimdorisi, baqlajon va boshqalar ekila boshlangan.

Polizchilik, rezavorchilik keng tarqalgan xilma-xil ko‘katlardan tortib piyoz, sabzi, qizilcha, turp, sholg‘om, rediska, qalampirgacha yetishtirilgan. Poliz ekinlaridan qovoqning xilma-xili, qovun, tarvuz, handalak, bodiring, tarrak ko‘p ekilgan.

Qishloqlarda, shahar hovli joylarida, bog‘-rog‘lar ko‘p bo‘lgan. Olma, o‘rik, anor, shaftoli, nok, olxuri, gilos, olcha, behi, bodom, pista, yong‘oq, tut daraxtlaridan mo‘l hosil olingan.

O‘zbekiston qovuni va uzumlarining o‘nlab ajoyib navlari va ularning shirin-shakarligi bilan dong chiqargan. Ho‘l mevalaridan tashqari quruq mevalarni yetishtirish ham butun mamlakatda keng tarqalgan edi.


Download 108.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling