Ma’ruza II o‘zbek xalqining etnografiyasi, etnogenezi va etnik tarixi Reja


Download 108.44 Kb.
bet10/29
Sana02.01.2022
Hajmi108.44 Kb.
#200880
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   29
Bog'liq
2-mavzu (1)

Hunarmandchilik. O‘zbek xalqi juda qadimdan kosib-hunarmand bo‘lgan. “Yigit kishiga qirq hunar ham oz” degan ajoyib maqoliga amal qilib, o‘zbek yigit va qizlari bolalik, o‘smirlik davrlaridanoq biron hunarni egallashga harakat qilishgan. Deyarli har bir qishloq, shahardagi 5–10 mahallaning birida o‘z nonvoyi, tegirmonchisi, qassobi, duradgori, sartaroshi, taqachisi, temirchisi, yamoqchisi, ip yigiruvchisi, to‘quvchisi, ko‘nchisi, tikuvchisi mavjud edi. Olis qishloqlarda bir yo‘la bir necha hunarga qo‘l uradigan hunarmandlari bo‘lgan.

Ip yigiruvchi va to‘quvchi hunarmandlar nihoyatda ko‘p bo‘lgan. Qariyb har bir xonadonda xotin-qizlar, ayniqsa keksa onaxonlar ko‘p kunlarini charxda ip yigirish bilan o‘tkazganlar. Qishloqda, shaharda charxi, urchug‘i yo‘q biron xonadon bo‘lmagan. Paxta, yo jundan tola olish, ip yigirishdan tortib yigirilgan ipdan xonadon ehtiyojlariga qarab har xil kiyim kechak, uy-ro‘zg‘or buyumlarini tikishgacha bo‘lgan ishlarning hammasini xonadonning ayollari bajarishgan: biri urchuqda tola olib, biri charxda ip yigirgan, ipni kerakli rangga bo‘yagan. Ba'zan bir ayolning o‘zi ayni vaqtda ip yigiruvchilik, bo‘yoqchilik, bichuvchilik, to‘quvchilik va tikuvchilik vazifalarini ado etgan. Kiyim-kechakka, uy-ro‘zg‘or buyumlariga talab, ehtiyoj orta borgani sayin bu ishlarda ixtisoslashish jarayoni kuchayadi, mehnat taqsimoti kengaygan, charxchi, bo‘yoqchi, bichuvchi, tikuvchi, to‘quvchi kabi ixtisosliklar ko‘paygan.

To‘quvchilik, chitchi va ipakchi mutaxassisliklarga bo‘lingan. Biri faqat chit, bo‘z to‘qish bilan, ikkinchisi ipak gazlamalar to‘qish bilan kun kechirgan. Ular bilan o‘zaro hamkorlikda chitgarlar (gazlamalarga gul bosib beradigan mutaxassislar) ishlagan.

Pillani tevarak-atrofdagi qishloqlardan, ba'zan Buxoro, Farg‘ona vodiysi shaharlaridan qatnaydigan boy savdogarlardan sotib olishgan.

Ipakchilikda pillakash bilan to‘quvchi birlashib ish qilingan. Ularning bir qancha shogirdlari bo‘lgan: naychevar, chartob va boshqalar. Birinchisi charxon g‘ildirakni aylantirib, ipni katta naychalarga yaxshi, to‘g‘ri o‘ralishini kuzatib o‘tirgan, keyingisi moslamani boshqargan. Odatda pillakash ham to‘quvchi ham, o‘z uyi-da ish qilgan.

Shoyi ipak gazlamalarni o‘simlik moylari bilan har xil rangga bo‘yalgan. Tikuvchilik sohasida mehnat taqsimoti mavjud bo‘lgan: to‘nchi, tikuvchi, mashinachi, telpakchi, mahsido‘z, po‘stindo‘z, do‘ppido‘z.

Qadimdan keng tarqalib kelgan hunarmandchilik sohalaridan yana biri ko‘nchilikdir. Bu soha Rossiya imperiyasi hukumronligi vaqtiga kelib ancha susayib ketgan. Ko‘pchilik xom teri-charm va oshlangan teri ishlab kelgan. Bu ish bilan charmgar, ko‘nchi, saxtlangar, meshigar nomlari bilan ma'lum bo‘lgan ustalar shug‘ullangan. Xom teri ishlovchi ustani charmgar, mahsi va meshkop tikuvchi ustani saxtlagar, qo‘y-qo‘zi va echki terisidan charm tayyorlovchi ustalarni meshigar deyishgan.

Poyafzalchi ustalar etikchi, mahsido‘z, kovushdo‘z deb atalgan. Kulolchilikda tandirchi, xumdonchi, badiyachi, koshinchi kabi ustalar ishlagan.

Degrezchilik hunari o‘zbeklarning eng qadimiy hunarlaridan hisoblanadi. Misgar, rextgar, zangulasoz, zargar ustalar mahsulotlariga ehtiyoj katta bo‘lgan. Cho‘yandan qozon quyish ishlari Markaziy Osiyo yerlarida III – V asrlardayoq yaxshi rivojlangani ma'lum. Quyma cho‘yan, bronza, mis buyumlar bilan ishlashda o‘zbek ustalariga teng keladigani bo‘lmagan.

Qo‘li gul ustalar ishlagan qadimiy metall buyumlarining xilma-xili respublikamizning ko‘pgina muzeylarda namoyish qilinayotgani bejiz emas. Quyma qozonlar, shamdon, chiroqdon, mankaldon (uyni isitadigan cho‘yan ko‘mirdon), o‘smadon, qulf, zanjir, turli badiiy buyumlarni bugungi kunda hamma qiziqib tomosha qilmoqda. Misgarlar yasagan qumg‘on, oftoba va turli-tuman uy-ro‘zg‘or buyumlariga talab katta bo‘lgan.

Hunarmandlar orasida beshikchi, kigizchi, arqonchi, sovunchi, shamchi, shirapaz, nisholdachi, nosvoychilar ham mavjud bo‘lgan.


Download 108.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling