Ma’ruza III qоrаqаlpоq, qоzоq, tоjik, turkmаn, qirg‘iz хаlqlari etnologiyasi Reja


Qirg‘iz xalqining etnogenezi va etnik tarixidan


Download 103.76 Kb.
bet6/6
Sana02.01.2022
Hajmi103.76 Kb.
#200771
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3-mavzu

Qirg‘iz xalqining etnogenezi va etnik tarixidan.

1-savolning bayoni: Qirg‘iziston – Markaziy Osiyoning shimoliy-sharqida joylashgan davlat bo‘lib, sharqdan g‘arbga tomon Tyanshan va Pomir-Oloy bo‘ylab cho‘zilgan. Shimolda Qozog‘iston bilan, janub va janubiy-sharqda Xitoy bilan, janubiy g‘arbda Tojikiston bilan va g‘arbda O‘zbekiston bilan chegardosh. Umumiy chegarasi 4500 km. Hududi 198500 ming kv. km. Katta hududni Tyanshan tog‘li hududi – (yuqori cho‘qqisi – G‘alaba 7439 m.) va Xon –Tangri (6995 m) egallaydi. Mamlakatning qariyb 90% hududi dengiz sathidan 1500 m balandlikda joylashgan.

Poytaxti Beshkek shahri bo‘lib, 1887 yilda tashkil topgan. Yirik shaharlari: O‘sh, Jalolobod, Norin, Qorako‘l.

Qirg‘izlar Qirg‘iziston Respublikasining asosiy aholisi (2,23 ming kishi) hisoblanadi. Markaziy Osiyoning xalqlaridan biri bo‘lgan qirg‘izlar Tyanshan, Pomir – Oltoy, qisman Hindiqush tog‘ tizmalari oralig‘idagi Qirg‘iziston respublikasida yashaydi. Shuningdek,, O‘zbekiston (175 ming kishi), Tojikiston (64 ming kishi), RF (42 ming kishi 1990 yillar o‘rtalari), shuningdek, Xitoyda (150 ming kishi) yashaydi. Qirg‘iz tilida so‘zlashadi. Dindorlari - sunniy musulmonlar. 1920 yilgacha qirg‘izlarni qoraqirg‘iz deb kelishgan.

Qirg‘izlar tarixidagi voqyealar, bir necha asrlardan beri yevropa, Rossiya, Xitoy olimlari e'tiborini o‘ziga jalb qilib kelmoqda. Qirg‘izlar tarixini o‘rganishda N. F. Miller, V. Shott, V. Radlov, V. V. Bartold, S. V. Kiselev, A. N. Bernshtam, S. M. Abramzon, R. A. Abdumannopov, A. Baytur va boshqa olimlar katta hissa qo‘shdilar.

Qirg‘iz xalqi etnogenezi masalasi miloddan avvalgi I asrdan boshlab tarixchilarni qiziqtira boshlagan. Bu masala xususida ilk ma'lumotlarni xitoy tarixchisi Sima Syanning (miloddan avv. 201 y.) Tan imperiyasi tarixiga oid asarida uchratish mumkin. Undan so‘ng xitoy tadqiqotchilari qirg‘iz xalqi shakllanishida ishtirok etgan qabilalar to‘g‘risida yozishgan.

Shuningdek, bu borada ko‘pgina ma'lumotlarni arab va turk manbalarida ham uchratish mumkin: “Xudud al Olam”; Rashidi-ad-dinning “Yilnomalar to‘plami”da qirg‘izlar mamlakati to‘g‘risida gapiriladi (XII – XIII asrlar). XI asrda Gardizining VIII – IX asrlar manbalariga asoslangan “Zayn al-axror”, shuningdek. Sayf-ud-din Axsikentning XVI asrda yozilgan “Majmu-at-tavorix” (tarixiy Mo‘timzoda) asarida Tyanshan qirg‘izlari to‘g‘risida ma'lumotlar to‘plangan.

XIX asr oxiri XX asr boshlarida qirg‘izlar etnogenezi masalasiga qiziqish yana qayta tiklanadi. Qirg‘izlarning kelib chiqishi haqidagi dastlabki ilmiy qarashlar F. Miller va E. Fisherlar tomonidan bildirilgan bo‘lib, ular qirg‘izlar jung‘orlar tomonidan XVII asrda yeniseydan hozirgi Qirg‘iziston hududiga ko‘chirilgan deb ta'kidlaydilar. Ushbu fikrni A. I. Levshin ham qo‘llab-quvvatlaydi.

Qirg‘izlar etnogenezining o‘rganishda xitoyshunos olim N. Ya. Bichurin munosib hissa qo‘shgan bo‘lib, u o‘z ishida qirg‘izlarning Tyanshan va sharqiy Turkistonda yashaganlar deydi. N. Aristovning nazariyasiga ko‘ra qirg‘izlar Usun nomi bilan tanilgan.

V. V. Radlov qirg‘izlar mo‘g‘ul bosqini davrida dastlabki hududlaridan siqib chiqarilgan deb yozadi va ushbu fikrni Ch. Valixonov hamda O. Karaev, M. Kojobekovlar ham ma'qullashgan.

V. V. Bartold qirg‘izlarni Tyanshanga ilk ko‘chishlari to‘g‘risida gapirish mumkin emas, deb ta'kidlaydi va u bunday xulosasani xitoy va arab manbalariga tayanadi. Bernshtam qirg‘izlarni Tyanshanga ko‘chishi sekin-asta bo‘lgan deb yozadi. K. Petrov esa qirg‘iz xalqining Tyanshanda mo‘g‘ullar bosqinidan keyingi davrda uch etnik komponent asosida shakllanganligi borasidagi g‘oyani ilgari suradi. S. M. Abramzon K. Petrov fikriga qo‘shilmasdan, ayni paytda Tyanshanga qirg‘iz qabilalari emas, turkiy qabilalar kelgan edi deydi. Yu. Xudyakoy o‘zining “Istoriya yeniseyskix kыrgыzov” (Abakan, 2000) asarida qirg‘izlarning Tyanshanga ko‘chishi ikki bosqichda bo‘lganligini tasdiqlaydi. Umuman olganda, qirg‘izlarning etnik tarixiga oid muammo fanda o‘z yechimini to‘la to‘kis topgan deb bo‘lmaydi.

Qirg‘izlarning yeniseyda yashashlariga bog‘liq qadimgi va o‘rta asrlar tarixidagi manbalar hozirgi qirg‘iz xalqining etnomadaniy kelib chiqish jarayonini tushunishda muhim ahamiyat kasb etadi. Qirg‘izlar – turkiy tilda so‘zlashuvchi qadimiy xalqlardan biridir. Qirg‘izlar to‘g‘risida ilk bora miloddan oldingi III asr oxirlarida xitoy tilidagi Xan manbalarida eslatiladi. Qirg‘izlarning etnik guruhlari ko‘pgina turkiy va mo‘g‘uliy tillarda so‘zlashuvchi xalqlarning shakllanishiga olib kelgan jarayonlarda ishtirok etdilar.

“Buyuk davlatchilik” davri qirg‘izlarning Sharqiy Turkistonda paydo bo‘lishiga olib keldi va ularning G‘arbiy Tyanshan tomon siljishlarida muhim bosqich bo‘ldi.

Qirg‘iz xonliklari yettisoyda XVIII asr boshlarigacha, qirg‘izlar jung‘orlar tomonidan Jung‘oriyaga olib ketgunga qadar mavjud bo‘ldi. Jung‘orlar xonligi manchjurlar tomonidan tor-mor etilgach, qirg‘izlarning bir qismi Manchjuriyaga ko‘chirilgan, bir qismi esa qalmiqlar bilan birga Volga bo‘yiga qochgan va hozirgi Volga bo‘yi va Ural xalqlari tarkibiga kirgan.

Qirg‘izlar asosan mo‘g‘ul irqiga mansub. Ma'lumki, mo‘g‘ul irqiga xos alomatlar: tana terisining sarg‘ishligi, qattiq to‘g‘ri soch, badandagi sochning uncha ko‘p bo‘lmasligi, iyagining bo‘rtib chiqqanligi, burunning yassiligi (pachoqroqligi), me'yordagi qalinlikda lab hamda mo‘g‘ul qovoq (epikantus)dan iborat.

Odatda qirg‘izlarning sochi qattiq va to‘g‘ri, badandagi sochi uncha ko‘p emas, yuzi yassi, burni bo‘rtib chiqmagan, yuqori qovog‘i epikantus (o‘g‘il va qiz bolalarda). Ammo oltoylik, tuvalik va buryatlar bilan solishtirganda, yuqoridagi hamma belgilar qirg‘izlarda yanada yaqqolroq aks etgan. Shuning uchun qirg‘izlar sof mo‘g‘ul irqiga xos emas.

yetti-sakkiz yuz yil avval qadimgi Qirg‘iziston aholisida (Chuy vodiysi”) yevropeoid irqi belgilari mo‘g‘ul irqiga nisbatan yaqqolroq ekanligi aniqlangan. Bu o‘lka odamlari zamonaviy qirg‘izlarga nisbatan ko‘proq o‘zbek, uyg‘ur va tojiklarga o‘xshar edilar.

yenisey-Irtish daryo oralig‘i (zamonaviy Tyanshan qirg‘izlarining avlodlari yashagan hudud) aholisi yevropeoid irqiga xos bo‘lganligiga e'tiborimizni qaratamiz. O‘sha paytda mo‘g‘ul irqiga xos odamlar Bayko‘lbo‘yi va Sharqiy Mo‘g‘ulistonda yashar edilar. Lekin II – IV asrlarda mo‘g‘ul irqiga xos qabilalarning yenisey va Oltoyga ko‘chishi avtoxton aholining qiyofasini o‘zgarishiga olib keldi.

Mo‘g‘ul irqiga xos qabilalarning asta-sekinlik bilan Tyanshanga qarab siljishi, 2- ming yillikning birinchi asrida Tyanshan aholisi qiyofasining o‘zgarishiga sabab bo‘ldi va pirovardida u zamonaviy qirg‘izlarnikidek shakllandi. Bu qirg‘izlarning Janubiy Sibir irqiga mansub ekanligi to‘g‘risida gapirishga asos bo‘la oladi.

Qirg‘iz tili Oltoy til oilasi turkiy tili guruhining shimoliy-g‘arbiy til shoxobchasiga mansub.

Qirg‘iz adabiy yozuv tili bilan bir qatorda xalq dialektining ikki guruhi: shimoliy dialekt guruhi va qirg‘iz va o‘zbek tilining o‘zaro ta'siri natijasidagi aralash dialektlarning janubiy guruhi bor.

Taniqli tilshunos B. Yunusaliev til tarixidagi uch davrni ajratadi.

Qadimgi davr VII – XII asrlar;

O‘rta davr – XII – XV asrlarning o‘rtalari (Oltoy davri deb ham ataladi). Ushbu davrda qipchoq tili bilan o‘zaro ta'siri natijasida asta-sekinlik bilan g‘arbiy til ko‘rinishiga ega bo‘ladi.

Yangi davr – XV asrning o‘rtalari XVI asr. Shu davrdan boshlab yagona xalq tili shakllana boshlaydi.

B. Yunusaliev qirg‘iz tilini zamonaviy Qirg‘iziston hududida emas, balki undan shimoliy-sharqda - Sharqiy Turkistonda paydo bo‘lgan deb hisoblaydi.

Zamonaviy qirg‘iz tilining paydo bo‘lishi so‘nggi davrga taalluqli, holbuki milodiy I asrda yeniseyda yashagan qadimgi qirg‘iz qabilalarining tili uning shakllanishida asos bo‘lib xizmat qilgan.

So‘nggi davrlarda qirg‘iz tili qipchoq tili bilan assimiliyasiyalashgan, shu bilan birga boshqa til va til guruhlari, xususan, mo‘g‘ul tili ham uning shakllanishida muhim rol o‘ynagan degan qarashlar ham bildirilmoqda.

Qirg‘iz tili leksikasi mo‘g‘ul elementlari bilan birga arab va eron tillaridan so‘zlarning kam o‘zlashtirilganligi bilan farqlanadi.

Qirg‘iz nomi ilk bor geegun shaklida xitoycha “Xanshu”, “Xan sulolasi tarixi” (milodiy I asr) yilnomasida mil. avv. 203 yilgi voqyealar bayonida tilga olinadi. Qirg‘izlarning eng qadimgi ajdodlari gun, shak, usun va dinlin qabilalari ittifoqiga borib taqaladi.

Qirg‘izlarning kelib chiqishi haqida turli qarashlar mavjud. Xususan, ularning yenisey qirg‘izlari deb atalmish xalqdan tarqalgani masala munozarali. Qirg‘izlarning ilk etnik tarixi, qadimgi qabila ittifoqlari (xunnlar, dinlinlar, saklar va usunlar) bilan bog‘liq. VI –X asrlarda Sayan-Oltoyda, Tyanshan etaklarida yashovchi turkiy qabilalar qirg‘izlar yerlariga ko‘chib o‘tib, qo‘shilib, qirg‘iz davlatini tuzadi. Turk hoqonligi va ko‘chmanchi davlat uyushmalari davrida (VI –X asrlar), keyinchalik qirg‘izlar tarkibiga kirgan qabilalar Sayan-Oltoy, Irtish bo‘yi, Sharqiy Tyanshanning turkiy aholisi orasida shakllanganlar. Hozirgi hududga IX – X asrlarda ko‘chib kelgan eroniy tilli, kichik turklashgan mahalliy elatlar – qarluqlar va o‘g‘uzlar bilan aralashib ketgan. XIII asrgacha Tyanshan aholisi irqiy jihatdan yevropeoid hisoblangan. Qirg‘izlarning bir qismi IX – XII asrlarda, katta qismi esa o‘rta asrlar davomida g‘arbga ko‘chib, Issiqko‘l atroflari, yettisuv havzasi, Tyanshan yon bag‘irlari, Farg‘ona vodiysining tog‘oldi hududlari va Dashti Qipchoq o‘lkalariga borib joylashgan.

Qirg‘izlarning asosiy qismi Tyanshan va Issiqko‘l oralig‘ini makon tutib, bu yerdagi bir necha turkiy qabilalar bilan birgalikda hozirgi qirg‘iz xalqini tashkil qilgan. Qirg‘iz xalqi tarkibiga shuningdek yettisuv va Movarounnahrning turkiy qabilalari, jumladan qarluqlar va uyg‘urlar, keyinchalik mo‘g‘ul qabilalari qo‘shilgan. Bu davrda qirg‘izlarning tipi bo‘yicha mo‘g‘uliylashishi va tili bo‘yicha turkiylashish jarayoni nihoyasiga yetgan. XV – XVII asrlarda esa, kelib chiqishi qozoq no‘g‘oylar bilan bog‘liq qabilalar kirib kelgan. Qozoqlarning bir qismi boshqa turkiy xalqlarning etnogeneziga kirgan. XVI – XVII asrlarda qirg‘izlarga qozoq-no‘g‘oy qabilalari qo‘shilgach, Tyanshanqirg‘izlari asosan shakllandi.

Keyingi ikki asr davomida Jung‘or xalqlari qirg‘izlarni talab keldi. Ular XIX asr birinchi yarmigacha Qo‘qon xonligiga tobe' bo‘lishgan. XIX asrning 60 – 70 yillarga kelib qirg‘iz yerlarining aksariyat qismini Rossiya bosib oladi. Etnogenez masalasi. Qirg‘izlarning etnogenezi masalasi murakkabligi - tarixiy manbalarda “qirg‘iz” nomi bilan 2 ta etnik jamoaning: janubiy Sibirda – yeniseyda va O‘rta Osiyoning sharqiy qismida – Tyanshan va Pomir-Oloy tog‘laridagi jamoalarning ta'riflanganligidadir, ya'ni qirg‘iz xalqining shakllanishi ikkita hududda kechgan. Qirg‘izlarning urug‘ – aymog‘i asosan uch yirik guruhga bo‘linadi: o‘tiz ugul (o‘ttiz o‘g‘il) ning o‘ng va so‘ng qanotlari, ichkilik.

O‘ng qanot uch avloddan iborat: tog‘ay, adigine va mungush. Eng yirigi tog‘ay avlodi bo‘lib, uning tarkibiga sari, bag‘ish, bug‘u, solta, tinimseyit, sayoq, chekir, cheriq, jedigir, aziq, bag‘ish, munguldor, suu, murun, baarin urug‘lari kiradi.

So‘l qanot qo‘shchi (qutchu), saruu, munduz, jetigem, kitay, basiz, tubey, cho‘ng bag‘ish urug‘laridan tashkil topgan.

Ichkilik guruhiga qipchoq, qayman, teyit, keseko, jos kesek, qanrdi, bo‘ston, moygut, avagat (avat), to‘ylus (do‘ylus) urug‘lari birlashgan.

Tog‘ay guruhi Tyanshanning asosiy qismida, adigine bilan mungush guruhlari janubiy Qirg‘iziston yerlarida joylashgan. Tog‘ay guruhining eng yirik qabilasi – bug‘u Issiqko‘lning shimoliy sohilida, sharqiy qirg‘oqlari, butun janubiy chegaralaridagi yerlarda yashagan. Chu daryosining janubiy qirg‘oqlari bo‘ylab, Qirg‘iz tog‘ tizmasi daralarida solto qabilasining yerlari bo‘lgan.

Norin daryosining o‘rta oqimi, Dungal va Susamir vodiylari chekir, sayoq qabilasi aholisiga qarashli yerlar hisoblangan. Farg‘ona past tekisligining sharqiy qismi, Oltoy vodiysi va sharqiy Pomir, shuningdek Farg‘ona hamda Oltoy tog‘ tizmalari etaklarida adigine bilan mungush, hamda ichkilik qabilalari yashagan.

K. Petrovning ta'biriga ko‘ra, mo‘g‘ul tilli xalqlar orasida oyrat-mo‘g‘ul, bargut, baarin, kereyit, markit, dug‘lat, barlos, jaloyir va boshqalar qirg‘iz xalqining shakllanishida muhim rol o‘ynaganlar.

Petrov qirg‘izlarning shakllanishida mo‘g‘ullarning muhim o‘rni bor, lekin qirg‘iz xalqining birlashishi turkiy tilli qabila va xalqlar orasida sodir bo‘ldi, deb hisoblaydi. Muallif tomonidan qirg‘iz xalqining etnik qiyofasi, qirg‘izlar tarkibiga kirgan turkiy xalqlarning urug‘-qabilaviy guruhlari aniqlandi. Qirg‘izlarga mo‘g‘ullar bosqiniga qadar Tyanshanni egallagan yenisey-Irtish daryo oralig‘i qabila va xalqlari - qipchoqlar, tokuz-o‘g‘uzlar, qarluq qabilalari, og‘uz-uyg‘ur qabilalari eng ko‘p ta'sir ko‘rsatgan.

Muallifning fikricha, Tyanshan qirg‘izlari xalq sifatida 3 ta katta massiv asosida shakllangan.

Tyanshanning mahalliy aholisi mo‘g‘ul bosqiniga qadar mil. avv. 1 – ming yillikda Oltoy–Xangay qabilalarining Tyanshanga siljishida shakllangan. Ilk bor ko‘chmanchilar milod arafasida Tyanshanda mahalliy aholini o‘ziga singdirib va uni bo‘lib yubordilar. Tyanshanda Ashina boshchiligidagi turklar yetakchi rolni egalladilar. VII–XII asrlarda qarluq va o‘g‘uz-uyg‘ur qabilalari yetakchi rol o‘ynadilar. Tyanshanga ko‘chgan hamma qabilalar (ham mo‘g‘ul, ham turk) qarluq-uyg‘urlarning umumiy massiviga singib ketdilar. Lekin xalq sifatida shakllanishi jarayonida vaqti-vaqti bilan boshqa turli qabilalarning bostirib kirishi hisobiga uzilish bo‘ldi. Shunday qilib XIII asr boshida ko‘pgina o‘g‘uz-qarluq qabilalari mo‘g‘ullar tomonidan G‘arbiy Tyanshanga siqib chiqarildilar.

Mo‘g‘ullar qirg‘izlarning shakllanishida 2- qatlam hisoblanadi. Bu qirg‘izlarda bugungi kunda mo‘g‘ul tilli urug‘-qabilaviy nomlarning saqlanishi bilan tasdiqlanadi (mo‘g‘ul, baarin, kereit, markit va boshqalar).

yenisey-Irtish daryo oralig‘ida qimak (qimoq)-qirg‘iz qabilalari va ularga yaqin qarindosh bo‘lgan sharqiy qipchoq qabilalar uchinchi asosiy guruh hisoblanadi. Mazkur guruhning harakati XIII asrda mo‘g‘ullar bosqiniga qadar mavjud mahalliy aholining qoldiqlari va kelgindi mo‘g‘ullarning siqib chiqarilishi yoki singib ketishiga sabab bo‘ldi. Aynan qimoq-qipchoq qabilalari so‘nggi ikki massiv asosida xalq sifatida Tyanshan qirg‘izlarining qiyofasini belgilab berdi.

K. Petrovning xabar berishicha, qirg‘iz xalqining etnik qiyofasini qimoq-qirg‘iz qabilalari belgilab bergan, qaysiki, ularni yenisey qirg‘izlarining chekka qabilalari deb shartli ravishda atash mumkin.

Chingizxon tomonidan ushbu yerlarni bosib olinishi va uning o‘g‘illariga bo‘lib berilishi, uluslarning tashkil topishi natijasida Irtish-yenisey daryo oralig‘ining sharqiy qismidagi qipchoq-qirg‘iz qabilalari alohida mavqyega ega bo‘ladilar. Ular “davlat qabilalari” mavqyeida bo‘lib, hyech kim ularga egalikka davo qilaolmas edilar. Bu qabilalarning Ob daryosining yuqorisidan Tyanshanga qarab siljishi O‘rda davridayoq boshlangan edi. Qirg‘iz qabilalari buyuk xonga bo‘ysunar, uning o‘g‘illari esa qirg‘iz qabilalarining yo‘lboshchilari bilan yaqin aloqada edilar. Bir muddat o‘tgach, Chingizxonning nevarasi Xaydu sharqiy Tyanshandan yeniseygacha bo‘lgan barcha turk-mo‘g‘ul qabillarini hamda tarkibida qirg‘iz qabilasi kam bo‘lganlarni ham qo‘shib o‘zining boshqaruvi ostida birlashtiradi.

1340 yili yangi davlat – Mo‘g‘uliston paydo bo‘ladi, qaysiki uning etnik tarkibi Tyanshanning mo‘g‘ul bosqiniga qadar mahalliy aholi qoldiqlari, mo‘g‘ul va qipchoq-qirg‘iz qabilalaridan iborat edi.

Qirg‘izlarning G‘arbiy Tyanshangacha tarqalishi dastlab boshqa mo‘g‘ul-turk aholisi bilan birgalikda kichik guruhlarning ham ko‘chishi orqali ro‘y berdi. Bu jarayon Amir Temurning siyosiy maydonga kelishi bilan yanada kuchaydi.

XV asrning 2 –yarmida Axmadxon boshchiligida Qirg‘iz xonligi tashkil topdi. Uning tarkibiga Tyanshanda qolgan mo‘g‘ul-turk qabilalari ham kirdi.

Mazkur davlat uzoq faoliyat ko‘rsatmasa-da, muhim oqibatlar: qipchoq-qirg‘iz qabilalarining birlashuviga va ularga mo‘g‘ul-turk qabilalarining qo‘shilishiga, ya'ni tarkibi unchalik o‘zgarmagan qirg‘iz xalqining birlashishiga sabab bo‘ldi. Shu tariqa Tyanshan bo‘ylab qipchoq-qirg‘iz qabilalarining tarqalishi jarayonida qirg‘iz xalqining shakllanishi sodir berdi.

Irtish-yenisey daryo oralig‘ida juda ko‘p turli xil: qirg‘iz, alachin, kuban, qipchoq hamda turkiy va mo‘g‘ul tilli qabilalar yashar edilar. Bularning birortasi ham xalq sifatida shakllanmagan edi. Ularni “Lesnыe narodы” (“O‘rmon xalqlari”) deb atashar edi.

Diqqatga sazovor jihati, ba'zi bir qabilalar XIII asrda Tyanshanda boshqa qirg‘iz qabilalari bilan birga o‘z nomlarini saqlab qolganlar. Bulgacha va keremuchi – Ichkilik guruhining yadrosini tashkil etadi.

Ayni shu paytda daryo oralig‘ida qipchoq va oyrat qabilalari qirg‘izlar bilan aralashgan holda yashar edilar. Shu tariqa qabilalar aralashib ketganlar.

Oltoy–Xangay tog‘ oldi ag‘olisi uyg‘ur va tokuz-o‘g‘uz qabilalari qirg‘iz xalqi tarixida muhim rol o‘ynaganlar.

“Hudud – ul – Olam” asarida XI asrning qimoqlarning yashash joyi to‘g‘risida ma'lumotlar bor, aynan undan sharqda qirg‘iz qabilalaridan biri, janubda Irtish daryosi, g‘arbda qipchoqlarning ba'zi qismi, shimolda inson yashamaydigan hududlar borligi yozilgan. Bunga ko‘ra, Qipchoq hududi qimoqlar o‘lkasi, uning aholisi esa qirg‘izlarga o‘xshaydi.

Gardizi qimoqlarning asosiy qabilalari: imi, imek, tatar, boyandar, qipchoq va boshqalar ekaligini aytadi. Qimoqlar xalq sifatida shakllanmagan. Ular orasida VII asrda tilga olingan qipchoqlar ajralib turadilar.

Qimoq nomi X asr oxiri XI asr boshigacha mavjud edi. Undan so‘ng XI asrda qipchoqlar asosiy rol o‘ynay boshlaydilar.

K. Petrov qirg‘iz eposi nomi “Manas” va undagi milliy qahramon nomi Manasni qirg‘iz qabilalari yuqori Ob havzasidan olib kelgan. “Manas” eposi faqat o‘ng va so‘l qanot qabilalarda keng tarqalgan. Bu faqat Obning yuqoridagi qimoq va qimoq-qirg‘iz qabilalari qirg‘iz xalqining o‘ng va so‘l qanot qabilalarining avlodi ekanligi to‘g‘risida fikr qilishga asos bo‘ladi. Ichkilik guruhi esa yenisey qirg‘izlari tarkibining asosini tashkil etadi.

K. Petrov Obning yuqorisida Oltoy va yenisey qabilalari va madaniyati aralashuvi jarayoni juda keng hududda sodir bo‘lgan, deb hisoblaydi. Etnogenezda qimoq va yenisey bo‘yi qirg‘izlari bevosita ishtirok etgan. Bular “chekka” qirg‘izlari, ularning o‘ziga xosligi keyinchalik aynan qirg‘iz nomining paydo bo‘lishiga asos bo‘lgan.

XII asrda yenisey –Ob daryo oralig‘ida oyrat-mo‘g‘ul, ularni shimoliy qirg‘iz – qirgu, “chekka” qirg‘izlar – burutlar yashar edilar.

K. Petrov yenisey – Ob daryolari oralig‘i Tyanshan qirg‘izlari avlodlari ilk etnogenezi hududi deb hisoblaydi. Qirg‘iz etnogenezida qimoq va yenisey qirg‘izlari tarkibidagi qabilalar qatnashgan.

K. Petrov “Qirg‘iz” atamasi etimologiyasi qadimgi turk sifat so‘zi “qirig” – “qizil”dan kelib chiqqan deb hisoblaydi. Qirg‘iz shu so‘zning ko‘plikdagi ma'nosi. Atama xalq yashagan hudud nomi bilan bog‘liq, xalqning nomi esa shundan olingan.

yenisey bo‘yi Qirgun mamlakati (“Qizil mamlakat”) er. av. 1 – ming yillikdayoq mavjud edi. O‘sha paytda Qirgut atamasi paydo bo‘lgan, keyinchalik esa qirg‘iz atamasiga o‘zgargan.

yenisey –Ob daryolari oralig‘idagi mahalliy aholi va kelgindi qabilalarning etnik birlashuvi 1- ming yillikning o‘rtalarida shakllandi.

Bu davrda qirg‘izlarda patriarxal-urug‘chilik tuzumining yemirilishi ro‘y bergan. Qirg‘izlarning hududiy-davlat birlashuvining paydo bo‘lishi VI – VII asrlarda qabilalararo jamoalari shakllanishining ma'lum bir darajasini aks ettirar edi. Uyg‘urlar 748 yilda qirg‘izlar ustidan hukmronligini o‘rnatdilar. Rasprey jarayonida qirg‘izlar qisqa muddat o‘zlarini davlatlari birlashmasini e'lon qildilar, shu bilan birga yagona xalq sifatida namoyon bo‘la olmadilar. O‘sha paytda qirg‘izlar birlashmasiga furii (xori, kori), qosim va boshqa qabilalar kirar edilar. Qabilalar bir-biridan juda farq qilar edilar.

Xitoy manbalariga ko‘ra X asrga kelib qimoq-qirg‘iz qabilalari so‘nggi birlashuvi ro‘y berdi. XI–XII asrlarda qimoq-qirg‘iz qabilalari naymanlar tomonidan siqib chiqariladilar.

Qirg‘izlarning asosiy qismini bukara, charbalar tashkil qilgan (nisbatan ozgina mol – holga ega bo‘lgan kishilarni ana shunday deb atashgan). Aholiga biylar bilan manaplar boshchilik qilgan.

Manaplik juda qadimdan mavjud bo‘lgan. Sari bag‘ish qabilasidan bo‘lgan hamma kishilarni ilgari manap deyishgan (Manap ismli qabila boshlig‘i nomidan kelib chiqqan). Manaplar uch xil bo‘lgan og‘a yoki cho‘ng manap, o‘rta manap hamda chala manapga bo‘linadi.

Mol – holidan ayrilgan kambag‘allar biylar, manaplar xo‘jaligida malay, cho‘pon – qo‘ychi, jilqichi, jalchi (kunbay ishlovchi mardikor) sifatida ishlab, kun kechirishga majbur bo‘lgan. Shuni aytish kerakki, 92 o‘zbek urug‘iga oid shajaralarning barchasida qirg‘iz etnonimi qayd qilingan.

Keyingi ikki asr davomida Jung‘or xalqlari qirg‘izlarni talab keldi. Ular XIX asr birinchi yarmigacha Qo‘qon xonligiga tobe' bo‘lishgan. XIX asrning 60 – 70 yillarga kelib qirg‘iz yerlarining aksariyat qismini Rossiya bosib oladi. Qirg‘izlarning urug‘ – aymog‘i asosan uch yirik guruhga bo‘linadi: o‘tiz ugul (o‘ttiz o‘g‘il) ning o‘ng va so‘ng qanotlari, ichkilik.

O‘ng qanot uch avloddan iborat: tog‘ay, adigine va mungush. Eng yirigi tog‘ay avlodi bo‘lib, uning tarkibiga sari, bag‘ish, bug‘u, solta, tinimseyit, sayoq, chekir, cheriq, jedigir, aziq, bag‘ish, munguldor,suu, murun, baarin urug‘lari kiradi.

So‘l qanot qo‘shchi (qutchu), saruu, munduz, jetigem, kitay, basiz, tubey, cho‘ng bag‘ish urug‘laridan tashkil topgan.

Ichkilik guruhiga qipchoq, qayman, teyit, keseko, jos kesek, qanrdi, bo‘ston, moygut, avagat (avat), to‘ylus (do‘ylus) urug‘lari birlashgan.



Tog‘ay guruhi Tyanshanning asosiy qismida, adigine bilan mungush guruhlari janubiy Qirg‘iziston yerlarida joylashgan. Tog‘ay guruhining eng yirik qabilasi – bug‘u Issiqko‘lning shimoliy sohilida, sharqiy, qirg‘oqlari, butun janubiy chegaralaridagi yerlarda yashagan. Chuy daryosining janubiy qirg‘oqlari bo‘ylab, Qirg‘iz tog‘ tizmasi daralarida solto qabilasining yerlari bo‘lgan.

Norin daryosining o‘rta oqimi, Dungal va Susamir vodiylari chekir, sayoq qabilasi aholisiga qarashli yerlar hisoblangan. Farg‘ona past tekisligining sharqiy qismi, Oltoy vodiysi va sharqiy Pomir, shuningdek Farg‘ona hamda Oltoy tog‘ tizmalari etaklarida adigine bilan mungush, hamda ichkilik qabilalari yashagan.
Download 103.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling