Ma’ruza III qоrаqаlpоq, qоzоq, tоjik, turkmаn, qirg‘iz хаlqlari etnologiyasi Reja
Qozoq xalqining etnogenezi va etnik tarixi
Download 103.76 Kb.
|
3-mavzu
Qozoq xalqining etnogenezi va etnik tarixi.
1-savolning bayoni: Qozog‘iston (Qazaqstan), Qozog‘iston Respublikasi (Qazaqstan Respublikasi) – yevrosiyo materigining markaziy qismida joylashgan davlat. G‘arbda Kaspiy dengizi bilan tutashgan. Maydoni 2724,9 ming km2. Aholisi 15 mln. kishi (2005). Poytaxti - Ostona shahri. Ma'muriy jihatdan 14 viloyat, viloyatlar audan (tuman)larga bo‘linadi. Qozog‘istonda 131 millat va elat istiqomat qiladi. Asosiy aholisi qozoqlar (55,7%). Qozoqlar - Qozog‘izston Respublikasining asosiy aholisi (6,54 ming kishidan ziyod) hisoblanadi. Shuningdek,, bu xalq asosan, O‘zbekistonda (808 ming kishi), Turkmaniston (87 ming kishi), Qirg‘iziston (37 ming kishi), Tojikiston va RF (635,9 ming kishi), XXR (1 mln. 115 ming kishi (1990 yillar o‘rtalari), Mongoliya (125 ming kishi) va boshqa mamlakatlarda yashaydi. Umumiy soni 9,42 mln. kishi. Rasmiy til - qozoq tili. Dini islom dini bo‘lib, asosiy aholi sunniy musulmon hisoblanadi. Shuningdek,, Qozog‘istonda rus, ukrain, nemis, o‘zbek, tatar, uyg‘ur va boshqa xalqlar yashaydi. Yirik shaharlari: Olmaota, Ostona, Qarag‘anda, Chimkent, Pavlodar, Semipalatinsk. Qadim zamonlardan buyon Markaziy Osiyoda o‘zbeklar, qirg‘izlar, turkmanlar, tojiklar va boshqa xalqlarning ajdodlari bilan yonma – yon istiqomat qilib kelayotgan mintaqadagi yirik tub xalqlardan biri qozoqlar hisoblanadi. 1920 yil o‘rtalarigacha, ularni noto‘g‘ri, qirg‘iz – qaysaq yoki qirg‘iz deb atab kelishgan. Arxeologlarning topilmalariga qarab hukm chiqariladigan bo‘lsa, Qozog‘iston hududida qadimgi odamlarning paydo bo‘lishi erta paleolitning birinchi yarmiga to‘g‘ri keladi. Chamasi bu vaqtda birinchi muzlik davrniing muzlari erib, chekina boshlagan, ko‘plab tog‘ darachalari oqimlari pastga otilarkan, tosh va shag‘allarni ham o‘z sohillariga surib chiqarishgan. Ana shu o‘zanlar yoqalab ibtidoiy odamlarning kichik guruhlari istiqomat qilishgan va yovvoyi hayvonlarni ovlab, o‘simlik mevalari yig‘ib tirikchilik qilishgan. O‘rta paleolit – ulkan davr oralig‘i (100–40 ming yil ilgari) bo‘lib, asosan muste davridan iboratdir. Bu davrda qadimgi odam taraqqiyotining yuqoriroq; pog‘onasiga ko‘tarilgani natijasida tosh qurollarni yasash texnologiyalariga va yashash tarzida jiddiy o‘rgarishlar sodir bo‘ldi. Arxantroplar, paleoantroplar (yoki neandertallar) bilan almashindi. Hozirgi vaqtda dunyoning turli qismlarida paleontroplarning suyaklari antropologik xulosalar yasash uchun yetarli miqdorda topilgan. Paleoantrop uning avvalgi ajdodlari kabi do‘ng peshona, ulkan yoysimon qoshli, bosh suyagi gumbazi mo‘jaz, bahaybat jag‘lar va yirik tishlarga ega, engagi uncha rivojlanmagan edi. U aytarli baland emas (150–160 sm.) va kuchli qaddi-qomatga ega edi. Neandertallik miyasining rivoji hozirgi odamzotga yaqin – uning hajmi 1200–1600 sm ga yetgandi. Ammo miyasining ichki tizimi ko‘p jihatdan jo‘n, peshonasining uncha rivoj topmagani ham buni tasdiqlardi. Markaziy Osiyoda A. P. Okladnikov tomonidan O‘zbekistonniig janubidagi Teshiktosh g‘oridan topilgan neandertal bolaning qabri ma'lum va mashhurdir. Miloddan avvalgi I – ming yilliklarda hozirgi Qozog‘iston hududida joylashgan shaklar, usunlar, alanlar, qangyuy qabila ittifoqi va boshqalar qozoqlar etnogenezida dastlabki qatlam bo‘lgan. Olimlar fikricha, miloddan avvalgi VIII – IV asrlarda bu hududda qadimgi shak qabilalari ko‘chib yurgan. Ular massaget, sarmat, alan, apasiak, augasi, dax, xunn qabilalari ta'sirida o‘z etnik tarkibini ancha boyitgan. Qozoqlarning etnogenezi turli ko‘chmanchi qabilalarning uzoq muddat davomida aralashuvi sharoitida kechgan. Qozoqlarning qadimgi ajdodlariga saklar, usunlar va boshqalar kirgan. Milodning boshlarida Orol dengizidan g‘arbda qozoqlar etnogeneziga ta'sir ko‘rsatgan alanlar yashagan. Qozoq xalqi etnogenezida Turk xoqonligi muhim rol o‘ynagan. VI – VII asrlarda mazkur hududda bu xoqonlikka kirgan turgash, qarluq - chig‘il, yag‘mo va boshqa qabilalar bilan ko‘p davrlar davomida yonma – yon yashash natijasida qozoqlarning turkiylashishi hamda mahalliy qabilalarning kelgindilar bilan aralashishi jarayoni sodir bo‘lgan. VI – VII asrlarda Qozog‘istonning janubi-sharqida yashagan qabilalar G‘arbiy Turk xoqonligi tarkibida bo‘lgan. Bu davrda sharqdan turgashlar, telelar, qarluqlar va boshqalar kelib joylashgan. IX – X asrlarda hozirgi Qozog‘iston yerlarida qarluq, o‘g‘uz, pecheneg, qipchoq, kimak va boshqa qabilalar joylashadi va XI – XII asrlarda bu hududda yashaydigan barcha qabilalarning birikishiga ancha turtki bo‘lgan. XII asrda Qozog‘iston hududiga qora xitoylar (kidanlar) bostirib kirgan, ular mahalliy turkiy aholi bilan aralashib ketgan. XI – XV asrlarda Irtishdan Dunaygacha bo‘lgan Buyuk yevroosiyo tekisligi, Qrimdan to Volga bo‘yidagi Buyuk Bulg‘oriyagacha arab va fors manbalarida “Polovetslar (Qipchoqlar) dalasi” deb ataladigan qipchoq-polovetslar ko‘chib yurishar edi. XVI – XVIII asrlarda turk superetnosi bir necha mustaqil etnoslarga bo‘linib ketgandan so‘ng, qudratli turkiy qipchoq qabilasining katta qismi qozoq xalqi tarkibiga kirdi va “Qipchoq cho‘li” yoki “Cho‘l” deb hozirgi Qozog‘iston hududi aytila boshlandi. “Cho‘l-Qozog‘iston” tushunchasi va o‘zining ichki mazmun-mohiyatiga ko‘ra “erkin” ma'nosini beruvchi “qozoq” etnonimi – “qozoq xalqi milliy g‘oyasi”ning asosini tashkil etdi. XV asr oxiri – XVI asr boshlarida Qozoq xonligi paydo bo‘ladi va qozoq xalqi shakllanishi nihoyasiga yetadi. XVI asr boshida g‘arbga qaytib kelgan qozoq qabilalari Qozoq xonligiga birlashgan (Shayboniyxon boshchiligidagi ayrim Dashti Qipchoq urug‘lari Movarounnahrga joylashgan). Shu bilan qozoq elatining shakllanish jarayoni yakunlangan. XV – XVI asrlarda qozoq xalqining tashkil topishi va rus markazlashgan davlatining mustahkamlanishi natijasida bevosita qozoq-rus aloqalari paydo bo‘la boshlaydi. Rus hukumati o‘sha davrdayoq qozoq xalqi bilan qiziqar, u haqda turli ma'lumotlar to‘plar edi, qaysiki ular Moskva buyruqlarida aks etar va podsho devonxonasida saqlanar edi. Misol uchun, shoh arxivining 1574–1584 yillardagi ro‘yxatida “Qosim podsho davridagi kazak (qozoqlar)lar kitobi va ro‘yxati 38- yaщikda saqlanganligi ko‘rsatilgan. XVIII asrda qozoq juzlarining ikkitasi (Kichik va O‘rta)ning Rossiyaga qo‘shilishi natijasida nafaqat ilmiy ma'lumotlar to‘planishi, balki ularni tadqiq qilish orqali qozoq etnografiyasini tizimli o‘rganish boshlandi. XX asrning birinchi choragiga qadar qozoqlarga bag‘ishlangan ilmiy ishlarda odatda istoriografik sharh berilmagan. Ko‘pgina ilmiy ishlarga bayoniy tavsif va kompilyativlik xarakterda ega ekanligi noto‘g‘ri fikrlarni tanqid qilmaslikka olib keldi. V. G. Belinskiy, A. Gersen, N. A. Dobrolyubov, N. G. Chernishevskiylarning ilmiy ishlari rus istoriografiyasining rivojlanishi va ilmiy tanqid darajasini ko‘tarilishiga turtki bo‘ldi. XIX asr o‘rtalarida qozoq ma'rifatparvari Ch. Valixonov qozoqlarga bag‘ishlangan qariyb barcha rus adabiyotlarini tanqid qiladi. Biroq, uning tanqidi xolis, haqqoniy va aniq bir maqsadga qaratilganlik (sobitqadam) ruhida bo‘lsa-da, epizodik xarakterda edi. Uning o‘zi maxsus tarixiy ish yozmagan. Ch. Valixonovning qimmatli tanqidiy mulohazalari bitta kitobda mujassamlashmasdan tarqoq holda uning bir necha ishlarida aks etgan, aksariyati so‘nggi davrlargacha e'lon qilinmagan edi. XX asr boshida ham qozoqlar haqidagi adabiyotlarni istoriografik tahlil qilishga urinishlar bo‘lgan. Lekin qozoq xalqini ilmiy o‘rganish tarixini Rossiya imperiyasi davri mualliflari qozoq cho‘lini Rossiyaga qo‘shib olish va podsho qo‘shinlarini O‘rta Osiyoga kirib borishi bilan uzviy bog‘laydilar. Aksariyat holda yuqoridagi fikrning ikkinchi qismiga ko‘proq e'tibor qaratilar edi. V. V. Bartold ham ana shu yondashuvda qozoqlarni o‘rganish borasidagi rus fani yutuqlarini ko‘rsatishni istagan edi. V. V. Bartold o‘z ishlarida Qozoq cho‘liga podshoning harbiy, siyosiy, iqtisodiy kirib borishi tarixini yozishga qaratib, qozoqlar haqidagi adabiyotlarning batafsil ro‘yxatini va ilmiy bahosini bermagan. Sovet hokimiyatining dastlabki yillarida ba'zi olimlar XX asrning 20- yillari voqyealarigacha bo‘lgan qozoqlar haqidagi adabiyotlarni munosib baholashga uringan bo‘lsalar-da, bu vazifani uddalay olmadilar. Shular jumlasiga 1920 yil matbuotida qayd etilgan, aytarli darajada muvaffaqiyatli bo‘lmasa-da, birinchilardan bo‘lib urinib ko‘rgan A. P. Chuloshnikovning 1924 yilda chop etilgan “Ocherki po istorii kazax-kirgizskogo naroda v svyazi s obщimi istoricheskimi sudbami drugix tyurkskix narodov” (“Qozoq-qirg‘iz xalqining boshqa turkiy xalqlar umumiy tarixi taqdiri bilan aloqalari tarixiy ocherki”) asarini aytish mumkin. Uning muvaffaqiyatsizligi o‘sha paytda fanda qaror topayotgan Oktyabr voqyealarigacha bo‘lgan adabiyotlarni inkor qilish bilan bog‘liq edi. 1933 yil Sh. Aldjanov Qozog‘istonning XX asr boshlarigacha bo‘lgan davri bilan ko‘pgina olimlar qiziqqanlar va bu boy o‘lkani o‘rganishgan. Ammo ular bir yoqlama, xususan taniqli olimlardan tortib har xil missionerlargacha o‘z sinfining ijtimoiy buyurtmasini bajarish va o‘lkani mustabid qilish yo‘llari va usullarini izlash maqsadida o‘rganganlar. Xalqning zaif tomonlarini bilib olib, irqiy shovinistik nazariyalarini asoslashga, qozoq millatining kelajagini inkor etishga qaratilgan ilmiy xulosalar qilishga uringanlar. Biz hyech qachon mustamlakachilarning ilmiy tadqiqotlari ma'lumotlariga tayana olmaymiz. Bu shubhasiz, – deb yozadi. M. N. Tixomirov ham 1956 yilda “Voprosы istorii” jurnalining 1 sonida e'lon qilgan maqolasida qozoq xalqi tarixi fanda tadqiq qilinmagan muammolardan biridir”-deb yozadi. XX asr o‘rtalarida mazkur masalani o‘rganishga bo‘lgan urinishlar ancha jonlandi. 1956 yili Qozog‘iston FA Ijtimoiy fanlar bo‘limining umumiy majlisi qozoq xalqi etnografiyasini o‘rganish holati va vazifalariga katta e'tibor qaratdi. Majlisda Qozog‘istonni etnografik tadqiq qilishdagi kamchiliklar va muammolarni chuqur va haqqoniy ochib berish, ularni bartaraf etish yo‘llari va shakllarini belgilab olishga qaratilgan Qozog‘iston Fanlar akademiyasi Tarix, arxeologiya va etnografiya instituti direktori A. N. Nusupbekovning “Qozog‘iston xalqlari etnografiyasini o‘rganish holati va vazifalari to‘g‘risida”, V. V. Vostrovning “O‘rta Osiyo va Qozog‘iston xalqlarining tarixiy etnografik atlasini tuzish ishlari haqida” va I. Zaxarovning 1955–56 yillardagi etnografik ekspeditsiya natijalari to‘g‘risida” kabi dokladlari eshitildi. Ma'ruzachilar sovet davri yetakchi olimlari I. M. Georgi, I. K. Kirilov, V. V. Bartold, A. P. Chuloshnikov, N. A. Aristov, B. V. Levshin, L. Meyerlarning boy merosi esdan chiqarib qo‘yilayotganligini e'tirof etdilar. Shu bilan birga Ch. Valixonov, I. Oltinsarin va A. Ko‘nonboev kabi qozoq ma'rifatparvarlarining etnografik tadqiqotlarini sust o‘rganilganligi ko‘rsatib o‘tildi. Qozoq xalqi etnik tarixining yana bir muhim jihatlaridan biri juzlarning kelib chiqishi sabablari va davri masalasidir, qaysiki Qozog‘istonning IX – XVIII asrlar tarixiga oid manbalarning birortasida ham juzlar to‘g‘risida ma'lumotlar berilmagan. Rus etnografiyasi qozoqlar o‘zining madaniyati va tarixi, etnik hududi va tiliga ega alohida (mustaqil) xalq ekanligini isbotladi. 1925 yilga qadar “Qozog‘iston” atamasi Rossiya va rus manbalarida qozoqlarni – “kazak va kazaklar o‘rdasi” (davlati), keyinchalik “qirg‘izlar”, “qirg‘iz-qaysoq” va “kazak-qirg‘izlar”, ularning etnik hududini “Qirg‘iz cho‘li” deb ataganlar. Afsuski, XVI asrda rus manbalarida aks etgan qozoq xalqi etnografiyasiga doir ma'lumotlar bizgacha yetib kelmagan. XVI asr oxiri XVII asr boshida Moskvada yashagan qozoq xalqiga mansub Qodirg‘ali Xoshim Jaloyir o‘zining “Jome-at-tavorix” nomli qo‘lyozmasida Rossiyada qozoq xalqining tarixiy-etnografik o‘rganilishiga ayrim xulosalar qiladi. Mazkur qo‘lyozma I. Berezinning ta'kidlashicha, Boris Godunovning iltimosiga binoan qozoq-chig‘atoy tilida yozilgan qiziqarli tarixiy-etnografik asar hisoblanadi. Mazkur qo‘lyozmani 1854 yilda I. Berezin ”Sbornik letopisey” nomi bilan “Biblioteka vostochnыx istorikov” to‘plamining 2- tomida e'lon qiladi. “Sbornik letopisey” – qozoq xalqi tarixi va etnografiyasi uchun, eng avvalo qozoq xalqi shakllanishining tugallanishi davriga oid ko‘pgina voqyealarni yoritishda muhim ahamiyatli hisoblanadi. Qodirg‘ali Xoshim Jaloyirning qo‘lyozmasini o‘rganish bo‘yicha Ch. Valixonovning ishi anchagina taniqli hisoblanadi. Ch. Valixonov undan qozoqlarga daxldor bo‘lgan ayrim joylarini tarjima qilib, etnografik atamalar lug‘ati va izohi bilan boyitgan, tekst mazmunini tahlil qilgan va ma'lumotlarni o‘z maqola va taqrizlarida ishlatgan. U mazkur qo‘lyozmani qozoqlarning XIV – XVI asrlarga oid tarixiy etnografiyasi uchun ajoyib manba deb hisoblaydi. Yuqorida aytganimizdek, juzlar to‘g‘risida IX – XVIII asr manbalarida umuman ma'lumot uchramaydi. Hatto XIII – XIV va XV – XVI asr yetuk tarixchilari Rashidi-id-din va Fayzulloh ibn Ro‘zbehonlar ham juzlar haqida hyech narsa demaganlar. Qozoqlarning juzlarga bo‘linishi to‘g‘risidagi dastlabki haqqoniy va aniq ma'lumotlarni 1931 yilda Kichik o‘rdaga borgan tarjimon M. Tevkelev ma'lum qiladi. Uning yozishicha, “Qirg‘iz-qaysoq” o‘rdasi 3 qismdan, xususan: Uluyuz, Oretayuz, Kichiyuzdan iborat bo‘lgan. Aynan shu fikrni P. I. Richkov va V. Tatishevlar ham o‘z ishlarida ko‘rsatib o‘tganlar. I. Georgi esa “qirg‘izlarni” qachon va qaysi sabab bilan 3 ta o‘rdaga bo‘linganligi va nima uchun katta, o‘rta va kichik deyilganligini hyech kim bilmaydi,-deb yozadi. Uning jiddiy xatosi Katta o‘rdani burut (qirg‘izlar)lar bilan aralashtirib yuborganligida edi. Ch. Valixonov birinchilardan bo‘lib, qozoq xalqi aytishuv va afsonalariga asoslanib mazkur masalaga oydinlik kiritishga harakat qildi. U mo‘g‘ul ulusi namunasi bo‘yicha qozoq juzlarini XV – XVI asrlarda paydo bo‘lgan, deb hisoblaydi. U qozoqlarni burutlar (qirg‘izlar) bilan aralashtirib yuborgan Ritter va Georgilarni qattiq tanqid qiladi. Ularning fikrini inkor qilib “Katta, O‘rta va Kichik” – qirg‘iz-qaysoq o‘rdalari bitta – “qozoq” xalqi ekanligini yozadi. V. V. Velyaminov-Zernov XVI asrda Haqnazarxon o‘z davlatini 3 ta o‘rdaga bo‘lganligi haqida yozadi. V. V. Bartold juzlarning bo‘linishi sababini Qozog‘istonning ba'zi bir hududlarida chorvachilik uchun shart-sharoitlarning turlicha bo‘lganligida deb biladi. U shunday hududlardan birinchisi deb, Semireche (yettisuv) va Sirdaryoning o‘rta oqimi, Sarasu va Sirdaryoning quyi oqimini ikkinchi, Uralbo‘yi hududidan Aktyubinskkacha, ya'ni zamonaviy G‘arbiy Qozog‘iston hududini uchinchi hudud deb hisoblaydi. M. Vyatkin o‘zining 1941 yilda Olmaotada nashr qilingan “Ocherki po istorii KazSSR” kitobida V. V. Bartoldni qo‘llab-quvvatlab, ushbu hududlarni geografik jihatidan tashqari siyosiy va iqtisodiy o‘ziga xosligini ko‘rsatib o‘tadi. Qozoq tarixchisi X. Adilgireev o‘zining 1951 yili “Vestnik AN SSSR”ning 1 sonida e'lon qilgan “K istorii obrazovaniya kazaxskogo naroda” maqolasida Masu'di va V. V. Radlovlarning fikriga ko‘ra qozoq juzlarini XII asrdayoq paydo bo‘lganlar, deb hisoblaydi. “Istoriya Kazaxskoy SSR” kitobining mualliflari juzlarning paydo bo‘lishini XVI asr bilan belgilab, juzlarni “xo‘jalik va geografik jihatdan o‘ziga xos hudud sifatida qozoq xonligi va xalqi paydo bo‘lgunga qadar qozoq qabilaviy guruhi yashaydigan qabilaviy ittifoq hududi bo‘lganligini aytadilar. “Juz” so‘zi “qism”, yoki “bo‘lak”, “tomon” ma'nolarini anglatadi. Va nihoyat, tilshunos – professor S. Omanjo‘lov jamoaviy o‘zini himoya qilish, qabila ittifoqiga kiruvchi qabilalarning til umumiyligi, juzlarning o‘ziga xosligi paydo bo‘lgan ma'lum bir tabiiy-geografik sharoitda tug‘ilgan ehtiyoj juzlarning tashkil topishiga sabab bo‘lgan, deb biladi. Ch. Valixonov birinchilardan bo‘lib adabiy manbalarni tahlil qilish asosida XV – XVI asrlarda juzlarning vujudga kelishi davri va sabablarini tushuntirib beradi. “Juz” atamasi o‘zi “yuzlik”, “yuz qabilasi” emas, balki “qism”, “bo‘lak”, “shoxobcha” ma'nolarini bildiradi. “Juzlar”ning bu davrda yagona xalqning bir bo‘lagi, “qismi” sifatida faoliyat ko‘rsatishi siyosiy, iqtisodiy, til va madaniy umumiylikning ko‘p elementlari bilan bog‘liq edi, deydi. XIII asrda mo‘g‘ul bosqini arafasida qozoqlarning yagona xalq va davlat sifatida shakllanishi uchun qulay sharoit yetilgan edi. Ammo bunday bo‘lmadi. V. Vostrov o‘zining “Rodoplemennoy sostav i rasselanie kazaxov” kitobida mo‘g‘ul bosqini Qozog‘istonning janubida ko‘pgina shahar va o‘troq aholini vayron qilib o‘lkaning ishlab chiqarish kuchlariga putur yetkazdi, ko‘p sonli mahalliy qabilalarni aralashuvi va bir-biridan ajratishga, ularni etnik, iqtisodiy va madaniy aloqalarini yo‘qotishga olib olib keldi, deb ta'kidlaydi. XVIII asrning boshida qozoq xonligiga har tomondan ko‘p sonli dushmanlar va ular ichidan eng asosiysi – g‘arbiy mo‘g‘ullar – jung‘orlar bosqini boshlandi. Gap hamma qabilalarni siqib chiqarish haqida borar edi. 1726 yili hamma qabila vakillari tomonidan Abulxayr qozoq xonining bosh qo‘mondoni etib tantanali ravishda e'lon qilindi. 1729 yilda Anirkay ostonasidagi hal qiluvchi jangda Abulxayrning jung‘orlarni tor-mor qilishi natijasida dushmanlar tomonidan bosib olingan hududlarni ozod qilish boshlandi. Bunday qiyin g‘alabadan keyin juzlar birlashishi kerak edi, lekin afsus qozoqlar orasidagi o‘zaro janglar Abulxayrxonning oddiy bo‘lmagan va 1731 yil oktyabridan asta-sekin boshlangan Rossiyaga qo‘shib olinishi to‘g‘risida taqdirning belgilovchi qarori qabul qilingan sharoitda ham davom etaverdi. Katta juzning ko‘pgina urug‘lari u paydo bo‘lgandan ancha ilgari mavjud bo‘lib kam o‘rganilgan ko‘p asrlik va murakkab tarixga ega edilar. Katta juzlarning urug‘ qabilaviy tarkibi to‘g‘risida haqiqatga yaqin ma'lumotlar rus manbalarida uchraydi. M. Tevkelev qozoqlarning urug‘-qabilaviy tarkibini 1748 yilda tuzgan tavsifida shunday deydi: “Katta o‘rdada 10 ta urug‘, hammasi ouysyun asosiga ega: Botbay ouysyun, Cherm ouysyun, Djanes ouysyun, Sikam ouysyun, Adbansuvan ouysyun, Sarы ouysyun, Slы ouysyun, Chanechklы ouysyun, Kanlы ouysyun, Chalaer. Katta juz hozirgi sharqiy Qozog‘iston hududini egallagan, shimolda janubiy Altay, sharqda Jung‘oriya bilan chegaradosh bo‘lgan. O‘rta juz zamonaviy Qozog‘istonning markaziy qismida shakl-langan. U g‘arbda Orol dengizi – Irgiz yo‘nalishi bo‘yicha Kichik juz, To‘rg‘ay daryosi yo‘nalishi bilan Irtish daryosining sharqiy basseyni, Altay va Tarbagatay tizmalari bilan chegaradosh. Janubda Sirdaryo va Chuy daryolari, Balxash ko‘li vodiylari, shimolda Omsk va Tomsk guberniyalari bilan chegaradosh. O‘rta juz haqidagi to‘liq ma'lumotlarni “Sibirskie letopisi”da uchratishimiz mumkin. O‘rta juz hududida qipchoq, arg‘in, nayman, kerey va uaq qabilalari yashaganlar. Juzlarning janubida – Qoratau, Bognen, Shayan va Aris daryolari vodiylarida O‘rta juz qabilalari bilan ittifoqda qo‘ng‘irotlar yashar edilar. Lekin XIX asrda Valixon vafotidan keyin qo‘ng‘irotlar O‘rta juzdan ajraldilar. O‘rta juzlarning eng katta qabilasi qadimgi kerayitlarning avlodlari hisoblanmish – kereylar hisoblanadi. Kichik juzlar to‘g‘risida dastlabki ma'lumotlarni 1748 yilda tarjimon M. Tevkelev beradi. Bu juz kuchli alchin urug‘idan iborat, o‘z navbatida qorasiyak va bayulыga bo‘linadi. Kichik juz hozirgi g‘arbiy Qozog‘iston hududini egallagan. Sharqda O‘rta juz bilan, janubda Kaspiy dengizi, shimolda Ural tizmasi bilan chegaradosh. Qozog‘istonning hududi g‘arbda Volga daryosi quyi oqimidan sharqda Oltoygacha va shimolda G‘arbiy Sibir tekisligidan janubda Tyanshan tog‘larigacha cho‘zilgan. G‘arbda Kaspiybo‘yi pasttekisligi va Mang‘ishloq yarim oroli bor; bu yerda dengiz sathidan past botiqlar (masalan, Qoragiyo – 132 m) uchraydi. Mang‘ishloqdan sharqda Ustyurt platosi (balandligi 340 m gacha) joylashgan. Kaspiybo‘yi pasttekisligi shimoliy-sharqda Ural tog‘larining janubiy tarmoqlari va Mug‘ojar tog‘i bilan chegaralangan. Mug‘ojar tog‘idan shimoliy-sharqda To‘rg‘ay platosi bor. U janubda Turon pasttekisligi (Qizilqum cho‘li)ga tutashib ketadi. Orol dengizidan shimolda Katta va Kichik Bo‘rsiq qumli cho‘llari va Orolbo‘yi Qoraqumi joylashgan. Qozog‘istonning markaziy qismini Qozog‘iston past tog‘lari (Sariorqa) egallagan. Bu yerda Qizilray (1565 m), Qarqarali (1366 m), Ulug‘tov (1133 m) kabi alog‘ida tog‘ massivlari bor. Qozog‘iston past tog‘laridan janubda Betpaqdala cho‘li, undan janubda Mo‘yinqum cho‘li joylashgan. Betpaqdaladan sharqda katta maydonni egallagan yettisuv hududi mavjud. Qozog‘istonning sharqiy va janubiy tarmoqlari, shuningdek, Saura, Tarbatag‘ay, Jung‘oriya Olatovi tizmalari, Shimoliy va G‘arbiy Tyanshanning ayrim tizmalari joylashgan. Qozoqlar asosan “Janubiy Sibir” tipiga kiradilar (bu tip o‘ziga ham mongoloid, ham yevropeoid belgilarini oladi). Janubiy Sibir tipi mo‘g‘ul bashara irqqa mansub, ko‘zlari qisiq, yuzlari yumaloq, tanasi oq sariq-malla, puchuq burun, panjalari kalta, jussalari mayda, bosh chanog‘i braxikefal (dumaloq). Bepoyon dashtliklar, ot-ulov, tuya ularning jonu-dili, erkin, ozod, hayot turmush tarzi bilan suyagi qotgan. Oltoy til oilasining turkiy til guruhining shimoliy-g‘arbiy til (qipchoq) tillari shoxobchasiga qoraqalpoq, qirg‘iz, tatar, boshqird, qorachoy, balqar, qo‘mik, no‘g‘oy, qarayim tillari bilan birga qozoq tili ham kiradi. Qozoq tili - bir qancha qadimiy qabilalarning hamda boshqa tillar asosida tashkil topgan bo‘lib, uch asosiy shevaga bo‘linadi: g‘arbiy, shimoliy-sharqiy va janubiy. G‘arbiy sheva alshin qabilalar ittifoqi tilidan paydo bo‘lgan. Shimoliy-sharqiy sheva arg‘in, nayman, qiray, qipchoq, qo‘ng‘irot qabilalarining umumiy tilidan kelib chiqqan. Hozirgi qozoq adabiy tili ana shu shevaga asoslangan. Nihoyat, janubiy sheva uysin, jaloyir, qang‘li, dulat va boshqa qabilalar tilidan yuzaga kelgan. Qozoqlarning qabila-urug‘lari tarixan uch guruhga bo‘linib, alohida hududlarda yashaganlar. Katta, o‘rta va kichik juz Katta (uli) juz qang‘li, sara uysun, shanshiqli, asti, oshaqti, dulat, jaloyir, sirgeli, shaprashti, abdan (alban), suan, bes, tangbali urug‘laridan tashkil topgan bo‘lib, dulat bilan jaloyir urug‘lari o‘z navbatida yana bir qancha kichik urug‘larni tashkil etadi. Masalan, jaloyirlar esa shu-manaq hamda sыr – manaq urug‘ guruhlariga bo‘linadi. – shu-manaqlar andas, mirza, qora kapan, o‘raqti, oq bo‘yim, kalpe, supatoy; – sыr – manaqlar, ariq tinim, boyshig‘ir, sayrshi, bolg‘ali, qayishli urug‘laridan iborat. O‘rta juz besh yirik urug‘larga bo‘linadi: arg‘inlar, naymanlar, qipshaqlar, qangratlar va kereylar. – Qipshaqlar to‘ri ayg‘ir, to‘yiqshi, qitaboq, bulting, qora baliq, kulde men, tanabuga, ko‘p murin, uzun urug‘larini birlashtirgan. – Qo‘ng‘irotlarga beylar – jandar, orazgeldi, kuljigash bushman, toqbolat, jamanboy, qora kesek jetimaer, qush sansiz urug‘lariga bo‘lingan. – Kereylar uaq, qora kerey, hamda abaы ashamayli kerey urug‘lar birlashmasidan tashkil topgan. Qora kereylar murun, boyjigit va to‘rt ul urug‘laridan tuzilgan. Ashamayli kereylari jas taban, merkit, jadiq, jantekey, iteli, sherushi, qasaqas, malqi, sarbas, shubar ayg‘ir, kong, sadaq, shiuning urug‘lariga bo‘linadi. Nihoyat kichik (kishi) juz alim uli, boy uli hamda jeteru urug‘ guruhlaridan tuzilgan. – Alim uli guruhiga qora soqqol, qora kesen, kete, to‘rt qora, shumekey, shekti; – boy uli guruhiga aday, jappas, alasha, boy baqti, masqara berish tazdar, yesentemir serkesh, tana, qizil, kurd, shayqilar kereyt urug‘lari kiradi. Bu juzlarga kiruvchi qabilalar va urug‘larining har qaysisi Qozog‘istonning muayyan hududida juda qadimdan o‘rnashib kelgan. Ulkan hududda yoyilgan kichik juzga kiruvchi qabilalar va urug‘larning yerlari Qozog‘istonning g‘arbiy qismida bo‘lgan. Qozog‘iston juzlari Rossiya imperiyasi hukumronligi vaqtida ham ana shunday bo‘lingan holda o‘z avlod – ajdodlari yerlarida yashab kelishgan. Qozoqlarning qabila, urug‘ – aymoq bo‘lib yashash urf – odati uzoq asr mobaynida davom etgan. Qozoqlar orasida to‘ralar alohida o‘rin tutgan. Ularning ajdodlari Chingizxon shajarasiga borib taqaladi, deb hisoblanadi. Shuning uchun ular o‘zlarini oq suyek (oq suyak)lar deb ataydilar. Botirlar avlod – ajdodlari harbiy sarkarda, lashkarboshi askarlarning boshlig‘idan tashkil topadi. Urug‘ oqsoqol boshliqlaridan biylar (yoki beklar) o‘sib chiqadi. Ba'zi biylar o‘z urug‘i (urug‘ chegarasida mutlaqo mustaqil bo‘lgan, hatto xon, sultonlarga ham bo‘ysunmagan. Oq suyaklar qatoriga hoji, xo‘jalar ham kirgan. Har bir ko‘chmanchi qozoq ma'lum urug‘ yoki urug‘ toifasiga bo‘ysunishidan tashqari, ma'lum bir jamoa a'zosi ham hisoblangan. Ana shu jamoadan ajralgan holda mustaqil ko‘chib yura olmagan. Ko‘chmanchi dehqonlar o‘rta hol - dauletti sharua, kam quvvat o‘rta xo‘jaliklar kungerishti sharua hamda kambag‘al kedey sharua guruhlariga bo‘lingan. Shuningdek, qozoqlar orasida qullar ham yashagan. Qozoq qarluqlari. Qarluq bodun (“Qarluqar xalqi”) yoki “uch qarluq” (“qarluqlarning uch qabilasi”) – qadimiy turk yozma manbalarida, janubda Mo‘g‘ul Oltoyidan Balxash ko‘ligacha va shimolda Tarbagatay tizmasigacha bo‘lgan hududni egallagan ko‘chmanchi qabilalar kuchli uyushmasini shunday atashgandi. Qarluq birlashmasi tarkibiga uchta yirik qabila: bo‘lak, chigil va toshliq kirardi, ammo qarluq ittifoqining ilk tarixidayoq hududiy va siyosiy tarqoqlik ko‘zga tashlangan. Qarluqlarning VI asr ikkinchi yarmi yoki VII asr boshlarida Toxariston hududidagi qismining boshlig‘i - jabg‘u unvoniga sazovor bo‘lib, avval G‘arbiy turk, so‘ngra Turgash xoqonlariga qaram edi. Bu qarluqlar arab bosqinchilariga qarshi kurashda muhim rol o‘ynadilar. Qarluqlarning boshqa qismi uzoq sharqda – mo‘g‘ul dashtlarida istiqomat qilardi. XV asr oxirida yettisuvda Qozoq xonligi vujudga keldi. XVI asr boshlarida qozoq elatining uzoq davom etgan shakllanishi nihoyasiga yetdi. Qosimxon davri (1511–23)da Qozoq xonligi mustahkamlanib, chegarasi kengaydi, aholi soni ortdi. XVI asr o‘rtalarida No‘g‘oy O‘rdasi, keyinroq Mo‘g‘uliston va Sibir xonliklari parchalanib ketdi. Qozoq xonligi juzlarga bo‘linib, Katta juz (yettisuv), O‘rta juz (Markaziy Qozog‘iston), va Kichik juz (G‘arbiy Qozog‘iston) deb atala boshlandi. XVII asrda juzlar hududlarida mustaqil xonliklar paydo bo‘ldi. XVIII asr boshlarida Qozog‘istonga Jung‘oriya xonligi xavf solib turdi (1729 yili Jung‘orlar Katta juzning talaygina yerlarini bosib oldi). 1726 yilda Abulxayrxon Kichik juz oqsoqollari nomidan Rossiya podshosiga fuqarolikka olishni iltimos qilib murojaat qildi. 1731 yilda Kichik juz Rossiya tarkibiga kira boshladi. 1731–40 yillarda O‘rta juzning ayrim xon va sultonlari Rossiya fuqaroligini qabul qildilar. XVIII asr o‘rtalarida qozoq sultonlari orasida nizo kuchayib, pirovardida Abulxayrxon o‘ldirildi (1748). Uning o‘g‘li Nurali Kichik juz xoni bo‘lib, podsho ma'muriyatiga tayandi va o‘z hokimiyatini O‘rta juzning bir qismiga, shuningdek Xivaga yoyishga urindi. Ammo u muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Jung‘orlarning Xitoyga mag‘lubiyatga uchrashi (1758) natijasida hududining katta qismi Jung‘orlar hokimiyati ostida bo‘lgan Katta juzda manchjurlar hukmronligi o‘rnatilishi xavfi paydo bo‘ldi. Qozog‘istonning janubiy hududlari, jumladan, Chimkent Qo‘qon xonligi tarkibiga kirdi. XIX asr boshlarida O‘rta Juz xonlari Buke (1815), Vali (1819) vafotidan so‘ng podsho hukumati xon hokimiyatini tugatib, 1822 yildan yangicha boshqarish tizimini joriy etdi. 1824 yilda Kichik juzda ham xon hokimiyati tugatildi; urug‘ oqsoqollari hokimiyatini cheklaydigan hududiy boshqaruvga o‘tildi. Dasht yerlarning janubiy hududlari Qo‘qon va Xiva xonliklari tarkibida qoldi. 1853 yili Orenburg va Samara general-gubernatori V. A. Perovskiy Qo‘qon xonligiga qarashli Oqmasjit qal'asini ishg‘ol qilib, uni tayanch punktga aylantirildi. 1854 yili Verniy istehkomi (hozirgi Olmaota shahri) qurildi. Rossiyaning ta'siri kuchayib borayotganligidan xavfsiragan Qo‘qon xoni Xudoyorxon 1860 yilning kuzida ruslarning Verniy istehkomini bosib olish uchun yuborgan 20 ming askari mag‘lubiyatga uchraydi. Natijada yettisuvning barcha qismi Rossiyaga qo‘shib olindi. XIX asrning 60- yillarida qozoq yerlarining Rossiyaga qo‘shib olinishi tugallandi 1917 noyabr - 1918 yil fevralda Qozog‘istonda sovet hokimiyati o‘rnatildi. 1918 yil aprelda Turkiston ASSR tarkibiga kiritildi. 1926 yil 26 avgustda RSFSR tarkibida Qirg‘iziston (Qozog‘iston) ASSR tuzildi. 1920 yil 4–12 oktyabrda Orenburgda bo‘lib o‘tgan Qozog‘iston Sovetlarining ta'sis s'ezdi RSFSR tarkibida Qozog‘iston ASSR tuzilganini e'lon qildi. 1936 yili Qozog‘iston ASSR SSSR tarkibida ittifoqdosh respublikaga aylantirildi. 1991 yili 16 dekabrda respublika Oliy Kengashi davlat mustaqilligi to‘g‘risida qonun qabul qildi.
Download 103.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling