Ma’ruza III qоrаqаlpоq, qоzоq, tоjik, turkmаn, qirg‘iz хаlqlari etnologiyasi Reja


Turkman xalqining etnogenezi va etnik tarixi


Download 103.76 Kb.
bet4/6
Sana02.01.2022
Hajmi103.76 Kb.
#200771
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3-mavzu

Turkman xalqining etnogenezi va etnik tarixi.
1-savolning bayoni: Turkmanlar asosan hozirgi Turkmaniston hududida yashaydi. Turkmaniston – Markaziy Osiyoning janubi-g‘arbida joylashgan davlat. Maydoni 488, 1 ming km2. Aholisi 4. 7 mln. kishi (2002). Poytaxti – Ashgabat shahri.

U shimolda Qozog‘iston, shimoli-sharqda O‘zbekiston, janubda Afg‘oniston va Eron bilan chegaradosh. Kaspiy dengizining sharqiy qirg‘oqlari Turkmanistonning g‘arbiy qirg‘oqlari bo‘ylab o‘tadi. Turkmaniston hududi 5 ta viloyatga bo‘linadi. Birinchi viloyat Amudaryoning o‘rta havzasi. Bu yerlarda ersari, soluri, boyati, sakari mukri, xotab, olam turkmanlari istiqomat qilishgan. Ikkinchi viloyat Murg‘ob va Tejen vohalaridan tashkil topgan. Uchinchi viloyat Kopetdog‘ning tog‘oldi va tekislik qismlarini, Ateka, Sumbar va Chandir daryolari vodiysini o‘z ichiga olgan. Bu yerlarda go‘klan, murchali, nuxurli, qardoshli, anauli va tekinlar hayot kechirgan. To‘rtinchi viloyat Turkmanistonning janubiy –g‘arbiy va Kaspiy dengizining sharqiy qirg‘oqlarini egallagan. Bu yerlarga XIX – XX asrlarda yovmut, ogurjali va evlyad turkmanlari ko‘chib kelgan. Beshinchi viloyat Markaziy va Janubiy Qoraqum hududlari. Turkmanistonning shimoli – g‘arbiy hududlarini Balxan deb ham atashgan. Turkmaniston janubida Kopetdog‘ tog‘lari (eng baland joyi 2942 m. – Rizo cho‘qqisi) undan shimoliy-g‘arbda Kichik Bolxon (777 m gacha) va Katta Bolxon (1881 m gacha) tog‘lari joylashgan.

Turkmaniston hududi qadimda Ahomaniylar davlati, Iskandar istilosidan keyin, Salavkiylar davlati, Parfiya, Yunon-Baqtriya podsholigi, Eftaliylar, Turk hoqonligi, Arab xalifaligi, Tohiriylar davlati, Somoniylar, Saljuqiylar davlati, Xorazmshohlar davlati, Mo‘g‘ullar davlati tarkibida bo‘lgan. XIV asrning 70–80 yillaridan Turkmaniston hududi Temuriylar tasarrufiga o‘tgan. XVI asrning oxiri – XVII asrda Xiva va Buxoro xonliklariga qaram bo‘ldi, bir qismi Eron tarkibiga o‘tgan. 1869–85 yillarda Turkmaniston hududini Rossiya bosib oldi. 1917 yil noyabr-dekabrida sovet hokimiyati o‘rnatildi. 1918 yilda TASSR (Turkiston muxtor sovet sotsialistik respublikasi tashkil etilgach, Turkmanistonning asosiy qismi (Zakaspiy viloyati, 1921 yil avgustdan Turkmaniston viloyati) uning tarkibiga kirdi. 1924 yil 27 oktyabrda Turkmaniston SSR tashkil topdi va SSSR tarkibiga kirdi. 1991 yil 27 oktyabr kuni Mustaqillik kuni deb e'lon qilindi.

Turkmaniston Respublikasining asosiy aholisi turkmanlar hisoblanadi (2537 ming kishi, 1990 yillar o‘rtalari). Shuningdek,, bugungi kunda turkmanlar, O‘zbekiston, Shimoliy Kavkaz, Rossiyaning Astraxan viloyati va boshqa shaharlarida, Afg‘oniston, Eron va Turkiyada yashaydilar.

Rasmiy til – turkman tili. Dindorlari asosan sunniy musulmonlar. Yirik shaharlari: Ashgabat, Turkmanobod, Toshhovuz, Mari, Turkmanboshi.

Hozirgi vaqtda turkman xalqining etnogenezi muammolari to‘liq yechilgan, deb bo‘lmaydi. Chunki etnik tarixning va turkman etnogenezining ko‘plab savollari javobsiz qolmoqda. Turkmanlarning o‘ziga xos yuz tuzilishi, tili shakllanishining tarixiy bosqichlari kam o‘rganilgan. Turkman xalqining shakllanish davriga taalluqli savollar ayniqsa bahsli bo‘lib qolmoqda. Ushbu muammolarning tarixiy va etnografik yechimi bir necha bor turk-man olimlari va chet ellik izlanuvchilar e'tiborida bo‘lib keldi. Bu savollarga qiziqish o‘rta asrlardanoq boshlanadi.

Birinchi bo‘lib turkmanlar haqida Abu Rayhon Beruniy o‘zining qimmatbaho toshlarni o‘rganishga bag‘ishlangan “Mineralogiya” kitobida eslatib o‘tgan. Chunonchi turkman nomining etimologiyasi haqida yozgan.

Keyinchalik xuddi shu savol Maxmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit-turk “asarida o‘z ifodasini topdi. U turkmanlarning o‘g‘uz va qarluq qabilalariga kirishini va o‘g‘uzlarning forsiyzabon o‘troq aholi bilan yaqinlashishi natijasida o‘zgarishi haqida gapirib o‘tgan.

XIV asrda tarixchisi Rashidiy-id-din turkmanlarning Movarounnahr va Erondan qochib kelgan o‘g‘uzlardan kelib chiqqan va tashqi sharoitlar ta'sirida tojiklarga o‘xshab borgan, deb yozadi. XVII asrda Xiva xoni Abulg‘oziy Bahodirxon“ Shajaraiy turk“ asarida turkmanlarning kelib chiqishi va tarixi haqidagi o‘rta asr olimlarining va ma'lumotlarini xalq afsonalarini to‘playdi.

G‘arb davlatlarida bu mavzuga birinchi bo‘lib fransiyalik tarixchi De Erbelo qo‘l urdi. U o‘g‘uzlarning Movarounnaxrga Amudaryoning orqa tomoniga va Movarounnaxrning chegara qismlariga joylashishi, ularning mahalliy aholi bilan qo‘shilib ketishi, o‘z tillarida avlodlarga xos dag‘allikni saqlab qolganliklariga va buning natijasida xurosonliklar ularni turkman ya'ni turklarga o‘xshash, deb atashgan, deb yozgan.

Keyinchalik J. Degin “Sharqiy xalqlarning umumiy ensik-lopediyasi“ asarida turkmanlarning kelib chiqishiga boshqa tomondan qo‘l urdi. U o‘g‘uzlar boshqa turk qabilalari kabi qadimiy xunnlarning avlodi, deb hisoblagan. U o‘rta asrlarda o‘g‘uzlarning ikki: g‘arbiy va sharqiy qismga bo‘linganini ko‘rsatgan. G‘arbiy o‘g‘uzlar XI asrda Gretsiya va Makedoniyaga kirib borgan. O‘g‘uzlarning sharqiy qismi Eronning chegara hududlaridagi viloyatlarga kirib borishgan va ular turkmanlar deb atala boshlangan.

Rossiyada turkman etnogenezini yoritish bo‘yicha dastlabki harakatlar XVIII asrda boshlandi. Chunonchi M. N. Karamzin o‘g‘uzlarni qadimgi rus yilnomalarida turklar bilan bir deb hisoblagan. O‘z navbatida bu M. I. Pogodin va D. I. Iloviyskiylarning izlanishlari uchun asos bo‘lib xizmat qildi.

1836 yilda S. G. Karelin ekspeditsiyasi bilan Kaspiy dengizining sharqiy qirg‘oqlarida bo‘ldi. U turkmanlarning kelib chiqishi va ularning vatani to‘g‘risida afsonalarni yozib oldi va bu borada ko‘plab ma'lumotlar to‘pladi. S.G. Karelin esa turkmanlarni qadimgi massagetlar bo‘lsa kerak, deb yozadi. XIX asrning 60- yillarida venger sayyohi H. Vamberi turkmanlarning hayoti va turmushi ustida qimmatli etnografik kuzatishlar o‘tkazdi.

M. T Xautsning “O‘g‘uz qabilalari” masalasini ko‘rsatib o‘tish kerak. Bunda turkmanlarning u yoki bu darajada eronlashgan turk-lar degan g‘oyani ilgari surdi.

XIX asrning oxirlarida Urxun yozuvlarning ochilishi bilan o‘g‘uz va turkmanlarning etnogenez muammolari yanada dolzarblashdi. Mo‘g‘ulistondagi qadimgi turk yozuvlarining deshifrovka qilinishi o‘g‘uzlarning Markaziy Osiyodan kelib chiqqanligi haqidagi fikrni oldinga surdi.

Turkman etnogenezini o‘rganish borasida V. V. Radlov va V. V Bartoldlar ham shug‘ullandi. Tadqiqotchilar, “turkman” nomi X asrda arab adabiyotida eslatib o‘tilgan. U “to-ku-mong” nomi xitoylarning VII asr “Tun'-Dyan” ensiklopediyasida keltirilganligini ko‘rsatgan. U qadimgi Urxun yozuvlarini o‘rganishi natijasida o‘rta asrning boshlarida O‘rta Osiyoga ko‘chib kelgan Markaziy Osiyolik qabilalarni o‘g‘uzlar deb atashgan, degan xulosaga kelgan.

O‘g‘uz va turkman etnogenezisi muammolari bilan A. Yu. Yakubovskiy ham shug‘ullandi. U turkman etnogenezi uchta qismdan iborat, deb hisoblaydi. Ya'ni, qadimgi forsiyzabon aholi, eftaliy-turk qabilalari va o‘g‘uz qabilalari.

Bu mavzuga S. P. Tolstov “O‘rta Osiyo va Qozog‘iston xalqlari” to‘plamda to‘xtalib o‘tadi. U o‘g‘uzlarni O‘rta Osiyo tub aholisi deb hisoblaydi.

XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab turkman etnografiyasi bilan Turkmaniston olimlari shug‘ullana boshladi. Chunonchi bu borada turkman etnografiyasini yuksaltirishda G. I. Karpov, A. A. Roslyakov, S. G. Agadjanovlar ulkan hissa qo‘shdilar.

Turkman xalqining etnogenezi masalasi ko‘plab muammoli va o‘xshash ayricha fikrlarni yuzaga keltirgan. Hali o‘rganilmagan ko‘plab fikrlar mavjud. Ko‘p vaqtlardan buyon turkmanlar saljuq o‘g‘uzlarning avlodlari deb qaralib kelingandi. Bundan kelib chiqadiki, turkman xalqi XI asrdan boshlab shakllana boshlagan, lekin bu noto‘g‘ri fikr. Ko‘p yillik izlanishlar turkman xalqi, O‘rta Osiyo va Qozog‘istonning boshqa xalqlari kabi, uzoq shimoliy sharqdan kelgindilardan emas, balki O‘rta Osiyo g‘arbiy qismining qadimiy tarixi va madaniyati merosxo‘ridir. Turkman xalqining shakllanishida faqat o‘g‘uzlar emas, balki ko‘plab eron va turk tilida gaplashuvchi qabila va xalqlar ishtirok etgan. Hozirgi zamon fani etnogenez va etnik tarixni to‘g‘ri va aniq yoritishni talab qiladi. Buning uchun esa tarixni va turkmanlar bilan O‘rta Osiyo va Qozog‘istonning qardosh xalqlari orasidagi etnik madaniy aloqalarini o‘rganish zarur.

Turkmanlarning etnogenezida mahalliy dax-massagetlar, shuningdek, sarmatlar, alan qabilalari, qisman qadimgi Marg‘iyona, Parfiya va Xorazm davlatlari aholisi qatnashgan. 1- ming yillik o‘rtalarida Kaspiy bo‘yi cho‘llarida, turkiy qabilalar, IX asrlarda o‘g‘uzlar paydo bo‘lgan. Ular turkmanlarning etnogenezida muhim rol o‘ynagan. O‘g‘uzlarning asosiy guruhi XI asrda shimoliy-sharqdan kelib, mahalliy aholi bilan aralashib ketgan.

XI asrda saljuqiy qabilalari, turkmanlar yashaydigan hududlarga o‘ta boshlaydi. O‘g‘uz, alan, qipchoq qabilalarini qisman xorazmliklarni chatishuvi va qo‘shilishi natijasida yangi qavmlar paydo bo‘ladi. Demak, “turkman” nomi dastlab X asr oxirlarida paydo bo‘lgan.

XIV – XV asrlarda Kaspiy dengizi atroflari, Mang‘ishloq yarim oroli, Sariqqamish ko‘li, Qoraqum, Xorazmning g‘arbiy va shimoliy chegaralarigacha bo‘lgan hududlarida turkmanlar joylashadi. Ular asosan yetti qavmdan iborat: teke, yomut (yovut), ersari, sariq, chovdur, go‘klan, salir va boshqalar. Ko‘pincha ushbu urug‘ qabilalar bir – birlariga qo‘shilib ketishib, qadimgi o‘z nomlarini unutishgan, yangi urug‘ qabilalari paydo bo‘lgan.

Turkman xalqining shakllanish jarayoni mo‘g‘ullar istilosidan keyingi davr (XV asrlarda) tugaydi. XV asrga kelib turkman halqining shakllanish davri nihoyasiga yetgan. Bu davrda turk-man etnosiga, ayrim o‘g‘uz bo‘lmagan turkiy qabilalar, jumladan, qipchoqlar ham qisman kelib qo‘shilgan. Turkmanlarda qabila-urug‘larga ajratish saqlanib qolgan. Ulardan eng yiriklari tekelar, yomut (yovut)lar, ersari, salirlar, sariqlar, go‘klan va chavdirlar hisoblanadi.

Teke – turkman urug‘laridan biri bo‘lib, XVII – XVIII asrlarning 1- yarmida Bolxon tog‘i vodiysida, Xorazmda va Amudaryo bo‘ylarida yashagan va ularning katta bir qismi Tajan vohasini egallagan. Tekelarning asosiy qismi XVIII asr oxiri – XIX asrning boshlarida Axaltaka va Murg‘ob vodiylariga ko‘chgan. Marvni XIX asrning o‘rtalarida egallagan. Tekalar 2 guruhga: otamish (beg, anouli va vekil nomli yirik urug‘larga) va to‘xtamishga bo‘lingan. 1897 yilda tekelardan Murg‘ob vohasida 20 ming xo‘jalik, Tajan va Qaahqada 7 ming xo‘jalik, Axalda 9 ming xo‘jalik bo‘lgan. Tekelar dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullangan. XIX asrning boshlarida tekelar boshqa turkman qabilalari bilan aralashib, turkman xalqi tarkibiga singib ketgan.

XVIII – XIX asrlargacha, turkmanlar, yuqorida ta'kidlab o‘tilgan yetti yirik qavmga bo‘linishni saqlab qolgan edi. Bu toifa o‘z navbatida to‘rt elga bo‘lingan: gara, bekovul, ulugdepe va gunesh.

Gara qavmi chekich, quraysh, islom, boy, uga, tagam, mamish, yabanlar;

Bekovul qavmi lambe, sarli yerli ushaqom, tog‘achi, kultak;

Ulugdepe qavmi garama, surxi, surx, chatroq, oqteri, aji esenmengli, giziloyoq, etbosh, denaji, chakir, gabasoqol, sulaymon, omar, gizilja;

Gunesh qavmi gurama gunesh ellaridan iborat.

Teke elini ikki nasl – nasab avlodlari tashkil etgan: otamish va to‘xtamish.

Otamish avlodi sichmaz hamda bag‘shi avlodlaridan iborat. Sichmaz avlodi sichmazning o‘zi bilan uch urug‘ qavmlaridan, bag‘shi avlodi esa bag‘shi, dashayoq, bo‘rkun, sultoniz qavmlaridan tashkil topgan.

To‘xtamish nasl – nasabini beg va bekil avlodlari tuzgan bo‘lib, beg avlodi, gongur, omonsha – gukche qavmlariga, bekil avlodi esa ganjiyusup, yazi – yusup, gagsual, ariq – garaj, gofa va bukri qavmlariga ajraladi.

Teke eliga mujevur avlodi ham kiradi.

Yomut (yovmut) eli: ham ikki nasl – nasabga bo‘linadi.

Bayramali nasabi sayak, o‘kuz, ursuqchi, ushak urug‘lariga bo‘linadi.

Sariq qabilasi suqti, bayrach, alasha, xerzeki, gazmilmirad, bedeng, gal – bosh urug‘laridan;

Choudur qabilasi igdir, chovdur (gara - chodur), yabdal, bo‘zaji, burunchi qavmlaridan tashkil topgan.

Turkmanlarning yana boshqa bir qancha kichik qabila, bir qator urug‘ qavmlari mavjud bo‘lganligi bizga ma'lum: afg‘on, arab, gurd, qipchoq, aymoq, girey, gazak, galmik, garamugol, tut, gullar va h. k.

XV – XVI asrlarda Turkmanistonning shimoliy tumanlarida chovdur va ularning qarindoshlari abdallar, arablilar yashagan. Bu urug‘ qabilalarning hammasi birga qo‘shilib, esen – xoni, ya'ni Hasan eli deb yuritilgan. Qolgan urug‘ – qabilalariga esa sain – xoni nomi berilgan.

Sariqamish qo‘li atroflarida, katta Balxanda turkmanlarning teke, salir, yomut (yovut) qabilalariga qarashli urug‘ – qavmlari istiqomat qilishgan. Bu qabilalar orasida eng nufuzlisi salir qabilasi hisoblangan. Salirlar ichki salir deb atalgan. Qolganlar, ya'ni teke, yomut (yovmut), sariq urug‘ – aymoqlari esa tashqi salirlar nomi bilan yuritilgan.

Yazir (qoradoshli), emreli, nuxurli, qisman bayat urug‘lari Turkmanistonning janubiy qismida yashashgan.

XIX asrning 80 – yillarida Turkmaniston Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olingach, etnik birikishi jarayoni tezlashgan, ammo qabilaviy bo‘linish saqlanib qolgan. Yirik qabilalaridan teke turkmanlari Murg‘ob havzasi va Tajanda, yomut (yovut)lar Kaspiy bo‘ylarida va Xiva xonligida, ersarilar Amudaryo vodiysida, salirlar, sariqlar, go‘klan, chovdurlar Xiva xonligida, birgalikda yashashgan. Xo‘jalik madaniy jihatidan turkmanlar ko‘chmanchi (chorvador) va o‘troq dehqon (chumur)larga bo‘lingan.


Download 103.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling