Ma’ruza Ilm-fan va ilmiy tadqiqot tushunchalari va maqsadlari


Download 222.24 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana25.02.2023
Hajmi222.24 Kb.
#1228787
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-маъруза

nazariyadir. Nazariya bu mavjud jarayonlarni va hodisalarni bilish va 
umumlashtirish ularga turli xil omillar ta’sirini tahlil qilish imkonini beradigan 
ilmiy printsiplar va usullarni shakllantiradigan umumlashtirilgan tajriba (amaliyot) 
haqidagi ta’limotga va ularni odamlarning amaliy faoliyatida foydalanish bo’yicha 
tavsiyalar berishga tushuniladi. 


Ilm-fan o’z ichiga tadqiqot usullarini ham oladi. Usul deb – biror bir hodisa 
yoki jarayonni nazariy tadqiqot qilish yoki amaliy tekshirish uslubiga tushuniladi. 
Usul – ilm-fanning asosiy vazifasi, borliqning ob’ektiv qonunlarini kashf 
etishning vositasidir. Usul induktsiya va deduktsiya, analiz va sintezni qo’llash 
zaruriyati va o’rnini nazariy va eksperimental tadqiqotlar bilan taqqoslagan holda 
belgilaydi. 
Ixtiyoriy ilmiy nazariya borliqning u yoki bu jarayonlarining tabiatini 
tushuntirishda muayyan bir xususiy usuldan foydalanishni ko’zda tutadi. Umumiy 
va xususiy tadqiqot usullariga tayanib, olim tadqiqotlarni nimadan boshlash 
kerakligi, faktlarga qanday munosabatda bo’lishi, qanday umumlashtirilishi va 
xulosaga qanday yo’l bilan kelishi kabi savollarga javob oladi.
Hozirgi vaqtda, umumuy usul sifatida, tadqiqotning matematik usuli, ya’ni 
hodisa va jarayonlarni miqdoriy o’rganish usuli, katta ahamiyatga ega. Bu 
kibernetika, hisoblash matematikasi va kompyuterlarning jadal rivojlanishi bilan 
bog’liq. 
Olimlarning faktik materiallari yetarli bo’lmagan taqdirda, ular ilmiy 
natijalarga erishish vositasi sifatida gepoteza (faraz) dan foydalanadilar. Gepoteza 
– biror-bir jarayonni tushuntirish uchun ilgari suriladigan ilmiy asoslangan taxmin 
bo’lib, uni tekshirish natijasida u rost yoki yolg’on bo’lishi mumkin.
Zamonaviy ilm-fan xarakterli xususiyati shundaki, u murakkab va doimiy 
o’sib borayotgan ijtimoiy organizm, jamiyatning eng dinamik, faol, samarali 
kuchiga aylanib bormoqda. 
Ilm-fan rivojlanishi, endi amaliy ishlarni jadallashtirish, yangi ishlab 
chiqarish sohalarini yaratishning boshlang’ich nuqtasi bo’lib bormoqda. Ilm-fan 
jamiyatning samarali kuchi bo’lib bormoqda, bu fan va ishlab chiqarish o’rtasidagi 
o’zaro munosabatlaridagi chuqur o’zgarishlarda o’z aksini topmoqda. 
Birinchidan, ishlab chiqarish va texnologik jarayonlarni ko’plab yangi turlari 
dastlab ilm-fan, ilmiy-tadqiqot institutlarida shakllanadi. Atom energetikasi, kimyo 
texnologiyalari, supermustahkam materiallarni olishning rivojlanishi kabilar 
aytilganlarga yaxshi dalil hisoblanadi. 
Ikkinchidan, ilmiy kashfiyot va uni ishlab chiqarishga joriy etish muddatlari 
qisqarmoqda. Ilgari ilmiy kashfiyotlari yoki ixtirolarni amaliyotda qo’llash uchun 
o’nlab yillar o’tgan bo’lsa, bunga misol qilib fotografiya, elektr energiyasi olish 
mumkin, hozirda bu muddat bir necha yilgacha kamaydi. Masalan, lazer ochilishi 
va amaliyotga tatbiq etilishi, atom energetikasi, yarim o’tkazgichlar va boshqalarni 
ko’rsatib o’tish mumkin. 
Uchinchidan, ishlab chiqarishning o’zida ilmiy tadqiqotlar muvaffaqiyatli 
rivojlanmoqda, sanoat va qishloq xo’jaligida ilmiy muassasalar tarmog’i o’sib 
bormoqda. Muhandislar va ishchilar bilan olimlarning ijodiy hamkorligi 
rivojlanmoqda. Korxonalar ilmiy-sanoat komplekslariga aylanmoqdalar. 
To’rtinchidan, ishchilar, muhandislar va texnik xodimlarning professional 
darajasi keskin oshdi, bu ularga ishlab chiqarish jarayonida ilmiy bilimlardan keng 
foydalanish imkonini bermoqda. Ixtirochilar va ratsionalizatorlarning ommaviy 
harakati – ilm-fanni ishlab chiqarish bilan yaqinlashtirishning muhim shakli bo’lib 
bormoqda. 



Download 222.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling