Ma’ruza Ilm-fan va ilmiy tadqiqot tushunchalari va maqsadlari


 Ilmiy-tadqiqot ishlarining bosqichlari


Download 222.24 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/5
Sana25.02.2023
Hajmi222.24 Kb.
#1228787
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-маъруза

3. Ilmiy-tadqiqot ishlarining bosqichlari 
Tadqiqot ishi ma’lum bir ketma-ketlikda bajariladi va uni quyidagi oltita 
bosqichni o’z ichiga oladi: 
1) mavzuni shakllantirish; 
2) tadqiqot maqsad va vazifalarini shakllantirish; 
3) nazariy tadqiqotlar; 
4) eksperimental tadqiqotlar; 
5) ilmiy tadqiqot natijalari tahlil qilish va rasmiylashtirish; 
6) ilmiy tadqiqotning samaradorligi va natijalarni joriy etish; 
Har bir ilmiy ishning mavzusi bor. Fan va texnologiyalarning turli 
masalalari mavzu bo’lishi mumkin. Mavzuni asoslash - ilmiy tadqiqotni ishlab 
chiqishning muhim bosqichidir. 
Ilmiy tadqiqotlar turli mezonlarga muvofiq tasniflanadi: 
a) ijtimoiy ishlab chiqarish bilan bog’liq turlari bo’yicha 
- ishlab chiqarish samaradorligini oshirish uchun to’liq foydalaniladigan 
yangi jarayonlarni, mashinalarni, konstruktsiyalarni va x.k.larni yaratishga 
yo’naltirilgan ilmiy tadqiqotlar; 
- yangi mehnat vositalarini yaratmasdan, ishlab chiqarish munosabatlarini 
takomillashtirish, ishlab chiqarishni tashkil etish darajasini oshirishga qaratilgan 
ilmiy tadqiqot; 
- jamoatchilik munosabatlarni takomillashtirish, odamlarning ma’naviy 
hayot darajasini oshirish va hokazolar uchun foydalaniladigan ijtimoiy, gumanitar 
va boshqa fanlar sohasidagi nazariy ishlar; 
b) milliy iqtisodiyot uchun ahamiyat bo’yicha: 
- vazirliklar va idoralarning topshirig’i bo’yicha bajariladigan ishlar; 
- ilmiy-tadqiqot tashkilotlarining rejasi asosida (tashabbusi bilan) amalga 
oshiriladigan tadqiqotlar; 
v) moliyalashtirish manbalariga qarab; 
- davlat byudjeti hisobidan moliyalashtiriladigan tadqiqotlar; 


- ushbu sohada ilmiy tadqiqotlardan foydalanadigan pudratchi tashkilotlar va 
tadqiqotlarni amalga oshiruvchi tashkilotlar o’rtasida tuzilgan shartnomalarga 
muvofiq tuzilgan xo’jalik shartnomalari asosida bajariladigan tadqiqotlar
g) tadqiqotning bajarilishi davomiyligi bo’yicha: 
- uzoq muddatli, bir necha yillar davomida bajariladigan; 
- qisqa muddatli, odatda bir yilda davomida bajariladigan. 

Download 222.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling