Ma’ruza Ilm-fan va ilmiy tadqiqot tushunchalari va maqsadlari


Download 222.24 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana25.02.2023
Hajmi222.24 Kb.
#1228787
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-маъруза

Amaliy tadqiqotlar yangi usullarini yaratishga qaratilgan. Ular asosida 
yangi uskunalar, yangi mashina va materiallar, ishlab chiqarish va ishni tashkil 
etish uslublari va hakazolar ishlab chiqiladi. Ular jamiyatning muayyan 
tarmoqlarni rivojlantirishdagi ehtiyojlarini qondirish uchun kerak. Amaliy 
tadqiqotlar uzoq va qisqa muddatli, byudjet yoki shartnomaviy bo’lishi mumkin. 
Ishlanmaning maqsadi - amaliy (yoki nazariy) tadqiqotlarni texnik 
qo’llanmalarga aylantirishdir. Ular yangi tadqiqotlar o’tkazilishini talab qilmaydi. 
Tajriba-konstruktorlik byurolarida (TKB), loyihalash, tajriba-ishlab 
chiqarish korxonalarida amalga oshiriladigan ishlanmalarning yakuniy maqsadi – 
materialni joriy etishga tayyorlashdan iborat. 
2. Ilm-fan samaradorligi va ilmiy-texnik taraqqiyot 
Ilm-fan kelib chiqishi, rivojlanishi va ishlatilishi nuqtai nazaridan ijtimoiy 
hisoblanadi. Har bir ilmiy kashfiyot jamoaviy mehnat bo’lib, mo’ayan davrda 
dunyoning bilishdagi insoniyatning muvaffaqiyatining ifodasi bo’lib namoyon 
bo’ladi. SHu sababli, u faqat ishlab chiqarish kuchlarining ijtimoiy xarakterining 


paydo bo’lishi, ijtimoiy mehnat va ishlab chiqarishni keng miqyosda rivojlanishi 
bilan haqiqiy samaradorlik ishlatilishi mumkin. 
Ilm-fan va ilmiy-texnikaviy taraqqiyotning samaradorligini oshirishning 
uchta asosiy imkoniyat mavjud. 
Bir guruhning imkoniyati tadqiqotchilarning bevosita ijodiy faoliyati 
sohasiga kiradi va ilmiy ishlarning metodologik darajasini oshirish, yangi, chuqur 
g’oyalarni targ’ib qilish, istiqbolli tadqiqot usullarini o’zlashtirilishidan iborat. 
Ikkinchilarining imkoniyati ilmiy jarayonni boshqarish sohasida bo’lib, ilm-
fanning barcha toifadagi ilmiy xodimlarining zamonaviy ilmiy jarayonning barcha 
sohalarida samarali mehnat qilish uchun eng qulay shart-sharoitlarni yaratishdan 
iborat. 
Uchinchilarining imkoniyatlari ijtimoiy, birinchi navbatda, iqtisodiy 
mexanizmni ishlab chiqish, ishlab chiqarish va umumiy amaliyotning ilmiy 
natijalarni jadal o’zlashtirishiga yordam berishdan iborat. 

Download 222.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling