jarayonlar bajariladi: - tushirish,
- poddonlarga (бирор нарсанинг тагига қўйиладиган буюм) o’rnashtirish,
- siljitish,
- bog’lamlardan ochish,
- saqlashga qo’yish va h.k.
- Bular logistik jarayonlar hisoblanadi. Ayrim jarayonlar bo’yicha hajmi ma’lum davrga mo’ljallangan bo’lib, oy, yil ushbu jarayon bo’yicha moddiy vositalar oqimini tashkil etadi.
- Moddiy oqim deb, yuklar, qismlar, tovar-moddiy vositalar qiymatlari hisoblanib, turli xildagi logistik jarayonlar natijasida ta’sir ko’rsatilib ularning vaqt birligi nisbatiga aytiladi.
- Ayrim logistik jarayonlarni amalga oshirganda moddiy vositalar oqimi, belgilangan vaqt holati bo’yicha ko’rib chiqilishi ham mumkin. Bunday holatlarda ular moddiy vositalar zaxirasiga aylanadi.
- Masalan, yuklarni temir yo’l transporti orqali olib yurish jarayonlarini olaylik. Yukning yo’lda yurish davridagi holatida u moddiy vositalar zaxirasi hisoblanadi, ya’ni «yo’ldagi zaxira» deb ataladi.
Moddiy oqimlar quyidagi asosiy xususiyatlarga qarab ajratiladi: - -logistik tizimga munosabati;
- -oqimning tabiiy-moddiy tarkibi:
- -oqimni tashkil etuvchi yuklar soni;
- -oqimni tashkil etuvchi yukning solishtirma og'irligi;
- -yuklarning moslik darajasi;
- -tovarlarning izchilligi (tarkibi bo’yicha).
Logistik tizimga nisbatan moddiy oqim quyidagicha: tashqi, ichki, kiritiladigan va chiqariladigan bo’ladi. - Tashqi moddiy oqim korxona uchun tashqari bo’lgan muhitda sodir bo’ladi.
- Ichki moddiy oqim logistik tizimning ichkarisida logistik jarayonlarni amalga oshirish natijasida vujudga keladi.
- Kiritiladigan moddiy oqim logistik tizimga tashqi muhitdan kirib keladi.
- Chiqariladigani esa logistik tizimning ichki muhitidan tashqi muhitiga chiqib ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |