Maruza mashguloti mavzusi: Kirish. Fanning maqsadi, vazifasi va axamiyati. Mashg’ulot rejasi
O’quv fanining maqsadi va vazifasi
Download 18.36 Kb.
|
1 2
Bog'liq1-maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fanning vazifasi
- 2. DORIVOR O’SIMLIKSHUNOSLIKDA ILMIY IZLANISH USLUBLARI VA TURLARI.
O’quv fanining maqsadi va vazifasi.
Fanni o’qitishdan maqsad - talabalarga tabiiy dorivor o‘simlik turlarini tarkalishn, o‘simliklar jamoasidagi o‘rni va zaxiralarini o‘rganish va aniqlash maksadida olib boriladigan floristik. sistematik, geobotanik, resureshunoslik tadqikotlarni xamda madaniy va introduktsiya qilingan dorivor o‘simliklarda maxsuldorligini oshirish uchun tadbik etilayotgan texnologiyalarni, o‘simlik organlarda biolognk faol moddalarni yig‘ilishining tashki muxit, iklim va tuprok sharoitlariga bog‘liqligini o‘rganish uchun ilmiy tajribalar o‘tkazish asoslarini o‘rgatishdir Fanning vazifasi: O‘zbekistonda va chet elda olib boriladigan floristik, sistematik, geobotanik, resureshunoslik izlanishlar xamda madaniy va introduktsiya qilingan dorivor o‘simliklarda ilmiy tajribalar ko‘yish va ilmiy tadqiqotlarni olib borish usullari. Ilmiy muassasalar va ularning ilmiy yunalishlari haqida bilim berish xisoblanadi. 2. DORIVOR O’SIMLIKSHUNOSLIKDA ILMIY IZLANISH USLUBLARI VA TURLARI. Dorivor o‘simliklar yetishtirishda yangi va zamonaviy texnologik jarayonlardan foydalanish shu soxa mutaxassislaridan faqat nazariy bilimni, balkim zamonaviy ilmiytadqiqot ishlaridan boxabar bo‘lishni ham taqozo etadi. Laboratoriya tajribasida-bunda o‘simliklar, ularning o‘sish, rivojlanish sharoitlari maxsus jihozlangan laboratoriyalarda olib boriladi. Laboratoriya tajribasi ayrim hollarda mustaqil hal qilishi lozim bo‘lgan masalalarga bag‘ishlansa ham, lekin bu tajriba turi keng agronomik ilmiy tekshiruvlarning bir bosqichi bo‘lib hisoblanadi. Vegetatsnon tajriba - bu metodda o‘simliklar maxsus vegetatsion idishlarda, maxsus sharoitlarda o‘stirilib o‘rganiladi. Vegetatsion idishlarning turlari har ko‘rinishda oynali, temirdan sopol, plastmass va boshqalar holida bo‘lishi mumkin. Lizimetrik tajriba - bu metod vegetatsion tajriba metodidan shu tomoni bilan farqlanadiki, bunda o‘simlik dalada maxsus lizimetrlarda, ya‘ni to‘rt tomoni va ostidan o‘rab olingan tuproq sharoitida o‘stirilib o‘rganiladi. Lizimetrning hajmi ko‘pincha 1-2 mert kub bo‘ladi. Dala tajribasi. Agronomik ilmiy tekshiruvning yakunlovchi bosqichi bo‘lib, dala sharoitida, alohida ajratib olingan yer uchastkasida o‘tkaziladiDala tajribasi asosiy maqsadi bu tajriba variantlari orasidagi farqlarni aniqlashga, o‘simliklarning o‘sish va rivojlanish, hosil to‘plashga sababchi bo‘lgan faktorlarni, sharoitlarni miqdoriy jihatdan baholashga qaratilganidir. A) ilmiy kuzatuv - Bularning ilmiy kuzatuvning umumiy qabul qilingan usulidir. B) tajriba - Dala tajribasining o‘ziga xos xususiyati shundaki, bunda madaniy o‘simliklar o‘sishi va rivojlanishi tuproq, iqlimiy va agrotexnik faktorlarning o‘zaro birlikdagi kompleksi holida va uning shakllanuvini belgilovchi faktorlarni o‘zaro bog‘lanish aloqalarini ko‘rsatib beradi. Dala tajribasi o‘tkazilish maqsadlari va xal bo‘linishi zarur bo‘lgan vazifalarga bog‘liq asosan 2 ta katta gruppaga bo‘linadi: 1. Agrotexnik dala tajribalari - Bular tuproqni ishlov, almashilab ekish, o‘g‘itlash, qishloq xo‘jalik zararkunandalari va kasalliklariga qarshi kurash, ekin normalarini belgilash va boshqalarga bag‘ishlangan tajribalar. 2.Qishloq xo‘jalik ekinlarining nav sinov tajribalari. O‘rganilayotgan faktorlarning miqdori, o‘tkazilish muddatlari va tuproq-iqlimiy sharoitlarini egallash darajasiga qarab dala tajribasi bir faktorli, ko‘p faktorli, qisqa muddatli, ko‘p yillik geografik va boshqa turlarga bo‘linadi. Bir faktorli tajribada - dala tajribasida faqat bir necha faktor kuzatiladi. Bu yana sodda tajriba turi ham deb ataladi. Ko‘p faktorli tajribada - hosilni to‘planishi va uning sifat o‘zgaruviga bo‘lgan bir qancha faktorlar birga o‘rganiladi. M: o‘g‘itlash, ishlov turlari, gerbidlar va x.k. Bunda har bir faktor alohida alohidagina emas balki birgalikda o‘zaro ta‘siri ham o‘rganiladi. Qisqa muddatli dala tajribasida - 1-3 yil davomida ma‘lum bir tadbirning ta‘siri o‘rganilib ko‘riladi. Ko‘p yillik tajribada esa - almashilab ekish, monokultura, o‘g‘itlar sistemasining ta‘siri kabi uzokroq muddatga chiziladigan protsesslar kuzatiladi. Georgafik dala tajribasi - bu o‘xshash ma‘lum gruppa tajribalarini bir vaqtni o‘zida bir qancha geografik sharoitlarda o‘tkaziladi. Umuman qishloq xo‘jalik praktikasida dala tajribasi 2 xil modifikatsiyada, ya‘ni: 1.Laboratoriya - dala tajribasi va 2.Ishlab chiqarishdagi dala tajribasi holida o‘tkaziladi. Download 18.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling