Ma’ruza mashg’uloti rejasi


Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/29
Sana22.04.2023
Hajmi0.88 Mb.
#1377170
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   29
Bog'liq
10.2-ma`ruza matni. Turizmda transport xizmatlari..doc

Maxsus aviaishlar 
(
«MAI») aviakompaniyasi. 
«MAI» aviakompaniyasi 
birlashgan Sirg’ali aviaotryadi bazasida tashkil etilgan. Hozirgi paytda u MAKning 
mustaqil bo’linmasidir. Samolyotlar parki vertolyotlar va maxsus ishlarni amalga 
oshiruvchi AN-2, Mi-2, Mi-8 samoletlaridan iborat. 
MAIning vazifalari: 
- qishloq xo’jalik yerlariga aviatsiya- kimyoviy ishlov berish; 
- qurilish-montaj ishlari; 
- transport-aloqa ishlari; 
- borish qiyin bo’lgan tog’ va cho’l rayonlariga odam va yuk tashish; 
- gaz va neft quvirlarini nazorat qilish; 
- parashyutchi va yuklarni tashlash; 
- aerofotosuratga olish; 
- havodan o’rmondagi yong’inga qarshi kurash; 
- kichik aviatsiya samolyotlari va vertolyotlariga mutaxassislarni tayyorlash
«MAI» sayyohlik sohasidagi yangi xizmat turlariga alohida e’tibor beradi. 
MI-8T 
VIP 
vertolyotlarida 
Samarqand, 
Buxoro, 
Shaxrisabz 
va 
respublikamizning boshqa shaharlariga ekskursiya hamda Chorvoq, Chimyon, 
Beldirsoy, Burchmulla, Zomin dam olish maskanlariga; Nukusdan Orol dengizi 
hududiga; Toshkent va Toshkent viloyatiga parvozlarni taklif etadi. Ohirgi 
yo’nalish turmush qurmoqchi bo’lgan Toshkent shahri yoshlariga, nikohdan 
o’tgandan so’ng tavsiya etiladi. 
O’quv-mashq 
markazi. 
"O’zbekiston 
havo 
yo’llari" 
Milliy 
aviakompaniyasida kadrlarni tayyorlash va qayta o’qitishga e’tiborni bir daqiqaga 
ham kamaytirmaslik – yuqori ahamiyatga ega qoida mavjud. Bu masalani hal 
etish, aviamutaxassislarni IKAO standartlari va tavsiyalariga to’liq ravishda
tayyorlash O’quv-mashq markazi zimmasiga yuklangan.
“Ketring” davlat unitar korxonasi (DUK).
“Ketring” DUK tashkil 
etilishi tarixi, 1991 yilda Toshkent aeroporti restorani asosida sotuv-ishlab 
chiqarish firmasi tashkil etilib, so’ngra uni 1994 yilda “O’zbekiston havo yo’llari” 
Milliy aviakompaniyasining “Ketring” xizmatiga aylantirishdan boshlangan.
 
DUK “Kerting” “O’zbekiston havo yo’llari” Milliy aviakompaniyasining 
yirik tashkiliy tizilmalaridan biri bo’lib, bu erda 500dan ortiq yuqori malakali 
mutaxassislar xizmat qiladi. Korxona maxsus zamonaviy uskunalar bilan 


jihozlangan tezkor-dispetcher bo’limi, issiq va sovuq ovqat, konditer sexi va 
boshqa xizmatlarni o’z ichiga oladi.
“Ketring” “Gabriel”, “Sita”, AFTN kabi xalqaro aloqa tizimlariga ulanganligi 
sababli yo’lovchilar buyurtmalari to’g’risidagi ma’lumotni tez olish imkoniyatiga 
ega. 
Shuning uchun “Ketring” Toshkentdan parvoz qilayotgan hamda dunyoning 
turli burchaklaridan kelayotgan tranzit yo’lovchilar talablarini qondirishga har 
doim tayyor.
Korxona 1000 kishilik bort ozuqasini tayyorlash salohiyatiga ega bo’lib, 
vakolatxonalari 
“Toshkent” 
aeroporti 
hududida 
joylashgan 
boshqa 
aviakompaniyalar samolyotlarini issiq - sovuq ovqat, turli ichimliklar va ho’l meva 
bilan ta’minlaydi. Birinchi va biznes klas yo’lovchilari hoxishlariga binoan xalqaro 
texnologiyalar va ratsioniga kiritilgan mol go’shti, baliq va parranda go’shtidan 
tayyorlangan ovqatga buyurtma berishlari mumkin. Ovqat turlari har o’n besh 
kunda o’zgartiriladi. 
Ovqat tayyorlanilayotgan vaqtda yo’lovchilar didi va ular nimani xush 
ko’rishlari hisobga olinadi. Yo’lovchilar soni, o’simlik va oziq-ovqatni tannavul 
qiladigan kishilar soni to’g’risidagi ma’lumot tezkor-dispetcherlik bo’limiga 
kelganidan so’ng sexlarga buyurtmalar yuboriladi.
Har bir qatnovga tayyorgarlik samolyot parvozidan bir necha soat avval 
boshlanadi.
Uzoq davom etadigan qatnovlarda kuchli ovqat beriladi.
DUK “Ketring” boshqa aviakompaniyalarga bort ozuqasini yetkazib berishga 
shartnomalar tuzadi. Hozirda “Ural aviayo’nalishlari”, “Domodedovo”, Sankt-
Peterburgning “Pulkovo”, Moskvaning “Aeroflot”, Novosibirskning “Sibir” davlat 
aviakorxonalari hamda “Krasnoyarsk” va “Kuban” havo yo’llari bilan ana shunday 
shartnomalar tuzilgan.
“Ketring” tizimiga rasmiy delegatlar va transfer yo’lovchilarni kutib olish 
zallari ham kiradi.“Ketring” – bu “O’zbekiston havo yo’llari” Milliy 
aviakompaniyasi va boshqa aviakompaniyalar yo’lovchilariga yuqori sifatli va turli 
xil ovqat yetkazib berishga kafolatdir. 

Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling