Ma’ruza mashg’uloti rejasi


«SAMARQAND» Xalqaro aeroporti


Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/29
Sana22.04.2023
Hajmi0.88 Mb.
#1377170
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   29
Bog'liq
10.2-ma`ruza matni. Turizmda transport xizmatlari..doc

«SAMARQAND» Xalqaro aeroporti. 
Samarqand 
shahri 
nafaqat 
O’zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda mashhur sayyohlik markazidir.
Zamonaviy RJ-45 havo kemasi 45 daqiqada sayyohlarni poytaxtdan qadimiy 
shaharga yetkazib keladi. Hozirgi kunda «Samarqand» xalqaro aeroporti xalqaro 
tranzit yo’nalishlar uchun muhim zvenolardan biriga aylanayapti. U qayta 
ta’mirlangandan so’ng IKAOning birinchi kategoriyasiga ega bo’lgan aeroport 
g’arbda ishlab chiqarilgan turli rusumdagi laynerlarni hamda sharqiy havo 
kemalari qabul qilish imkoniyatiga ega. Strategik obektlardan biri bo’lgan 
aeroport viloyat iqtisodiyatini rivojlantirishda (sayyohlik ham shu hisobda) muhim 
ahamiyatga ega. Bu yerda yo’lovchilarga xizmat ko’rsatuvchi yangi aerovokzal 
majmuasi qurilib, uchish-qo’nish yo’laklari ta’mirlandi. Dispetcherlik xizmati
yangi binosi ishga tushirilib, aeronavigatsiya yangi jihozlari bilan ta’minlandi. 
Yangi aeroport soatiga 400 yo’lovchini o’tkazish imkoniyatiga ega. Toshkent, 
Moskva, Sankt-Peterburg, Simferopol va Qozon shaharlari bilan havo aloqalari 
ham o’rnatilgan. Bu yerga Yevropa mamlakatlari va Yaponiyadan charter 
qatnovlar amalga oshiriladi.
Aerovokzal majmuasida xalqaro andozalardagi xizmatlarning barcha turlari: 
VIP, KIP-zallari, ona va bola xonasi, tibbiy yordam punkti, aviakassalar mavjud. 
Pochta bo’limi, davlatlararo va shaharlararo aloqa xizmati, bar, restoran, valyuta 
almashtirish shahobchasi ham yo’lovchilar xizmatiga muntazir. Parvozlar 
xavfsizligini ta’minlash maqsadida videokuzatuv tizimi o’rnatilgan. Aeroport 
xalqaro tashuvlarni amalga oshirgani uchun «Gabriel» va «Sita» bronlashtirish 
tizimiga kiritilgan.
«BUXORO» Xalqaro aeroporti. 
Buxoro shahri sharq arxtekturasining
dunyoda eng qadimiy tarixiy obidalaridan biri bo’lib, Markaziy Osiyoning 
mashhur sayyohlik markazidir. 1999 yilda takomillashtirish dasturi amalga 
oshirilgandan so’ng unga «xalqaro» maqomi berildi. 1997 yilda chet ellik 
sayyohlarga mo’ljallanib qurilgan zamonaviy aerovokzal soatiga 150 yo’lovchini 
qabul qilish imkoniyatiga ega. O’zining ixchamligiga qaramasdan xalqaro terminal 
yo’lovchilarga xalqaro andozalarga muvofiq xizmat ko’rsatish uchun barcha 
sharoitlarga ega. Zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan uchib kelish va ketish 
hamda keng kutish zallari, bufet, do’kon, tibbiy xizmat ko’rsatish shahobchasi, yuk 
saqlash kameralari yo’lovchilar xizmatida. «Buxoro» xalqaro aeroporti g’arbda 
va sharqda ishlab chiqarilgan barcha rusumdagi havo kemalarini (Yak-40, An-24, 
Boing -767/757/747) qabul qilish imkoniyatiga ega.

Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling