Ma’ruza mashg’uloti rejasi
«SAMARQAND» Xalqaro aeroporti
Download 0.88 Mb. Pdf ko'rish
|
10.2-ma`ruza matni. Turizmda transport xizmatlari..doc
- Bu sahifa navigatsiya:
- «BUXORO» Xalqaro aeroporti.
«SAMARQAND» Xalqaro aeroporti.
Samarqand shahri nafaqat O’zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda mashhur sayyohlik markazidir. Zamonaviy RJ-45 havo kemasi 45 daqiqada sayyohlarni poytaxtdan qadimiy shaharga yetkazib keladi. Hozirgi kunda «Samarqand» xalqaro aeroporti xalqaro tranzit yo’nalishlar uchun muhim zvenolardan biriga aylanayapti. U qayta ta’mirlangandan so’ng IKAOning birinchi kategoriyasiga ega bo’lgan aeroport g’arbda ishlab chiqarilgan turli rusumdagi laynerlarni hamda sharqiy havo kemalari qabul qilish imkoniyatiga ega. Strategik obektlardan biri bo’lgan aeroport viloyat iqtisodiyatini rivojlantirishda (sayyohlik ham shu hisobda) muhim ahamiyatga ega. Bu yerda yo’lovchilarga xizmat ko’rsatuvchi yangi aerovokzal majmuasi qurilib, uchish-qo’nish yo’laklari ta’mirlandi. Dispetcherlik xizmati yangi binosi ishga tushirilib, aeronavigatsiya yangi jihozlari bilan ta’minlandi. Yangi aeroport soatiga 400 yo’lovchini o’tkazish imkoniyatiga ega. Toshkent, Moskva, Sankt-Peterburg, Simferopol va Qozon shaharlari bilan havo aloqalari ham o’rnatilgan. Bu yerga Yevropa mamlakatlari va Yaponiyadan charter qatnovlar amalga oshiriladi. Aerovokzal majmuasida xalqaro andozalardagi xizmatlarning barcha turlari: VIP, KIP-zallari, ona va bola xonasi, tibbiy yordam punkti, aviakassalar mavjud. Pochta bo’limi, davlatlararo va shaharlararo aloqa xizmati, bar, restoran, valyuta almashtirish shahobchasi ham yo’lovchilar xizmatiga muntazir. Parvozlar xavfsizligini ta’minlash maqsadida videokuzatuv tizimi o’rnatilgan. Aeroport xalqaro tashuvlarni amalga oshirgani uchun «Gabriel» va «Sita» bronlashtirish tizimiga kiritilgan. «BUXORO» Xalqaro aeroporti. Buxoro shahri sharq arxtekturasining dunyoda eng qadimiy tarixiy obidalaridan biri bo’lib, Markaziy Osiyoning mashhur sayyohlik markazidir. 1999 yilda takomillashtirish dasturi amalga oshirilgandan so’ng unga «xalqaro» maqomi berildi. 1997 yilda chet ellik sayyohlarga mo’ljallanib qurilgan zamonaviy aerovokzal soatiga 150 yo’lovchini qabul qilish imkoniyatiga ega. O’zining ixchamligiga qaramasdan xalqaro terminal yo’lovchilarga xalqaro andozalarga muvofiq xizmat ko’rsatish uchun barcha sharoitlarga ega. Zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan uchib kelish va ketish hamda keng kutish zallari, bufet, do’kon, tibbiy xizmat ko’rsatish shahobchasi, yuk saqlash kameralari yo’lovchilar xizmatida. «Buxoro» xalqaro aeroporti g’arbda va sharqda ishlab chiqarilgan barcha rusumdagi havo kemalarini (Yak-40, An-24, Boing -767/757/747) qabul qilish imkoniyatiga ega. Download 0.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling