Ma’ruza mashg’uloti rejasi


Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/29
Sana22.04.2023
Hajmi0.88 Mb.
#1377170
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   29
Bog'liq
10.2-ma`ruza matni. Turizmda transport xizmatlari..doc

Uchuvchilar majmuasi. Uchuvchilar majmuasi (UM) 1992 yil uchuvchilar 
otryadlari asosida tashkil etilgan. U “O’zbekiston havo yo’llari” Milliy 
aviakompaniyasi tashkiliy tuzilmalaridan biridir. Uchuvchilar majmuasi 
uchuvchilari Boing-767, Boing-757, A-310, RJ-85, Il-114, Il-76, Tu-154, Yak-40 
havo kemalarida parvozlarni amalga oshiradilar Uning asosiy vazifasi yo’lovchi va 
yuk tashuvlarini amalga oshirish, parvozlar ta’minlash, aviakompaniyaning
ijtimoiy va iqtisodiy foydasini ko’zlab, aviatsiya xizmatiga bo’lgan shartnomalarni 
sifatli ravishda bajarishdir . 
Havo aloqalari bosh agentligi.
Tashuvlarni sotish tizimi va tashkiliy 
texnik bazani rivojlantirish strategiyasi barcha aviakompaniyalarning ustuvor 
masalalaridan 
biri 
hisoblanadi. 
"O’zbekiston 
havo 
yo’llari" 
Milliy 
aviakompaniyasida ana shunday masalalarni Havo aloqalari bosh agentligi hal 
etadi.
MAK 50 dan ziyod Interlayn-kelishuvlar imzolangan bo’lib, bu avvalgi 
aviayo’nalishlarni saqlab qolgan holda, yangi qatnovlar ochish hisobiga parvozlar 
sonini oshirib, butun dunyo bo’ylab sotuvlar tarmog’ini kengaytirish imkonini 
beradi.
1991 - yil "O’zbekiston havo yo’llari" Milliy aviakompaniyasi tarkibida yangi 
korxona – havodagi harakatni boshqarish markazi "O’zaeronavigatsiya" tashkil 
etildi.


"O’zaeronavigatsiya" Markazining asosiy vazifasi aeronavigatsiya xizmati 
bilan ta’minlashning milliy majburiyatlarini amalga oshirish, jumladan: 
✓ 
tranzit va aerodrom parvozlarni boshqarish ;
✓ 
aeronavigatsion ma’lumot bilan ta’minlash;
✓ 
havo aloqalari xavfsizligi, samaradorligi va muntazamligini 
ta’minlash;
✓ 
texnika bilan taminlash va ishlatish masalalarida IKAO talablarini 
bajarish;
✓ 
MDH davlatlari havo harakatlarini moslashtirish jarayoni uchun zarur 
bo’lgan o’zaro tadqiqot ishlarini o’tkazishni tashkil etish;
✓ 
dasturlar va amaliy tayyorgarlikni unifikasiyalash, havo harakatini 
boshqarish xizmatlari xodimlari malakasini oshirish.

Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling