Ma’ruza mashg’uloti rejasi


Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/29
Sana22.04.2023
Hajmi0.88 Mb.
#1377170
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
10.2-ma`ruza matni. Turizmda transport xizmatlari..doc

 


 
 


«O’zbekiston havo yo’llari» Milliy aviakompaniyasi tuzilmasi. 
"O’zbekiston havo yo’llari" - xalq xo’jaligi va aholini aviatsiya xizmati (yuk, 
yo’lovchi tashuvlari, maxsus aviatashishlar) bilan ta’minlovchi O’zbekiston 
Respublikasi Milliy aviakompaniyasidir. Aviakompaniya 1992 yil 28-yanvarda 
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga binoan tashkil etilgan. Ana shu 
vaqtdan boshlab samolyot parkini zamonaviylashtirish, yangi aerovokzallar qurish, 
havodagi harakatni boshqarish tizimini tubdan o’zgartirish, aerodromlarni yangi 
zamonaviy texnika bilan ta’minlash, yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlovchi 
baza hamda boshqaruv tizimini takomillashtirishga yo’naltirilgan respublika 
Fuqaro aviatsiyasini rivojlantirish davlat dasturi amalga kirdi. O’tkazilgan 
islohotlar O’zbekiston aviatsiya transportining xalqaro, iqtisodiy, diplomatik va 
madaniy aloqalarini rivojlantirishda yetakchi sohalardan biriga aylanishiga omil 
yaratdi. "O’zbekiston havo yo’llari" Milliy aviakomapniyasi xalqaro aviatashuvlar 
bozorida o’zining munosib o’rniga ega. U o’z faoliyati davomida bir necha 
marotaba nufuzli mukofotlar: faol ishlari uchun "Yevromarket - 2000" sovrini, 
Xalqaro aviatsiya xavfsizligi jamg’armasi diplomi, Xalqaro aeroportlar birlashmasi 
mukofotlariga sazovar bo’ldi. Aviakompaniya Amerika, Yevropa, Yaqin va O’rta 
Sharq davlatlari, Janubi-Sharqiy va Markaziy Osiyo hamda MDHning 40 ortiq 
shaharlariga muntazam qatnovlarni amalga oshiradi. Orttirilgan tajriba va 
an’analarning zamonaviy boshqaruv tizimi bilan birgalikda uyg’unlapshuvi, 
xalqaro amaliyot, xizmat ko’rsatishning yangi axborot texnologiyalarini ishlab 
chiqarishga joriy etilishi milliy avikompaniyani dunyoda muvaffaqiyatli va jadal 
ravishda rivojlanayotgan aviakompaniyalar safidan bir qatorda joy olishiga 
imkoniyat yaratdi. 

Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling