Ma’ruza mashg’uloti rejasi
”Charter reysi” tushunchasi
Download 0.88 Mb. Pdf ko'rish
|
10.2-ma`ruza matni. Turizmda transport xizmatlari..doc
10.2.2.”Charter reysi” tushunchasi.
Aviatsiyada turistik tashishning alohida turli ko’rinishlari charter aviareyslari (samolyotni ijaraga olish) hisoblanadi. Jahonning ko’pchilik aviakompaniyalariga talab katta bo’lgan turistik yo’nalishlar bo’yicha charterlar tashkil qilishadi. Odatda bunday avia tashishlar turistik markazlarda tashkil etiladi. Ular yetarli darajada aniq geografiyaga ega va mavsumiyligi bilan yaqqol namoyon bo’ladi. Ulardan foydalanishning muhim yo’nalishi hamda yo’nalishlar bo’yicha charterlar tashkil qilishda turistlar talabi kattaligi, lekin muntazam aviareyslar yo’qligi hisoblanadi. Charter aviatashishlar tashkil etish chog’ida buyurtmachi aviakompaniya bilan marshrutni aniqlaydi. Tomonlarning majburiyatlarini kelishib oladi, ular ijara shartnomasini xalqaro tartiblarga muvofiqligini tekshirib ko’radi, reys narxini aniqlaydi. So’ngra maxsus charter shartnomasi tuzilib, unda samolyot turi, sotiladigan joy soni, samolyotning ijara bahosi, aeroportda ko’rsatilgan holda uchib ketish va qaytib kelish marshruti, shartnomaga amal qilish muddati (mavsum, 1 yil yoki boshq.), aviareyslar muntazamligi, aviareysni bekor qilish holati va imkoni, tegishli sanktsiyalar. Yo'lovchilar va ularning yuklari, yuk, yo'lovchi va yuk vagonlari, kemalar va boshqa transport vositalari, agar ular tranzit erkinligi to'g'risidagi konventsiya taraflaridan birining suvereniteti yoki vakolatlari ostida hudud orqali harakatlansa, tranzit deb hisoblanadi. Charterlar xususiyati shundaki, bitta to’liq reys (ikkinchi va oxirgisidan oldingi uchishlar) turistlarsiz bajariladi: samolyotning oxirgi reysi oxirgi turistlarni oladi, lekin yangilarni tashib kelmaydi, negaki u ular uchun qaytib kelmaydi (ya’ni, 10 turistik borib kelishga 11 aviareys to’g’ri keladi). Qattiq blok sotish va to’lov bo’yicha shartnoma majburiyatlariga qat’iy amal qilinishini ko’zda tutadi. Buyurtmachi oldindan to’lovni amalga oshiradi, qaysikim, odatda ikki juft reyslar qiymati summasini tashkil qiladi. Bunda qattiq bloklarni realizatsiya qilish bo’yicha tariflar yumshoq realizatsiyasiga nisbatan taxminan 5-10 % ga kam bo’ladi. Chunki shartnomada butun charter harakat davriga narx belgilab qo’yilgan, bu reyslarni amalga oshiruvchilarga «yuqori» mavsum va uning oxirida baholarni ma’qullashtirishga yaxshi imkon beradi. Yumshoq blokda buyurtmachi hech qanday moliyaviy javobgarlikni olmaydi va oldindan kelishilgan muddatda to’liq yoki qisman turagentlik uchun qulayroq o’z o’rinlaridan voz kechishga haqli. Biroq voz kechish belgilangan muddatdan kechiksa, buyurtmachi jarima to’lashga to’g’ri keladi. Odatda yumshoq bloklar juda kam qo’llaniladi, chunki u charterni ushlab turuvchiga hamma vaqt ham foydali emas. Charter reyslarga joy sotishning aralash usuli ko’proq tarqalgan. U o’zida yuqorida eslatilgan ikki variant elementlarini mujassamlashtirgan. Sotilayotgan blokka kiruvchi joylar umumiy soni, ma’lum proportsiyada ikki qismga bo’linadi, ulardan biri «qattiq», boshqasi «yumshoq» tizimi bo’yicha realizatsiya qilinadi. Milliy bozorda havo kemasini ijaraga beruvchi kompaniyalar sifatida ko’pchilik milliy avia tashuvchilar chiqishadi, ular ichki va xalqaro parvozlar huquqiga egalar. Bir qator davlatlarda ixtisoslashgan aviakompaniyalar tuzilgan, ular faqat charter aviatashishlarni amalga oshiradilar. Charter tashishlarning Yevropa geografiyasi yirik dam olish markazlariga tarqaladi (ayniqsa yozgi davrda). Ispaniya, Gretsiya, Kipr, Bolgariya, Italiya, Turkiya va boshqalar asosiy yo’nalishlar hisoblanadi. Download 0.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling