Ma’ruza mashg’uloti rejasi
Download 0.88 Mb. Pdf ko'rish
|
10.2-ma`ruza matni. Turizmda transport xizmatlari..doc
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’zbekiston aeroportlari.
- «TOSHKENT» Xalqaro aeroporti.
Aviatsion xavfsizlik.
Xavfsizlikni ta’minlash bir necha komponentlardan: texnikaning ishonchliligi va samaradorligi, ekipajning to’g’ri harakatlari, yo’lovchi va ekipaj hayotiga xavf soluvchi g’araz niyatli kishilar va xavfli yukni aeroport hamda kema sahniga kirish imkoniyatini oldini olishdan tashkil topadi.O’zbekistonda tashkil etilgan xavfsizlik tizimi aniq afzalliklarga ega. Birinchidan, uning bekam-ko’stligida. Ikkinchidan, aviatsion xavfsizlik va rejim- qo’riqlash tadbirlariga doir barcha masalalarni davlat o’z zimmasiga olgan. Aeroportlarni qo’riqlash, yo’lovchilar, ekipaj a’zolari, qo’l yuki, bagaj, yuk, bort ozuqasi hamda havo kemalari nazoratini aviatsiya xavfsizligi xizmatining maxsus bo’linmasi amalga oshiradi. Aviatsion xavfsizlikni ta’minlash xizmati AQSh va Buyuk Britaniyada ishlab chiqarilgan yangi uskunalar bilan jixozlangan. Bular: - interskoplar; - statsionar metall qidiruvchi uskunalar; - qo’l metall detektorlari; - statsionar va qo’l rentgen fotokomplekslari; - Portlovchi moddalar bug’ detektorlari va h.k. "Toshkent" aeroportini maxsus qo’riqlash bo’linmasi qo’riqlaydi. Barcha nazorat- o’tkazuv punktlari tekshiruv uskunalari bilan jihozlangan. O’zbekiston aeroportlari. O’zbekiston aeroportlari davlat transporti infratizilmasining muhim qismidan biri bo’lib, respublika shaharlari orasida hamda chet el mamlakatlari bilan tezkor bog’lanishni ta’minlaydi. "O’zbekiston havo yo’llari" Milliy aviakompaniyasi tarkibiga 12 aeroport kiradi. Ulardan beshtasi - Toshkent, Samarqand, Buxoro, Urganch, Termez xalqaro aeroport maqomiga ega. «TOSHKENT» Xalqaro aeroporti. Poytaxtning «Toshkent» aeroporti so’zsiz yetakchi aeroportdir. Yaqin chet el mamlakatlari aeroportlariga qaraganda geografik jihatdan juda qulay, yani MDH davlatlaridan Janubi-Sharqiy Osiyo, Yevropa va Amerikaga havo trassalarining kesishgan nuqtasida joylashgan. «Toshkent» xalqaro aeroporti dunyoning barcha katta shaharlari bilan havo yo’llari orqali bog’langan. U IKAOning ikkinchi kategoryasiga ega bo’lib, turli rusumdagi samolyotlarni qabul qiladi. 2001- yilda asosiy yo’lovchi terminalini ta’mirlash jarayonida markaziy yo’nalishlar aerovokzali ham zamonaviy usukunalar bilan jihozlanib, yangi qiyofaga ega bo’ldi. Aerovokzal soatiga mingdan ortiq yo’lovchilarga xizmat ko’rsatish imkoniyatiga ega bo’ldi. Har yil uning xizmatidan 2 milliondan ortiq yo’lovchi foydalanadi. Bundan tashqari aerovokzalda tranzit yo’lovchilar uchun alohida terminal va xizmat ko’rsatish shahobchalari ham mavjud. Vokzal yonidagi hududdan ham ratsional foydalanilib, avtomobillar uchun keng va qulay turar joylar qurib bitkazilgan. Shahar transportining qulay yo’nalishlari ham yo’lovchilarni poytaxtning istalgan joyiga olib boradi. Aerovokzal binosida O’zbekiston aholisi va mehmonlari uchun: - barcha qulayliklarga ega keng va yorug’ kutish zallari; - tunu-kun ishlaydigan pasport, bojxona, chegara xizmatlari ; - ma’lumotlar xizmati; - bagaj jo’natishning yangi konveyr tizimi; - xalqaro telefon aloqasi; - bilet sotish va bronlashtirish kassalari; - Dyuti-Free savdo shahobchasi; - restoran, bar, «bir zumda» ovqatlanish punktlari; -valyuta almashtirish shahobchalari; - VIP zali (yuqori martabali kishilarga xizmai ko’rsatish); - KIP zali (yuqori qulayliklarga ega) joylashgan. Uchinchi qavatda «British Airvays», «Asian Airvays», «Aeroflot» va bir qator chet el aviakompaniyalari vakolatxonasi ofislari joylashtirilgani yo’lovchilar uchun qo’shimcha qulayliklar yaratadi. O’ylab rejalashtirilgan ishlar aeroportning samolyotga olib boruvchi keng va yorug’ galereyalarida o’z aksini topdi. Galereyadan yo’lovchilar teleskopik trap orqali havo kemasi sahniga o’tadilar. Mahalliy yo’nalishlar terminali binosi ham barcha qulayliklarga ega. Bu yerdan siz respublikamiz shaharlari, bo’lmish Samarqand, Buxoro, Xiva hamda viloyat markazlariga borishingiz mumkin. Mamlakatimizning bosh aeroporti dunyoning 30dan ortiq aviakompaniyalariga xizmat ko’rsatayapti. Bu yerda har kuni o’nlab bortlar yonilg’i bilan ta’minlanadi. «Toshkent» aeroportini rivojlantirish istiqbolli rejasida uni mintaqalararo yo’lovchi, yuk tashuvlari amalga oshiruvchi xalqaro markazga aylantirish mo’ljallangan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling