Ma’ruza mashg’uloti rejasi


Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/29
Sana22.04.2023
Hajmi0.88 Mb.
#1377170
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   29
Bog'liq
10.2-ma`ruza matni. Turizmda transport xizmatlari..doc

«NAMANGAN» aeroporti. 
Farg’ona vodiysining shimoli-sharqiy qismida 
Namangan viloyatida joylashgan. 
Namangan aeroporti kunu-tun xizmat ko’rsatib, "O’zbekiston havo yo’llari" 
Milliy aviakompaniyasi hamda MDH davlatlari kemalari uchun «zahira»
aeroportri vazifasini o’taydi. Namangan aeroportidan texnik jihatdan yordam 
beruvchi aeroport sifatida foydalanish mumkin. Bu yerda havo kemalariga yer 
ustida xizmat ko’rsatishning barcha turlari, yo’lovchi va yuk tashuvlariga tijoriy 
xizmat ko’rsatish va unga taaluqli qo’shimcha xizmatlar ham amalga oshiriladi.
Boing-767/757, A-310, Il-62, Il-76TD, TU-154, RJ-85 hamda boshqa
rusumli havo kemalari qabul qilinadi. Aerovokzal soatiga 200 yo’lovchiga xizmat 
ko’rsatish imkoniyatiga ega. Hozirgi paytda «Namangan» aeroportidan Toshkent
Moskva, Sankt-Peterburg shaharlariga qatnovlar amalga oshiriladi. Hozir 
yo’lovchilarga xizmat ko’rsatishni zamonaviy talablar va "O’zbekiston havo 
yo’llari" nufuziga taalluqli darajaga ko’tarish maqsadida aerovokzal majmuasi 
qayta ta’mirlanayapti.
«NUKUS» aeroporti. 
«Nukus» aeroporti - Qoraqalpog’iston respublikasi 
«havo darvozasidir». Bu yerdan har kuni Toshkent shahri, viloyat markazlari, 
Moskva va MDHning boshqa shaharlariga 20dan ortiq muntazam qatnovlar 
amalga oshiriladi. Aeroport "O’zbekiston havo yo’llari" aviakompaniyasi 
foydalanayotgan barcha havo kemalarini qabul qiladi. Qayta ta’mirlashning 
birinchi bosqichi amalga oshrilgandan so’ng o’zgacha qiyofaga ega bo’ldi. Havo 
aloqalari agentliklari, rasmiy delegatsiyalarga xizmat ko’rsatish zali binosini o’z 
ichiga olgan yangi aerovokzal majmuasi qurib bitirildi. Tekshiruv-nazorat punkti
binolari ham qurilib, ishga tushirildi. Havo kemalaridan muntazam va xavfsiz 
foydalanishni ta’minlovchi, IKAO standartlariga mos zamonaviy uskunalar 


o’rnatildi. «Nukus» aeroporti yaqin kelajakda «xalqaro» maqomga ega bo’lib, chet 
el aviakompaniyalari samolyotlarini qabul qilish imkoniyatiga omil yaratadi.

Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling