Ma’ruza mashg’uloti rejasi
Download 0.88 Mb. Pdf ko'rish
|
10.2-ma`ruza matni. Turizmda transport xizmatlari..doc
- Bu sahifa navigatsiya:
- «FARG’ONA» aeroporti.
- "ANDIJON" aeroporti.
«NAVOI» aeroporti.
«Navoi» aeroporti 1962 yilda cho’l o’rtasida barpo etilib, uning hududi gullayotgan oazisga aylantirilgan. Aeroport «AN-24», «YaK-40» hamda «IL-114», «RJ-85» kemalarini qabul qilish imkoniyatiga ega. 2004 yildan buyon aerodromni zamonaviylashtirish va ta’mirlash ishlari olib borilayapti. Rejadagi ishlar amalga oshirilgandan so’ng barcha rusumdagi havo kemalarini qabul qilish imkoniyatiga ega bo’ladi. Aeroport barcha kerakli zamonaviy texnik uskunalar bilan jihozlangan. Deputatlar va VIP yo’lovchilarga xizmat ko’rsatish zallari, ona va bola xonasi, bufet, tibbiy punkt joylashgan zamonaviy aerovokzal yo’lovchilar xizmatida. Bu yerda aloqa va transport xizmatlari ham ko’rsatiladi. «Navoiy» aeroporti O’zbekiston Janubiy Koreya davlatlari o’trasidagi kelishuvga asosan kelajakda erkin industrial hududga aylantiriladi. «FARG’ONA» aeroporti. Aeroport 1938 yilda qurilgan. U bugungi kunda "O’zbekiston havo yo’llari" milliy aviakompaniyasi foydalanayotgan barcha havo kemalariga xizmat ko’rsatadi. «Farg’ona» aeroportidan Toshkent, Nukus, Moskva, Qozonga muntazam qatnovlar, boshqa shaharlarga esa tijoriy talablarga asosan qatnovlar amalga oshiriladi. Qabul qilingan umumaviatsiya standartlariga binoan yo’lovchilarga: bilet sotish va bronlash, qatnovlarga ro’yxatdan o’tkazish kabi xizmatlar ko’rsatiladi. O’rnatilgan zamonaviy uskunalar bojxona va chegara nazoratidan o’tish jarayonini tezlashtiradi. Zalda valyuta almashtirish punkti, bufet, yodgorliklar kioskasi, pochta hamda alohida binoda joylashgan VIP-klass yo’lovchilariga xizmat ko’rsatish zallari mavjud. «Farg’ona» aeroporti kelgusida «xalqaro» maqomiga ega bo’lish istiqboliga ega. "ANDIJON" aeroporti. “Andijon” aeroprti "O’zbekiston havo yo’llari" milliy aviakompaniyasi tarkibiy qismlaridan biridir. Aerovokzal majmuasi soatiga 250-300 yo’lovchiga xizmat ko’rsatish imkoniyatiga ega. Aerport turli rusumdagi havo kemalari – Boing 757-200, Tu-154, RJ-85, IL-114, An-24, Yak-40, An- 12,IL-76 yuk kemalari va 3-4 klass samolyotlarinin qabul qiladi. Andijondan muntazam va buyurtma qatnovlar hamda mahalliy va xalqaro (MDH) yo’nalishlarda, xususan Moskva, Novosibirsk, Tyumen, Omsk, Toshkentga yuk tashuvlari amalga oshiriladi. Yo’lovchi va mijozlarga xizmat ko’rsatish uchun aeroportda: - yo’lovchilar uchun kutish zali; - tranzit yo’lovchilar uchun kutish zali; - xalqaro yo’nalishlar (MDH) yo’lovchilari uchun kelish va ketish zali; - VIP zal; - ona va bola xonasi; - tibbiyot punkti; - valyuta almashtirish punkti; - bar; - chegara va bojxona, aviatsiya xavfsizligi xizmatlari mavjud. “Andijon” aeroporti bosqichma-bosqich zamonaviylashtirish va ta’mirlash reja loyihasiga kiritilgan. Aeroportni yangilash bo’yicha ishlarning bir qismi amalga oshirildi. Havodagi harakatni boshqarish xizmatining yangi binosi, o’t o’chirish deposi, aerovokzal majmuasi intereri ta’mirlanib, yangi VIP zal ochildi, havo kemalariga xizmat ko’rsatadigan maxsus texnika va transport vositalari olindi. Keyingi bosqichda aeronavigatsiya tizimi va meteorologiya uskunalarini zamonaviylashtirish, HHB dispetcherlari uchun avtomatlashtirilgan ish joylari, eskirgan yorug’lik signal jihozlarini yangilash hamda HHB ob’ektlarini elektr bilan ta’minlash tizimini, qo’riqlash xizmati binosi va aerodrom ustki qoplamasini ta’mirlash ko’zlangan. Bu parvozlar xavfsizligi ta’minlash hamda yo’lovchilarga xizmat ko’rsatish darajasini xalqaro standartlarga yaqinlashtirishga imkoniyat yaratadi. Download 0.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling