Ma’ruza mashg’uloti rejasi


“O’zaviatexta’minot” moddiy-texnika ta’minoti majmuasi


Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/29
Sana22.04.2023
Hajmi0.88 Mb.
#1377170
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   29
Bog'liq
10.2-ma`ruza matni. Turizmda transport xizmatlari..doc

“O’zaviatexta’minot” moddiy-texnika ta’minoti majmuasi.
"O’zbekiston 
havo yo’llari" Milliy aviakompaniyasining tashkiliy tizilmalaridan biri bo’lib, 
moddiy-texnika bilan ta’minlovchi korxona sifatida 1938- yildan beri faoilyat 
ko’rsatadi. U O’zbekiston Milliy aviakompaniyasining barcha tashkiliy 
tizilmalarini moddiy-texnika bilan ta’minlaydi. 
Yuk-pochta tashuvlarini tashkil qilish xizmati. 
“Toshkent” aeroporti Yuk-
pochta tashuvlarini tashkil qilish xizmati 33600 kv.metr maydonni egallaydi. 
Bu yerda: 
-yuklarni saqlash uchun usti yopiq angarlar (umumiy maydoni 4584 kv.m); 
-bojxona yuklarini saqlash uchun usti yopiq angarlar (240 kv.m); 
-xavfli va radioaktiv yuklarni saqlash uchun alohida xonalar (217 kv.m); 
-muzlatgich kameralari; 
-qimmatbaho yuklarni saqlash uchun binolar; 
-4-bojxona posti; 


-Syes xizmati; 
-O’zbekekspertiza; 
-valyuta almashtirish shoxobchasi va boshqalar joylashgan. 
Muntazam bo’lmagan qatnovlar.
"O’zbekiston havo yo’llari" milliy 
aviakompaniyasi o’zining doimiy mijozlariga IL-76, Boing-757, Boing-767, A-310 
havo kemalarida charter asosida yo’lovchi va yuk tashuvlarini taklif etadi.
Parvozlar geografiyasi Yangi Zelandiyadan Atlantika sohillarigacha 
kengaytirilgan.
"O’zbekistan airvays techniks" aviakorxonasi: 
"O’zbekistan Airvays 
Techniks" aviakorxonasi "O’zbekiston havo yo’llari" Milliy aviakompaniyasining 
yirik korxonalaridan biri bo’lib, Markaziy Osiyo va MDH davlatlarida yagona 
aviata’mirlash zavodidir. 1924- yilda tashkil etilgan zavod samolyotlar, dvigatellar 
va komponentlarni ta’mirlash va texnik xizmat ko’rsatishning 80 yillik tarixiga 
ega. AK o’z faoliyati davomida havo kemalarining 32 turi, aviadvigatellarning 23 
xillarini ta’mirlash ishlarini o’zlashtirib, amalga oshirgan.
1997-yilda aviakorxona bazasida Markaziy Osiyo mintaqasida g’arbda ishlab 
chiqarilgan samolyotlarga texnik xizmat ko’rsatuvchi yagona Markazi tashkil 
etildi.
«O’zbekistan Airvays Techniks» aviakorxonasi MDH, Xitoy, BAA, Eron, 
Suriya, Hindiston, Kuba, Jazoir, Slovakiya, Chexiya, Misr, Koreya, Polsha 
mamlakatlari aviakompaniyalari bilan sharqda ishlab chiqarilgan samolyot va 
dvigatellarni ta’mirlash ishlarida hamkorlik qiladi.

Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling