Maruza mashg’ulotining xronologik xaritasi Ishlash boskichlari, vaqti Faoliyat mazmuni O’qituvchining Talabaning


Download 380.25 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/12
Sana28.12.2022
Hajmi380.25 Kb.
#1021876
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
1-ma\'ruza

Videokarta. Monitor bilan bitta tizimni tashkil qiluvchi qurilma (karta) bo’lib asosiy vazifasi, 
monitor ekranidagi tasvirlarni maxsus signallar orqali mashina kodlariga aylantirib
kompyuter xotirasiga yozish va aksincha kompyuter xotirasidagi shunday kodlarni tasvirlarga 
aylantirib monitor ekraniga uzatishdir. 
Asosiy ko’rsatkichlaridan biri – videoxotiralarining (VideoRAM ning) sig’imidir. Bundan 
tashqari, ikki o’lchovli (2D) va uch o’lchovli (3D) tasvirlar bilan ishlay olish xususiyatlari bilan 
ham farqlanadi.
Audiokarta. Audiokolonkalar bilan bitta tizimni tashkil qiluvchi qurilma (karta) bo’lib asosiy 
vazifasi, mikrofondan kiritilayotgan ovozli ma’lumotlarni maxsus signallar orqali mashina 
kodlariga aylantirib kompyuter xotirasiga yozish va aksincha kompyuter xotirasidagi shunday 
kodlarni ovoz to’lqinlariga aylantirib aylantirib audiokolonkalarga uzatishdir. 
Aktiv va passiv audiokartalarga bo’linadi. Bundan tashqari, bir o’lchovli (mono), ikki 
o’lchovli (stereo) va uch o’lchovli (hajmiy) ovozli ma’lumotlar bilan ishlay olish xususiyatlari 
bilan ham farqlanadi.
Monitor. Videokarta bilan bitta tizimni tashkil qilib, foydalanuvchining kompyuter bilan 
muloqot qilishiga xizmat Qiluvchi asosiy vositadir. Chunki, foydalanuvchining kompyuterga 
atalgan barcha ma’lumotlari hamda buyruqlari ham, kompyuterning foydalanuvchiga atalgan 
ma’lumotlari ham, kompyuterning ishlash jarayonini aks ettirib boruvchi ma’lumotlar ham aynan 
shu qurilmaning ekranida aks etib boradi. Bu jarayonlar, shunday qulay va ko’rgazmali tarzda 
kechadiki, foydalanuvchida u bilan kompyuterning boshqa qurilmalari emas faqat monitor 
ishlayotgandek taasurot tug’iladi. Elektron-nur trubkali, suyuq krisstalli va plazmali monitorlar 
monitorlar ishlab chiqarilgan. Hozirda, kelajak monitorlari - biologik monitorlarni yaratish ustida 
tadqiqotlar olib borilmoqda. 
Klaviatura. Kompyuterga ma’lumotlarni, buyruqlarni kiritishga xizmat qiluvchi qurilma 
bo’lib, bu ma’lumot va buyruqlar uning maxsus tugmachalari (klavishlari) yordamida kiritiladi. 
Vazifalariga 
ko’ra 
klaviatura 
tugmachalari 
harfli 
(harflarni 
va
Vazifalariga ko’ra klaviatura tugmachalari harfli (harflarni va imloviy belgilarni kiritish uchun), 
raqamli-belgili (raqamlarni hamda maxsus belgilarni kiritish uchun), funksional (ayrim amallarni 
bajaruvchi buyruqlarni kiritish uchun), maxsus (maxsus buyruqlarni kiritish uchun) va Windows 
tugmachalari (Windows buyruqlarini kiritish uchun) kabi guruhlariga bo’linadi. Eng ko’p 
tarqalgan turlari oddiy, ko’p funksionalli, ergonomik, infraQizil, radio va elastik klaviaturalardir.

Download 380.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling