Ma’ruza mashg`ulotlari 1- mavzu: “Kasbiy ma’naviyat” fanining maqsadi, vazifasi va jamiyat hayotidagi ahamiyati Reja
Uyg‘onish davri Sharq xalqlarida ilm-fan, falsafa va ta’lim
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
КАСБ МАЪНАВИЯТИ УМК
3.2. Uyg‘onish davri Sharq xalqlarida ilm-fan, falsafa va ta’lim
Markaziy Osiyo xalqlari, insoniyat sivilizatsiyasi va taraqqiyotining ilk davri X-XII va ikkinchi bosqichi XIV-XV asrlarda Sharq Uyg‘onishi yuzaga keldi. Bu zamonda Markaziy Osiyo, Yaqin va O‘rta Sharq xalqlari madaniyati falsafa, fan, badiiy adabiyot, musiqa, me’morchilik va san’atning o‘xshash hamda o‘zaro uyg‘un va o‘zaro aloqadorligi namoyon bo‘ladi. Barcha davrlarda inson va jamiyat o‘rtasidagi odob, axloq, ma’naviy, madaniy munosabatlar siyosiy, huquqiy va iqtisodiy mezonlar asosiga qurilgan. Ayniqsa, sharq xalqlari, xususan, Markaziy Osiyo xalqining milliy hamda umuminsoniy munosabatlar asosini ma’naviy-madaniy odob-axloq tashkil etgan. Sirdaryo va Amudaryo ikki daryo oralig‘i hamda shimoliy-sharqiy Xuroson hududlarida yuz bergan yuksalish jarayonini chetlab o‘tib, ushbu taraqqiyot bosqichi haqida deyarli ma’lumotlar uchramasligi ajablanar-lidir. Keltirilgan ba’zi misollar ham qadimgi grek va rim olimlarining asarlaridagi uzuq-yuluq fikr va qarashlar, parchalarga tayanadi, xolos. “Yomon tarbiyachi o‘z ta’limi bilan ilohiy so‘zlarni teskari qiladi va tiriklik idrokini harob aylaydi. Haqiqatda, u odamlarni rostlikning bebaho sarmoyasidan va ezgu niyatdan bahrasiz aylaydi. “Ey, ilm olmoq niyatida uzoq-yaqindan kelgan insonlar! Alhol barchan-giz quloq solingiz, mening oshkora so‘zlarimni tinglangiz va yodingizda mahkam saqlangiz : Yomon tarbiyachi hech qachon hayotingizni tubanlashtirmasin, devparast durvandlar avraguvchi til bilan sizlarni gumroh qilmasin. 34 Bunga sabab nima? Milloddan avvalgi IV asrdan u yoki bu xalq yoki ulkan imperiyalarning ta’si-rida qo‘l ostida bo‘lgan aholi, qabila, millat va elat vakillari o‘zining mil-liy o‘zlik, ma’naviyat va madaniyatini saqlab qolishi har bir davr uchun ulkan jasorat va matonatdir. Bosqinchilar tomonidan o‘zining yuksak salohiyati, ma’rifati va taraqqiyot natijalari mahsulini saqlashiga nisbatan b kelgan yuksak madaniyati, san’ati, yo‘qotishga harakat qilishgan. o‘z madaniyatini majburan sindirishga bo‘lgan intilish natija-sida xalqimizning nodir, bebaho yodgorliklari tanazzulga uchrab, ular haqidagi ma’lumotlar deyarli saqlanmaganligi tabiiydir. 33 Ўзбек педагогикаси антологияси. 1 жилд. – Т.: “Ўқитувчи”, 1995. 11–28-бетлар. 34 “Авесто”.Тарихий-адабий ёдгорлик. А. Маҳкам таржимаси –Т.: Шарқ нашриёти- матбаа концерни. 2001.12,17,14,22-бетлар. 34 “...U kunning ibtidosi va intihosida, u tunning avvali va oxirida bilim olmog‘i, tafakkur va donishga limmo-lim bo‘lmog‘i, nihoyat ashavanlik yo‘lida shunday manzilga yetmog‘i kerakki, ilohlar sha’niga hamdu sanolar aytsin, ularni ezgu kalomlar bilan ardoqlasin. Va shu yo‘sinda o‘z bilimini ziyoda qilsin”. “…U kunning o‘rtasi va tunning o‘rtasida juda rohatlanib, orom olmog‘i, shundan so‘ng ilm ortidan shu qadar jiddu-jahd etmog‘i kerakki, o‘tmish donishmandlar qoldirgan hamma narsani jonu dildan o‘rganib olsin” Dastlab eroniy qabilalarni birlashtirgan Ahmoniylar, Arshakiylar sulolasi, so‘ngra Aleksandr Makedonskiy boshchiligida yunon qo‘shinlari tomonidan ikki daryo oralig‘i hududlarining bosib olinishi, xalq tomonidan to‘plangan madaniyat xazinalari injularining talon-taroj qilinishi hamda yo‘qotilishiga olib kelgan bo‘lsa, keyinchalik, arablar bosqini natijasida asrlar davomida jamlangan ulkan madaniy- ma’rifiy, diniy yodgorliklar, san’at asarlari-ning uzul-kesil yangi islom madaniyati ahkomlari bilan almashuviga sabab bo‘ldi.” 35 Shu sababdan odob va axloqiy me’yor tarzda ayni hozirgi paytda ma’na-viy tushunchalar sifatida e’tirof etiladi. Zotan, odob-axloq insof va adolat, iymo-e’tiqod va halollik, mehr-oqibat hamda muruvvat, saxovatli-lik, bag‘rikenglik, rahmdillik, mehribonlik va g‘amxo‘rlik singari ma’naviy, madaniy hamda qadriyat kabi tushunchalar, inson umri, hayotiy faoliyatida yuzaga chiqaradigan ma’naviy hodisadir. Umuman olganda, inson va jamiyat, insonning tabiat va jamiyatdagi o‘rni, komil insonni tarbiyalashda ta’lim va tarbiyaning o‘rni va ahamiyati, oilada axloqiy madaniyatni takomillashtirish masalalari ilmiy-nazariy ta’limotlardagina emas, balki falsafiy didak-tik va badiiy asarlarda ham keng talqin qilindi. Markaziy Osiyoni eramizdan avvalgi IV asrlarga kelib, Aleksandr Makedonskiy tomonidan bosib olingach, dastlab mahalliy aholi o‘rtasida turli qarshiliklar yuzaga kelgan biroq, vaqtlar o‘tib xududimizda grek va yerli xalqlar o‘rtasida madaniy (diffuziya) qorishuvi vujudga keldi. Diffuziya (lotincha diffusio-singish, tarqalish)- molekula, atom, ion va kolloid zarralarning tartibsiz issiklik harakati natijasida bir modda-ning ikkinchi moddaga o‘z-o‘zidan o‘tishi, birining ikkinchisiga singib ketishidir. Diffuziya hodisasi gaz, suyuklik yoki qattiq jismlarda g‘am sodir bo‘ladi. 36 Yerli aholi madaniyatga grek madaniyati, afsonalari ma’lum darajada ta’sir ko‘rsatdi va aksincha, xalqlarimiz hayoti, afsonalari haqidagi ma’lu-motlar qadimgi grek mualliflarining asarlariga kirib bordi. Jumladan, Kliment Aleksandrskiy, Ksenofont, Strabon, Ptolomey va Gerodot asar-larida qadimgi xalqlarning turli madaniy-ma’naviy qadriyatlari, xalq qahramonlari: Tomaris, Sparetri, Zarina va Shiroq haqidagi ma’lumot hamda afsonalar keltiriladi. Demak, bu jarayon tarixiylikka ko‘ra salbiy hodisa deb baholansada biroq ma’lum ma’noda ijtimoiy madaniy hayot riojida ijobiylik kashf etgan. O‘tmish davr, xalqimiz madaniyati, ma’naviyati, jumladan, axloq, ma’rifat va ta’lim-tarbiya borasidagi fikrlari xalq og‘zaki ijodi, folk-lorshunosiligida turli din, 35 Абдуллаев К. Исломгача даврда миллий таълим-тарбия тараққиёти.-Т.: 2010. 36 Холмирзаев Х.Д. Маданиятшунослик асослари. Ўқув қўлланма.-Т.: ЎззМУ-2012, -Б -39.. 35 e’tiqod va tilda so‘zlashuvchi millat, xalqlar-ning an’analariga ham o‘z ta’sirini o‘tkazgan. Shunigdek, Go‘ro‘g‘li, Alpomish va Rustam haqidagi dostonlarda nafaqat xalqimizning balki, qadimgi Sharq va G‘arb xalqlarini ma’lum ma’noda urf- odatlari, ruhiyati va xulq-odob-larining ta’siriy ifodasini uchratishimiz mumkin. Bunday ma’lumotlar qadimgi sug‘d, manixey, xorazm va turkiy yozma manbalarida saqlanib qolgan-ligi ham uchraydi. Madaniyatshunoslik fanida bir voqea yoki aynan yoki o‘hshash tarzda takrorlanishiga nisbatan an’anaviylik deb aytiladi. Shu sababdan dunyo xalqlari og‘zaki ijodi, folklorshunosiligida o‘zaro uzviylik va milliy o‘ziga xoslik aks etadi. Jumladan, ilk uyg‘onish davriga kelib Markaziy Osiyoda xalifa-likning ta’siri susayib, mahalliy xukumron doiralarning ta’siri kuchayib bordi. Yerli feodallar, xususan Tohiriylar va Somoniylarning nufuzi kuchaydi, IX asr nihoyasida Markaziy Osiyo mustaqillikka erishdi- Somoniy-lar hukmronligi barpo bo‘ldi. Somoniylar davrida Rudakiy, Firdavsiy, al-Xorazmiy, al-Farg‘oniy, Abu Rayhon Beruniy va Abu Ali ibn Sino kabi mutafakkirlar ijod etganlar. Xorazmshohlar hukumronligida istiqomat qilgan, MuXammad Al-Xorazmiy o‘z davrigacha bo‘lgan Misr, Bobil, Hind, Xitoy va Greklarda aniq fanlar soxasida to‘plangan bilimlarni tahlil etishdan, matematikani metodikasini yaratdi. Jumladan, “Aljabr -al muqobala” asarida sonli kvadrat va chiziqli tenglamalar va ularni yechish yo‘llarini bayon etdi. Firdav-siy mashhur “Shohnoma”sini Mahmud G‘aznaviyga bag‘ishlangani haqida ko‘plab, qaydlar mavjud. Asar, O‘rta Osiyo va Eron xalqlarining milliy iftixori bo‘lib, asarni tadqiqotchilar tomonidan barcha davrlar uchun badiiy fikr xazinasi, ummondek tubsiz manba deb baholangan. “...Aql qalb posboni-aql yana uch qo‘riqchi: til, ko‘z, quloqning ustidan ham posbonlik qiladi.. Zero, ezgulik va yovuzlik aynan ana shu uch a’zo orqali qalbga kirib boradi...” Dostondan keltirilgan pachadan ma’lumki, doston nafaqat mukammal tartibga solingan balki, badiiy kompozitsiyasi ham juda puxta uylangan. Mazkur dostoni yaratishda Firdavsiy, teran falsafafiy mushohada va fikr egasi sifatida asar voqealarida ijtimoiy masalalarni yechish, hal etishda betakror xarakterni nafis chizgi(peyzaj)lar bilan bir qatorda dahshatlik jang sahnalaridan ham o‘rinli foydalangan. Agar Ibn Sinoni ko‘proq tibbiyot sohasidagi asarlari bilan tanigan bo‘lsak, qomusiy allomaning “She’r san’ati” asarida Arastu “Poetika”sini sharhlab, badiiy adabiyot janrlari, undagi so‘zning o‘rni va mohiyati to‘g‘risidagi fikrlari bilan tanishamiz. “She’r deb obrazli so‘zlardan iborat bo‘lgan ritmli, bir-biriga muvofiq iboralardan tarkib topgan hamda misralar bir-biriga teng, vaznlari qaytariladigan, oxirgi tovushlari bir-biriga o‘xshash satrlarga aytiladi. She’r taqlidiy fikr natijasi o‘laroq uch xil yo‘l bilan yuzaga keladi. Birinchisi laqn- uyg‘unlik, undan keyin kalom- so‘z keladi (bunda albatta timsolli obrazli so‘z nazarda tutiladi). Uchinchisi vazn. Mana shu uch yo‘lning bir-birga mos kelishi natijasida she’r paydo bo‘ladi. Yo‘qsa ko‘ngildagidek she’r yaratish mumkin emas”. 37 37 Ҳаққулов И. Сўзда маъно, мазмун ва нафосат. // -Т.: Тафаккур. 2012. № 3, -Б. -39.48. 36 Markaziy Osiyoda Islom dini keng quloch yozishi tufayli, Qur’oni karim yozilgan arab tili, arab dunyosi, bu tilda yaratilgan madaniy-ma’naviy boyliklar, tarjimalar qadimgi islom ilmiy-madaniy boyliklaridan bahra-mand bo‘lishga olib keldi. Qadimgi va o‘rta asrda Eron madaniyati, she’ri-yatini chuqur o‘rganish, imlo, talaffuz va ohang jihatidan arab tiliga yaqin bo‘lgan fors tili madaniy aloqalarni rivojlantirish imkonini berdi. O‘rta Sharq va Qoshg‘ardagi tarixi bir bo‘lgan turkiy tilli qabilalar bilan yaqin aloqada bo‘lish, bu davr rivojlangan ko‘p tillilik madaniyati-ning muhim xususiyati va sabablaridan biridir. Bu davrda kelib, Markaziy Osiyoda arab, fors va turkiy tillardagi dastlabki she’riy asarlar vujudga keldi. Davriy ma’naviy, madaniy yuksalish to‘g‘risida fikr yurtiganda ta’lim, tarbiya va milliy qadriyatni uyg‘onish davriga xos hamda mos bo‘lgan madaniy yuksalishni xarakterli tomonlarni qayd etib o‘tish mumkin. “Fors-tojik klassik adabiy merosi bo‘lmish Firdavsiy, Hayyom, Hofiz, Sa’diy, Jomiy va boshqalarning asarlari bir necha asrlar davomida butun Markaziy Osiy xalqlari uchun ma’lum darajada umumiy bo‘lib keldi hamda ozarbayjonlik shoir va mutafakkir Nizomiy, amir Xusrav Dehlaviy-larning ijodiy ta’siri ostida o‘zbek shoirlari va mutafakkirlarining eng yaxshi asarlari vujudga keldi”. 38 Imom G‘azzoliyning “Ihyon ulum ad(Din haqidagi ilmlarning tiri-lishi) din” asarida estetikaga keng o‘rin berilgan. G‘azzoliyning estetika qarashlarida o‘simlik, hayvon va insonning tashqi olamga bo‘lgan munosabati, insondagi nozik his, tuyg‘u, did va nafosat hissining mavjudlik muammo-siga, shaxsning go‘zallikka munosabati, nisbiy va mutloq go‘zallik, ibodat bilan san’atning farqi singari masalalarga to‘xtalib o‘tadi. Axloq, odob va munosabat inson tarbiyasining asosiy maqsad, mezoni deb bilish, insonning adolat, yuksalish va ma’naviyatga intilishiga yo‘l ochib, imkoniyat yaratadi. Aql, axloq va ma’naviyat borasida yetuk bo‘lish, komil insonni tarbiyalash, insonparvarlik, vatanga sadoqat hamda bag‘rikenglik ruhida tarbiyalashda muhim omildir. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling