Ma’ruza mashg`ulotlari 1- mavzu: “Kasbiy ma’naviyat” fanining maqsadi, vazifasi va jamiyat hayotidagi ahamiyati Reja


“Kasbiy ma’naviyat” fanining ob’ekti


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/71
Sana19.12.2022
Hajmi1.67 Mb.
#1033657
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71
Bog'liq
КАСБ МАЪНАВИЯТИ УМК

“Kasbiy ma’naviyat” fanining ob’ekti-yaxlit pedagogik jarayon, ya’ni 
pedagogni o‘zi egallagan bilimlarini ta’lim-tarbiya jarayoniga izchil tadbiq etishidir. 
1
“Маънавий-маърифий ишлар тизимини тубдан такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида”.
ПҚ-5040-
сон 2021 йил 26 март.
2
Мирзиёев Ш.М. Миллий тараққиёт йўлимизни қатъият билан давом эттириб, янги босқичга 
кўтарамиз.-Т.: “Ўзбекистон” НМИУ,2017.-27-б. 



Shunigdek, ko‘p millatlik xalqimizning tarixiy evolyusiyasida vujudga kelgan 
moddiy va nomoddiy madaniy va ma’naviy merosi til, bilim, ta’lim-tarbiya, qadriyat 
hamda an’analari ham uyg‘un tarzda xizmat qiladi. 
Fanning maqsadi shaxs sifatida jamiyat, millat va xalq manfaatlari bilan 
mushtarak bo‘lgan komil insoni tarbiyalash jarayonini tadqiq etishdan iborat. Biroq, 
ma’naviyat so‘zi keng ma’noli bo‘lib, imon-e’tiqodi butun, irodasi baqquvat, erkin 
fuqaro 
ma’naviyatini shakllantirish va jamiyat ma’naviy salohiyatini 
rivojlantirishdan iborat.
Har bir shaxs, o‘zi buni chuqur idrok qiladimi, yo‘qmi, qat’i nazar, biror elat 
yo millatga mansub bo‘lmay iloji yo‘q, hech bir inson eldan butkul ajralib 
yashamaydi. Prezidentning g‘oyatda hikmatli iborasi bilan aytganda, har bir inson 
“o‘zini xalqining bir zarrasi deb sezgandagina, u haqda o‘ylab, mehnat qilib 
yashagandagina ma’naviyat bilan tutashadi”.
3
Darhaqiqat, har bir insonning ma’naviy dunyosi o‘ziga xos hududsiz bir olam. 
Ammo har bir inson muayyan bir jamiyatda, muayyan bir insonlar jamoasi ichida 
yashaydi, muayyan bir millatga mansub bo‘ladi. Tabiiyki, har bir alohida inson 
o‘sib-ulg‘ayar ekan, unga atrof-muhitida yashayotgan insonlarning ta’siri bo‘ladi. 
Insonning ma’naviy kamoloti ayni shu muhitning ta’siridan boshlanadi. 
“Kasbiy ma’naviyat” fani ijtimoiy gumanitar fan sifatida dialektik, qiyoslash 
va taqqoslash (kuzatish, tarixiy yondashish va mantiqiy yonda-shuv), emperik-
sotsiologik (sintez, abstraktlash va umumiylik), umumpedagogik (majmuaviy 
diagnostika natijalarining tahlili), nazariy, axloqiy (ayrim guruh yoki shaxs xulqini 
kuzatish), izohlash metodi, diagnostika metodi, axborot yig‘ish va tahlil(fan 
yutuqlaridan foydalanish) etish metodidan keng va unumli foydalanadi. 
“Kasbiy ma’naviyat” fani kategoriyalari qo‘yidagilardan iborat: Peda gog 
shaxsning o‘z-o‘zini anglashida avvalom bor, u o‘zini ma’lum bir millat yoki xalqqa 
daxldorlik xissini anglab yetish lozim. Shaxsda bunday burch va mas’uliyatni xis 
etish birinchi navbatda davlat hamda umummilliy manfaatlarni o‘z manfaatlaridan 
ustun qo‘yish bilan belgilanadi. 
“Kasbiy ma’naviyat” fani mazmun-mohiyatiga ko‘ra ijtimoiy-gumanitar va 
pedagogika fani bilan uyg‘un tarzda rivojlanib, pedagog shaxsining kasbiy hamda 
ma’naviy darajasini shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgan. Shu sababdan 
Kasbiy ma’naviyat fani jamiyat rivojiga bevosita va bilvosita daxldor bo‘lgan: 
falsafa, tarix, madaniyatshunoslik, ma’naviyat asoslari, sotsiologiya, psixologiya, 
iqtisod va pedagogika kabi bir qator ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan o‘zaro 
uzviylikda shakllanadi. Jamiyat (sotsiym) va shaxs(individ) o‘rtasidagi munosabat 
tushunchasi shaxsning ma’na-viy o‘zligini anglashi tufayli o‘z shaxsiy hamda kasbiy 
faoliyatiga nisbatan mas’ulyatni his qiladi. Bu tarzdagi yondashuv nafaqat uning o‘zi 
va jamiyatga nisbatan balki, kasbiy faoliyatiga ham ilmiy-amaliy hamda islohiy 
o‘zgarishlar sodir etib, yangicha fikrlash asoslarini egallashga zamin yaratadi.
Har qanday shaxs(individ) avvalo jamiyatda o‘z o‘rniga ega bo‘lishi uchun 
inson, shaxs sifatida ma’naviy-intellektual yetuk shaxs bo‘lib shakllanishi lozim. 
3
Каримов. И.А. Танланган асарлар. 1-жилд, -Б. 81 



Demak, “Kasbiy ma’naviyat” fanining asosiy kategoriyalari: Shaxs kamo-
lotini ta’minlash, ta’lim va tarbiya borasida samaradorlikka erishish jarayonlarning 
umumiy mazmuni yoritadi. Eng muhim kategoriyalar sifatida: shaxs, tarbiya, ta’lim 
(o‘qitish, o‘qish), bilim, ko‘nikma, malaka, kompetensiya, ma’lumot, shakllantirish 
va rivojlantirishdek avvalo har bir shaxsda bo‘lishi lozim bo‘lgan sifatdir. Ammo, 
pedagog shaxsi uchun nafaqat umume’tirof etilgan insoniy sifatlar balki kasbiy 
odob-ahloq va ma’naviy sifatlarni ham egallashi lozim bo‘ladi.
Kasb- insonning mehnat faoliyati, doimiy mashg‘uloti turi, muayyan ish turini 
malakali bajarishga imkon beradigan bilim, mahorat va tajribani talab etadi. Kasb 
avvalo inson shaxsining imkoniyatlarini namoyon etuvchi omil bo‘lib, birlamchi 
jarayonda inson, shaxsning avvalo o‘ziga va qolaversa jamiyatga ham manfaat 
keltirishi kerak. Odatda kasblar turlicha bo‘lish bilan bir qatorda insoniyat 
ibtidosidan hozirga kunga qadar shakllanib, zamonaviy qiyofa kashf etish bilan birga 
takomiliga yetgan kasblar ham mavjud. Ammo, ayrim kasblar o‘z o‘rnini esa yangi 
zamonaviy kasblar egallagan, odatda, inson, shaxsning kasbi asosiy tirikchilik 
manbai hisoblanadi. 
Ustoz, murabbiylik kasbi Sharqda juda qadim zamonlardan buyon mavjud 
bo‘lib, har bir sohaning yetuk sohibiga shogird tushib, kasb sirlarini o‘rga-nish bilan 
birga kasbga doir ahloq-odob va muomila madaniyatini ham egal-langan. Chunki 
inson faqat ta’lim va tarbiya tufayligini hayotini davom ettirib, rivojlantira oladi. 
Tamaddunning Ossuriya, Bobil, Misr, Turkis-ton, Hindiston va Xitoy singari 
qadimiy o‘choqlaridan topilgan tarixiy madaniy obidalar bu o‘lkalarda ustoz, 
o‘qituvchilik kasbi juda qadim zamon-larda shakllanganligini ko‘rsatadi. Bu 
davrlarda eng oqil, tajribali kishi-lar o‘qituvchilik kasbi bilan shug‘ullanishgan va 
ular boshqalarga qaraganda katta imtiyozlarga ega bo‘lishgan.
4
Tabiiyki, “Kasbiy ma’naviyat” fanini rivojlantirish uchun hozirgacha 
pedagogika va ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasida ytg‘tlgan nazariy-meto-dologik 
manba asosida ma’naviyatni tarixiy, falsafiy va madaniyatshu-noslik fani nuqtai 
nazardan atroflicha o‘rganish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini yangi bosqichga 
ko‘tarishni taqozo etadi. Avvalo, bu sohadagi mavjud bilim va tushunchalar bazasini 
sistemalashtirish 
“Kasbiy ma’naviyat” soxa-sidagi ilmiy-amaliy ishlar 
samaradorligini oshirishning asosiy sharti va garovi bo‘lishi shubhasiz. 
Ilm ma’rifatga bo‘lgan intilish ijtimoiy mafkura shakllaridan biri, muayyan 
millatning etnosotsial birligi sifatida mavjudligi va rivojla-nishi, erkin va ozod 
taraqqiyotni asoslash hamda ta’minlashdir. 
Haqiqatan ham din ma’naviy madaniyatning tarkibiy qismi sifatida asrlar 
davomida halqlar uchun nafaqat diniy ta’limot, e’tiqod vazifasini o‘tagan, balki 
turmush tarziga aylanib, o‘zining muayyan qadriyatlarini kishilar ongi va shuuriga 
singdirib kelgan o‘ziga xos dunyoqarash hamdir. Xulosa shuki, “muqaddas dinimiz 
ma’naviyatning tarkibiy “ma’naviyatni shaklantirishdagi asosiy mezonlaridan biri 
sifatida ijtimoiy taraqqiyotda, jamiyat taraqqiyotining ichki va tashqi 
munosabatlarida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan. Zero, islom ma’naviyatidagi mezonlar: 
4
Холмирзаев Х.Д, Кадирова Х.Б., Кадирова Я.Б, Маданиятшунослик.-Т.:2022.



insonparvarlik, vatanparvarlik, millatlar va dinlararo totuvlik, yetimparvarlik, 
halqpar-varlik hamda mehr-oqibat, muruvvatlilik, hamjihatlilik, axloq-odab kabi 
fazilatlarning shakllantirishda alohida ahamiyatga egadir.
5
Mamlakatlararo ijtimoiy-iqtisodiy, xususan ilmiy-madaniy, diniy aloqalarning 
o‘rnatilishi mamlakatimizda ma’naviy-axloqiy fazilatlar-ning, shu bilan birga 
islomiy qadriyatlarning rivojlanishiga xizmat qilmoqda. Jahon hamjamiyatida 
O‘zbekistonda diniy-madaniy sohada amalga oshirilayotgan ishlarga islomiy 
qadriyatlardan ijtimoiy hayotda foydala-nish tajribasiga kundan-kunga qiziqish 
ortmoqda. 

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling