Ma’ruza mashg`ulotlari 1- mavzu: “Kasbiy ma’naviyat” fanining maqsadi, vazifasi va jamiyat hayotidagi ahamiyati Reja
Kasbiy ma’naviyatning fanlar bilan aloqadorligi
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
КАСБ МАЪНАВИЯТИ УМК
1.4. Kasbiy ma’naviyatning fanlar bilan aloqadorligi Kasbiy ma’naviyat fani insonda jahon tajribalarida sinalgan tizim bo‘lgan bozor munosabatlarini shakllantirish, milliy meros, an’analar, milliy va 13 2021 йил 19 январь куни Шавкат Мирзиёев раислигида маънавий-маърифий ишлар тизимини тубдан такомиллаштиришга бағишланган видеоселектор йиғилишидан 11 umuminsoniy qadriyatlarning boy manbalari bo‘lgan ma’naviy-ma’rifiy tushunchalar haqida bilim, malaka hosil qilishda boshqa fanlar qatori o‘z o‘rni va aloqadorligi bor. Kasbiy ma’naviyat fani birinchi navbatda falsafa bilan mushtarak rivojlanib kelgan. Chunki falsafadan ajralib chiqqan pedagogika insoniy jamiyat va tabiat rivojlanishining umumiy qonunlaridan ilmiy manba sifatida foydalanadi. Kasbiy ma’naviyat faniga oid murakkab va ko‘p maqsadli jarayonlarni taxlil qilishda turli fan sohalarining o‘zaro uzviy tarzda yondashuvining eng umumiy tamoyillarini namoyon qilib, qiyosiy taxlil va tasniflashga asoslanadi. Ta’lim va tarbiyaga asoslangan Kasbiy ma’naviyat fanini falsafiy anglash va asoslash bilan bog‘liq material-istik, pozitivistik, ob’ektiv, idealistik va boshqa ko‘plab qarashlar mavjud. Falsafa-pedagog shaxsining rivojlanish jarayonining dialektik xusu-siyati, muayyan pedagogik g‘oya, qarash hamda ta’limotlarning falsafiy jihat-lari kabi masalalarni tahlil etishga imkon beradi. Shunigdek, inson ongi, sog‘lom aqlga mos dunyoqarashni shakllantirib, biror-bir g‘oya, maqsad yoki fikrni zo‘rlab singdirish yoki quruq yod oldirish orqali emas, balki ishonch hosil qilish, turli fikrlarni o‘rtaga tashlash, muhokama qilish, zarur tushuncha va tamoyillarni aniqlash jarayonini shakllantiradi. Etika- pedagog shaxsning ma’naviyatini shakllantirish, unda eng oliy insoniy sifatlar, axloqiy ong va ma’naviy-axloqiy madaniyatni tarbiya-lashda muhim o‘rin tutuvchi nazariy g‘oyalarni pedagogik jaraѐnga tatbiq etishda alohida o‘rin tutadi. Kasbiy ma’naviyat fani ta’lim va tarbiyaga qaratilgan aniq masala-larni ishlab chiqish va hal etishda falsafa fanining etika (axloq-odob) va estetika kabi tarmoqlari ulkan ahamiyat kasb etadi. Estetika-pedagog shaxs tomonidan go‘zallikning idrok etilishi, uni yaratishga intilishi, shuningdek, estetik didni tarbiyalashda muhim yo‘nalish-larni aniqlashga xizmat qiladi. Shuningdek, estetik ong va uning tuzilishi, estetik ongning tarkibiy qismlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik masalalariga alohida e’tibor qaratadi. Inson, shaxsda estetik ong va estetik faoliyat tushunchalari o‘zaro bog‘liq bo‘lib, estetik faoliyat esa estetik ong asosida vujudga kelib, o‘zida kasb talablarini aks etiradi. Iqtisod-pedagog shaxs jamiyatni moddiy va ma’naviy jixatdan rivoj-lanishi, ta’minoti, yuksalishi, ta’lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etish va ularning moddiy- texnika va zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash kabi masalalarning iqtisodiy omillarga bog‘liqligini anglashga xizmat qiladi. Sotsiologiya-pedagog shaxs, ijtimoiy munosabatlar jarayonidagi ishti-roki, ularni tashkil etish shartlari xususida ma’lumotlarga ega bo‘lishdan ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining o‘zaro munosabatlarini samarali tashkil etish uchun imkoniyat yaratadi. Madaniyatshunoslik-pedagog shaxs, o‘quvchilarda insoniyat tomonidan yaratilgan moddiy va ma’naviy madaniyat asoslari haqidagi tasavvurni shakl- lantirish, ularda madaniy axloq va xulq-atvor xislatlarini tarkib topti-rish uchun xizmat qiladi. 12 Tarix-pedagog shaxsda, inson evolyusiyasi, taraqqiyoti, ta’lim-tarbiya jarayonlarining dinamik, dialektik xususiyatlarini inobatga olish, shuning-dek, tarixiy tajribani ѐsh avlodga o‘rgatish uchun manba bo‘lib xizmat qiladi. Psixologiya-pedagog shaxsda ma’naviy-axloqiy, ruhiy-intellektual, hissiy irodaviy sifatlarni tarkib toptirish uchun zamin yaratadi. Pedagogika- pedagog shaxsda ijtimoiy tarbiya mohiyatini ilmiy jihatdan asoslash ma’lum pedagogik hodisaning muayyan vaziyatlarda namoѐn bo‘lish qonuniyatlarini bilishni taqozo etadi. Bizga ma’lumki, pedagogik hodisa murakkab tuzilmaga ega bo‘lib, uning umumiy mohiyatini to‘laqonli anglash imkoniyatini beradi. Tibbiy fanlar-shaxsning fiziologik-anatomik jihatidan to‘g‘ri rivojlanishini ta’minlash, uning organizmida namoyon bo‘layotgan ayrim nuqsonlarni bartaraf etishga amaliy yondashuv, shuningdek, nuqsonli bolalarni o‘qitish hamda tarbiyalash muammolarini o‘rganishga ko‘maklashadi. Bu fanlarning har birida insonning tabiat va ijtimoiy guruh (sos-ium) olamida jismoniy, ma’naviy va ruxiy hayot faoliyatining shakllanishi va rivojlanishini nazariy tushuntirish usullari va o‘ziga xos tahliliy uslublari ishlab chiqilgan. Jamiyatda shaxs va jamoa munosabatlarida ta’lim va tabiya jarayonining mohiyatini tushunish hamda bilishning dialek-tik nazariyasini ishlab chiqish bilan bog‘liq bo‘lgan geneseologik masala va boshqa muammolar kiradi. Inson va jamiyatni ulug‘lovchi ta’lim va tarbiyaning fanlarning qaysi sohasi bilan aloqadorlikda tadqiq etilsa o‘sha fanning qonun-qoidalariga suyanadi. Tarbiyalilik, ziyolilikning asosiy belgisi bo‘lib, uning umumiy mada-niy saviyasi ko‘pincha nutq madaniyatida aks etadi. Madaniy nutq avvalo “to‘g‘ri nutq” demakdir. Madaniyatli inson, shaxs obrazli, ifodali va chiroyli nutq orqali o‘z fikrini bayon qiladi. Antik davr Gresiyada fanlarning barchasini, ular qanday ilmiy masalalar bilan shug‘ullanishidan qat’i nazar, falsafa deb ataganlar. U ham ijtimoiy borliq, ham tabiat to‘g‘risidagi ilm hisoblanar edi. Shu ma’noda, dastlabki falsafa fani olam va unda insonning tutgan o‘rni haqidagi qarashlar tizimi bo‘lib, dunyoni ilmiy bilish zaruratidan vujudga kelgan edi. XVIII asrda ilmiy bilim jamiyat ongini butunlay yangi sifat daraja-sigi ko‘tardi. Fan insonning ma’naviy hayotiga, chuqur kirib borib uning madaniyatiga mazmun bag‘ishladi. Kishilarning -tabaqaviy, milliy-irqiy yoki boshqa farqlaridan qat’iy nazar barcha uchun bir xil mohiyat kasb etdi. Ispan faylasufi X. Ortegi-i Gassetning yozishicha: “Biz haqiqatdan ham XIX -asrda ro‘y bergan inson taqdiridagi radikal o‘zgarishlar oldida turibmiz. Zamonaviy inson uchun ham jismonan, ham ijtimoiy jihatdan mutlaqo yangi manzara, yangi faoliyat yaratildi. Bu yangi dunyoning qiyofasini uchta muhim jihat belgilaydi. Bu demokratiya, ekspremental fan va industrializatsiya. Ikkinchi va uchinchi jihatlarni “texnika” nomi bilan umumlashtirish mumkin”. 14 14 Ортега-и- Гасит Х. Восстания масс.- Вопросы Философии, №3, 1989, 127-128 б. 13 Jamiyatning hozirgi iqtisodiy rivojlanish bosqichida ta’limning ijtimoiy hayotdagi o‘rni tubdan o‘zgartirib, iqtisodiy taraqqiyotning asosiy omiliga aylanadi. Ta’limning yuksalgan ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati inson kapitalini shakllanish asosi sifatida maydonga chiqadi. Hozirgi davr iqtisodiyotida boshqa ishlab chiqarish resurslari emas, balki aynan inson kapitali, ijtimoiy ishlab chiqarishning raqobatbardoshligi va samarador-ligini asosi sifatida tan olindi. Bilim va tafakkurni ijtimoiy kapitalga aylanishi, bilimlarni o‘zlashtirishdan ko‘riladigan nafning o‘sishi bilan izohlanadi. Axborotlashgan jamiyatida qaror topgan iqtisodiy rivojlanish-ning yangi tipi xodimlar uchun o‘z umri mobaynida kasbkorini bir necha marta o‘zgartirish, o‘z malakasini muttasil tarzda oshirish zaruratini uyg‘otadi. Mazkur, axborotlashgan jamiyatda ta’lim sohasi jamiyat hayotining iqtisodiy sohasi bilan sezilarli darajada kesishib, ta’lim faoliyati esa uning iqtisodiy rivojlanishini belgilovchi muhim omilga aylanadi. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, inson kamoloti uning yashash davridagi faoliyatiga bog‘langan holda rivojlanadi. Bola juda yoshligidan boshlab kattalar yordamida tashqi muhit bilan turlicha aloqada bo‘ladi va sekin-astalik bilan bu faoliyat ularning shaxsiy xususiyatlariga ta’sir etib, shaxs sifatida shakllanib boradi. Bu borada oila bilan bir qatorda ta’lim muassasalari ham yurtimiz kelajagi, vatan taqdiri va kelajagiga daxldorlik hissini anglashi lozim bo‘ladi Chunki, ta’lim va tarbiya jarayoni yutuq va marralarimizning hayot baxsh manbai sifatida shu muqaddas zaminda yashayotgan barcha vatandoshlarimiz qalbidan mustahkam o‘rin egallaydi. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling