Ma’ruza mashg`ulotlari 1- mavzu: “Kasbiy ma’naviyat” fanining maqsadi, vazifasi va jamiyat hayotidagi ahamiyati Reja


-Mavzu: Qadimgi Sharq va G‘arb xalqlari ma’naviy dunyoqarashi va


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/71
Sana19.12.2022
Hajmi1.67 Mb.
#1033657
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   71
Bog'liq
КАСБ МАЪНАВИЯТИ УМК

 
2-Mavzu: Qadimgi Sharq va G‘arb xalqlari ma’naviy dunyoqarashi va 
tafakkur tarzi 
Reja: 
2.1. Qadimgi Sharqda mifologiya va din ma’naviy dunyoqarashning omili 
sifatida 
2.2. Antik davr G‘arb falsafasida mifologiya va dinning ahamiyati 
2.3. Qadimgi Markaziy Osiyoda mifologik va diniy dunyoqarash 
2.4. Qadimgi Markaziy Osiyoda ta’lim, tarbiya va dunyoqarash 
Tayanch iboralar 
Qadimgi Sharq. qadimgi Sharqda olam, odam va dunyoqarash, qadimgi Hind 
falsafasida inson omili, qadimgi Xitoyda odam va olam, qadimgi Eron va Markaziy 
Osiyo xalqlarida odob-axloq va tarbiya, antik davr G‘arb falsafasida tafakkur va 
dunyoqarash, Tavrot, Zabur, Injil, Qur’oni Karim, Hadisi Sharif-diniy axloqiy 
manba sifatida, jamiyat, adolatli jamiyat, ta’lim va tarbiya jarayoni.
2.1. Qadimgi Sharqda mifologiya va din ma’naviy dunyoqarashning 
omili sifatida 
Insoniyat o‘z o‘tmishi, tarixini o‘rganishdan nafaqat o‘z ajdodlari o‘tmishi 
to‘g‘risida mukammal bilimga ega bo‘ladi balki, kishilik jamiyati-ning rivojlanish 
qonuniyatlari, taraqqqiyot bosqichi jarayonlarini, insoniyatning inqiroz, tannazul 
bosqichlarini sabablarini tushunib, o‘tmish saboq va tajribalaridan xulosa chiqaradi 
va kelajakda to‘g‘ri yo‘ldan borish lozimligini anglab yetadi. 
Insoniyat ibtidosida dunyoqarash-olamga va insonning olamdagi o‘rniga 
qarash asosiy mohiyat hisoblanadi. Qadimgi Sharq jamiyatida dunyo-qarash 
qo‘yidagicha shakllangan diniy, axloqiy, falsafiy estetik, ilmiy, siyosiy va huquqiy 
qarashlarda o‘z aksini topib, uning asosida chin ma’nodagi ilmiy bilimlar yuzaga 
kelgan. 
“...Tarix-bu davrning shohidi, haqiqatning shu’lasi, xotiraning umr-boqiyligi, 
o‘tmishning elchisi demakdir. Tarix u davr g‘alvirlaridan o‘tgan sari ѐlg‘on-


15 
yashiqlarning yarmisidan forig‘ bo‘libgina qolmasdan, balki haqiqat mag‘ziga 
to‘yina boradi. Tarixni qayta yozib ham, uni tuzatib ham bo‘lmaydi”,-degan edi 
Sitseron.
Odatda inson, shaxsning dunyoqarashi ijtimoiy munosabatlar bilan 
chambarchas bog‘laiq xolda shakllanib, rivojlanadi. Inson, shaxsda dunyoqarash, 
o‘zini va dunyoni zaruriy ravishda anglashi hamda baholashi asosida shakllanadi. 
Ushbu jihatdan dunyoqarash voqelikning inson ongidagi sub’ektiv in’ikosi sifatida 
namoyon bo‘ladi. Chunki, insoniyat tarixida dunyoqarashning uch asosiy shakli 
belgilangan. 
“...-Tarix millatlarning o‘tmishi, taraqqiѐti hamda tanazzulining sabablarini 
o‘rganaturg‘on ilmdir”-degan edi A.Fitrat.
Qadimgi Sharq falsafasida asosiy e’tibor inson muammosiga qarati-lib, inson 
muammosi amaliyotdan iborat deb qarashdan, insonlarning hayotiy faoliyati, 
ijtimoiy turmush tarzi nuqtai-nazaridan o‘rganiladi. Inson, shaxsning o‘zligi, odob-
axloqi, makon va zamon hodisasiga ko‘ra hukmdor-larga, turli yoshdagi odamlarga, 
shuningdek, jamiyatdagi ijtimoiy holati turlicha bo‘lganlarning amaliy faoliyati 
bilan bog‘liq muammolar asosida o‘rganiladi. 
Qadimgi Sharqda o‘ziga xos falsafiy kategoriyalar apparati mavjud bo‘lib, 
inson muammosi din bilan o‘zaro aloqadorlikda rivojlangan va falsafiy oqim, falsafa 
sifatida ham, din sifatida ham namoyon bo‘ladi 
Dastlab, falsafiy kategoriyalari haqidagi tushunchaga e’tibor qarata-digan 
bo‘lsak, falsafa tarixida kategoriyalarga yondashuvlarning xilma-xilligi mavjud. 
Qadimgi Sharq an’anasida ham, antik davr Gresiyada ham dialektika 
kategoriyalarining juftli xususiyati va ularning ziddiyatli munosabatlarini hal 
qilishga ehtiyoj anglanadi. Dialektika kategoriya-lariga xos bo‘lgan qarama-
qarshiliklar birligini tushuntirishga urinishlar jarayonida fikrlash va borliqning 
qarama-qarshiliklarini birlashti-ruvchi yagona asosni topish yo‘lida izlanishlar olib 
borilgan. Mazkur yondashuv natijasida dialektika kategoriyalari umumiy va 
fundamental xususiyat kasb etib borgan.
15
Qadimgi Hindiston falsafasini 
o‘rganuvchilar vedalarning oxirgi xulosaviy qismlari -upanishada (sanskritda 
o‘qituvchi oyog‘i ostida o‘tirish)lar bilan juda qiziqishadi. Upanishadalarda 
vedalarning falsafiy talqini berilgan. 
Qadimgi Hindiston falsafasi uzoq tarixga ega bo‘lib, jumladan Veda davri 
(milloddan avvalgi XV-VI asrlar) to‘g‘ri keladi. Veda (sanskrit. “bilimlar”)lar-
diniy-falsafiy yozma (traktat)lardan iborat bo‘lib, milod-dan avvalgi XV asr 
so‘ngida Hindistonga O‘rta Osiyo, Volga atrofi va Erondan ko‘chib kelgan ariy 
qabilalari tomonidan yaratilgan. 
Qadimgi hind va eroniylar birga yashab, hind-oriy umumiyligini tashkil 
etganlar. Ularning ajdodlari avvalo Markaziy Osiyo va unga qo‘shni o‘lkalarda 
yashaganlar degan fikr mavjud. Bu hududda yashaganlarning bir guruhi 
Hindistonga, boshqasi esa G‘arbiy Osiyoga borganlar. Bu jarayon milloddan avvali 
2-ming yillikning o‘rtalarida ro‘y bergan. Ba’zi olimlar Oriylarni Hindistonga ikki 
15
Назаров Қ ва бошқалар. Фалсафа асослари. -Т.: “Ўзбекистон”, 2005. –Б.-32. 


16 
yo‘l orqali, ya’ni Kavkaz va Markaziy Osiyo orqali o‘tishi mumkinligi haqida faraz 
yuritganlar. Bu jarayon bir necha yuz yillar mobaynida ro‘y bergan. O‘sha davrda 
mahalliy qabilalar bilan harbiy to‘qnashuvlar, oriy qabilalarning ichida ham o‘zaro 
nizolar bo‘lib turgan. Hind-oriylarning Hindistonda mahalliy aholi bilan 
assimilyatsiya jara-yoni va Oriylarning Sharqqa harakati tezroq kechgan.
Oriylar mahalliy qabilalarning sotsial, madaniy va siyosiy tizimiga ma’lum 
darajada o‘z ta’sirini o‘tkazgan, o‘z navbatida hind diniy tushun-chalari ham hind-
oriylarga o‘z ta’sirini ko‘rsatgan. Asta-sekin hind-oriy va mahalliy qabila 
yutuqlarini o‘zaro mujassamlashgan, hozirda ham Shimoliy hamda Sharqiy 
Hindistonning ko‘pchilik aholisi umume’tirofi sifatida yangi madaniyat vujudga 
kelgan. 
Sharq falsafasining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri dunyoviy, man-tiqqa 
asoslangan bilimlarni diniy mifologik qarashlarning uzviy tarzda o‘rganadi.
Qadimgi sharq falsafasining o‘ziga xos belgilaridan yana biri unda yakka shaxs, 
individual fikrlarga nisbatan umumjamoa manfaatlarini aks ettiruvchi umumjamoa 
ruhining uctyvorlik ahamiyatga molikdir. Iste’-dodli shaxslar ham ana shu ruhning 
ajoyib targ‘ibotchisi sifatida tarix sahnasidan o‘rin olganlar.
Qadimgi hind mutafakkiri ontologik (ontologiya grekcha,borliq haqidagi 
ta’limot) jihatini namoyon etuvchi falsafiy yondashuvlar Gita qonuniga asoslanadi. 
Olam tartibli va o‘zaro bog‘liqlikda harakat qilib, har bir hodisa (inson harakati, 
tabiat hodisasi) koinot hayotiga ta’sir etadi. Rivojlanish, evolyusiyaning maqsadi-
material shakllarning doimiy almashi-nuvi orqali mukammal ruhga yetishishdir. 
Qadimgi hind gnoseologiyasi, bilish haqidagi ta’limotning asosiy xususiyati-
predmet va hodisalar in’ikosining xususiyatlarini (bilishning yevropa shakliga xos) 
emas, balki ongda bo‘layotgan jarayonlarni predmet va hodisalar olami bilan 
birgalikda o‘rganadi. Shu sabali hind falsafasida ongning uch turi mavjud: 
“prakriti”- material ong, “purusha”- toza ong (birlamchi energiyadan olam va inson 
vujudga kelgan) va “mayya”- tushni anglash yoki sarob ekanligini isbotlashdir. 
16
Qadimgi hind falsafasiga ko‘ra ongning xar bir turi aniq tarzda o‘rganilishi 
kerak-hind falsafasi ushbu jihati bilan yevropa falsafa-sidan farq qilib, faqatgina 
material ongni tan olgan. Faqatgina O.Kontgina ongning asl va asl emasligini borliq, 
mohiyat va xayolot asosida tahlil etgan. Umuman olganda qadimgi dunyo falsafasi 
keyingi davrlardagi falsafiy tafakkur, dunyoqarash va madaniyatining rivojlanishiga 
ulkan ta’sirini ko‘rsatgan.
Eramizdan avvalgi VI-III asrlarda Xitoyda asosan oltita falsafiy ta’limot 
(maktab) shakllangan: konfutsiychilik, daosizm, moizm va legizm-lardir. Qadimgi 
Hindiston falsafasi kabi Xitoy falsafasida ham inson masalasi birlamchi mazmun 
va mohiyatini aks etiradi. Inson tabiat va koinot bilan o‘zaro uzviy deb tushunilsada, 
jamiyatning bir bo‘lagi sifatida inson borlig‘i markaziy o‘rinni egallaydi. 
Insonni, tabiat va koinotning bir bo‘lagi sifatida qabul qiladi, biroq, inson 
tabiat, o‘simlik va xayvonot dunyosi ustidan xukmronligini tan olmaydi. Shunigdek, 
16
Канаева Н.А. Индийская философия древности и средневековья. Учебная пособия.-М.:-2008. 


17 
jamiyatdagi individualizm ya’ni bir shaxsning o‘zgalar ustidan xukumronlik yoki 
boshqaruv vakillarigaga qarshiligi tan olinmaydi. 
Konfutsiy ta’limotiga ko‘ra har bir ijtimoiy qatlamning axloq nor-malari 
mavjud bo‘lib, uni o‘zgartirishga bo‘lgan urinish mantiqka zid hisoblanadi. 
Masalan, ustoz(muallim) ta’lim beruvchi, ta’lim(o‘quvchi) oluvchining hayot 
zaxmati va mashaqatlariga ko‘nikrib borishi lozim, bu xatti-harakati bilan ustoz, 
nafaqat shogirdiga hayotda to‘g‘ri, halol va adolatlik yashashni balki jamiyatni ham 
yomon illatlardan asragan bo‘ladi.
Tarbiyachi, boshqaruvchilar toifasiga kirgan shaxslar jamiyatda joriy etilgan 
axloq normalarini iktisodiy kam ta’minlangan ijtimoiy qatlam axloq qoidalariga 
qarab ishlab chiqish mumkin emas. 
Axloq 
mezonlari 
kishilarning 
jamiyatdagi 
mavqelariga, 
iqtisodiy 
ta’minlanganlik darajasiga qarab o‘zgarib, takomillashib boruvchi ijti-moiy 
jarayondir. Ammo, bu jarayonda insoni mavqeyi asosiy o‘rin tutishi e’tirof etilgan, 
jamoada alohida bir shaxsning ajratilmaslik nazarda tutiladi. 
Inson, jamiyat va davlatni butun bir birlik sifatida qabul qilish, jamiyatda 
vertikal munosabat (hokimiyatga buysunish) kabilar birlash-tiruvchi buyuk kuch 
sifatida tan olingan. O‘zaro munosabatlarda konformizm, tinchlik va harakatsizlikka 
moyil bo‘lmaslika alohida ahamiyat qaratilgan. 
Hayotni avvalombor ruhning tanadagi hayoti sifatida qabul qilish, narigi 
dunyodagi hayotni bu dunyoning roxat- farog‘atidan ustun qo‘yish, har bir insonning 
yerdagi hayotini imkon darajasida uzaytirishga qaratilgan. Tashqi kuchlarni real deb 
tan olishi, marxum, ajdodlar va ruhlarga (“shenlarga”) ehtirom ko‘rsatish, ota-ona 
va kattalarga xurmat ko‘rsatish insoniy burch hamda qoida hisoblangan.
Qadimgi Xitoy falsafasida ruhiy psixofizik energiya-“si”ni toza holatda 
saqlash, ushbu jihatga nisbatan keraksiz tashvish, yomon va zararli fikrlardan xolos 
bo‘lish, uy jihozlarining to‘g‘ri joylashuvi, yomon “si”ga ega bo‘lganlar bilan 
muloqat qilmaslik, faqat toza “si”ga ega insonlar bilan aloqa qilish kiradi. 
Qadimgi Xitoy mifologik falsafasi olam, inson va tabiatning vujudga kelishini 
shunday tushuntiradi, insonni anglash, tabiat hodisa-sini talqin qilishda Xitoyning 
olamga mashhur falsafafiy maktablari -daosizm, konfutsizm va legizmning 
yaralishiga zamin yaratdi Daosizm- Xitoy falsafiy ta’limotida olamning tuzilishi 
va mavjudlik talqini qo‘yida-gicha inson, tabiat va koinot yurishi kerak bo‘lgan 
yo‘lni topishga harakat kiladi.
Bu ta’limot asoschisi Lao Szi (keksa Ustoz)-milloddan avvalgi VI- V asrda 
yashagan. Undan-“Daoszin” va “Deszin” kabi falsafiy bitik (trak-tat)lar yozgan, bu 
ikki asarni birgalikda “Daodeszin” deb nomlanadi. “Dao”-ikki ma’noga ega, 
birinchisi, bu inson va tabiat o‘z rivojlanishida davom etishi kerak bo‘lgan yo‘l, 
olam, borliqni ta’minlab beruvchi umum-bashariy qonun. Ikkinchisi esa, bu butun 
olam yaralgan substansiya, energetik bo‘shlik bo‘lgan birinchi borliqdir. 
17
Konfutsizm xal etadigan masalalar: jamiyatda inson o‘zini qanday tutishi va 
insonlarning qanday boshqarish kerakligi to‘g‘risidagi axloq normalarini ishlab 
17
Андрейченко Г., Грачева В. Философия. Учебник.-М.:-2013. 


18 
chiqqan. Konfutsizmning jamiyatda insonlar o‘zini tutushining oltin qoyidasi: 
o‘zinga ravo ko‘rmagani o‘zga, birovga qilma. Xitoy jamiyatining birlashishida 
katta rol uynagan Konfutsiy ta’limoti 2500 yil o‘tsada bu ta’limot xozirda ham o‘z 
ahamiyatini yo‘qotgani yuk. 
Xulosaga ko‘ra Sharq ma’naviy sivilizatsiyasi shaxsning borlig‘iga, uning 
o‘zlikni anglash tuyg‘usiga va moddiy dunyodan uzoqlashish orqali o‘zini o‘zi 
kamol toptirishiga murojaat etish ruhi bilan sug‘orilgan bo‘lib, bu Sharq xalqlarining 
turmush tarzida va madaniy qadriyatlarni o‘zlash-tirish usullarida o‘z aksini topgan.

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling