Ma’ruza mashg`ulotlari 1- mavzu: “Kasbiy ma’naviyat” fanining maqsadi, vazifasi va jamiyat hayotidagi ahamiyati Reja


XXI asrda global etosfera (odob-axloq, ma’naviy dunyoqarash va


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/71
Sana19.12.2022
Hajmi1.67 Mb.
#1033657
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71
Bog'liq
КАСБ МАЪНАВИЯТИ УМК

1.3. XXI asrda global etosfera (odob-axloq, ma’naviy dunyoqarash va
tafakkur tarzi)ni yaratishning zaruriyati. 
Tabiat qonuniga ko‘ra olam doimo rivojlanishda, u bir joyda tuhtab qolmaydi.
Jamiyat qonunlarining ob’ektiv shart-sharoitga to‘g‘ri kelmay o‘z kuchini 
yo‘qotishi, o‘zgarib borishi va o‘z o‘rnini yangisiga bo‘shatib berishi birdaniga 
kechmaydi. Bunda dialektikaning inkorni - inkor qonuni namoyon bo‘ladi va asta-
sekinlik bilan miqdor o‘zgarishlarining tub sifat o‘zgarish-lariga o‘tish qonuni orqali 
amalga oshadi. Eski va yangi qonun o‘rtasidagi almashinuvning eng oxiri “qizil 
chizig‘”i bo‘lgan sakrash, ya’ni revolyusiya sodir bo‘ladi. Sakrash tadrijiy taraqqiyot 
natijasida, ma’lum bir ob’ektiv shart-sharoitlar yetilgandagina ro‘y berishi mumkin 
Agar sakrash sun’iy tarzda, ob’ektiv shart-sharoit yetilmasdan turib, ayrim sub’ektiv 
omillar natijasida amalga oshirilsa, keskin o‘zgarishlarga olib keladi va paranor-mal 
(g‘ayritabiiy, ob’ektiv emas) qonunlar asosiga qurilgan ijtimoiy nosog‘lom 
jamiyatni yuzaga keltiradi.
Har bir shaxs, har bir ijtimoiy guruh yoki toifa, har bir elat, millat va mintaqa 
xalqlarining o‘ziga xos ma’naviy olami mavjud. Ushbu ma’naviy olamlar doimo bir 
xil saqlanmaydi, zamon va makonda o‘zgarib, goh kamolot sari yuksalib, goh 
qashshoqlashib turadi.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqil, suveren va demokratik davlat sifatida 
davlat dindan ajratilgan, biroq din jamiyatdan hech qachon ajra-tilgan emas. Ijtimoiy 
hayot, urf-odat va tarbiya mezonida dinning o‘z o‘rni bor. Chunki tarix va hayot 
tajribasi dunyoviy va diniy qadriyatlar, ilm ma’rifat doimo bir-birini to‘ldirib, 
boyitib kelganligi shu asosda kishilar ma’naviy kamolot cho‘qqilariga 
erishganligidan dalolat beradi. Ma’naviy va ma’rifiy qashshoqlik bilan hech bir 
millat, u yashayotgan mamlakat hech qachon iqtisodiy va ijtimoiy- siyosiy 
taraqqiyotning yuksak cho‘qqilariga erisha olmaydi. 
Yangi O‘zbekiston maktab ostonasidan boshlanadi, har tomonlama yetuk 
komil insonni tarbiyalash vazifasini davlat siyosatida ustuvor yo‘nalish qilib 
belgilandi. O‘zbekistonning yanada rivojlanib, taraqqiy etib borishi ko‘p jihatdan 
kelajak avlodning mustaqil hayotga qanday bilimlar, dunyoqarash va ma’naviy 
qadriyatlar bilan yo‘l olishiga ham bog‘liq. 
Belgilangan keng qamrovli vazifalardan ko‘rinib turibdiki, inson kamoloti va 
jamiyatning yuksak darajaga ko‘tarilishi ma’naviyatning rivojlantirishga bog‘liq 
bo‘ladi. 
Ayniqsa, ma’naviyat haqidagi tasavvur va tushunchalarimizning ilmiynazariy 
asoslarini mustahkamlash. bu boradagi qarash va xulosalarni yangilash, yanada 
yuksak bosqichga ko‘tarish kerak. “Agar jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot 


10 
bo‘lsa, uning joni va ruhi ma’naviyatdir”- dedi Shavkat Mirziyoev. “Biz yangi 
O‘zbekistonni barpo etishga qaror qilgan ekanmiz, ikki-ta mustahkam ustunga 
tayanamiz. Birinchisi-bozor tamoyillariga asoslangan kuchli iqtisodiyot. Ikkinchisi- 
ajdodlarimizning boy merosi va milliy qadriyatlarga asoslangan kuchli 
ma’naviyat”.
13
Ta’kidlanganidek, ma’naviyatning mohiyatini to‘liq anglab yetmagan, eski 
mafkurani tasavvur qilib, bunga yuzaki qaraydiganlar ham yo‘q emas. Shu bois 
prezident mamlakat mafkurasining asosiy g‘oyasini ta’kidlab o‘tdi. Davlat rahbari 
bugun dunyoda keskin kurash va raqobat hukm surayotgani, manfaatlar to‘qnashuvi 
kuchayib borayotganini tilga oldi. Globallashuv jara-yonlari insoniyat uchun 
beqiyos yangi imkoniyatlar bilan birga kutilmagan muammolarni ham keltirib 
chiqarayotgani, milliy o‘zlik va ma’naviy qadriyatlarga qarshi tahdid va xatarlar 
tobora ortayotgani ta’kidlandi. Qayd etilishicha, faqat o‘zini o‘ylash, mehnatga, 
oilaga yengil qarash, iste’molchilik kayfiyati turli yo‘llar bilan odamlar, ayniqsa, 
yoshlar ongiga ustamonlik bilan singdirilayapti.
“Biz yaratayotgan yangi O‘zbekistonning mafkurasi ezgulik, odamiylik
gumanizm g‘oyasi bo‘ladi. Biz mafkura deganda, avvalo, fikr tarbiyasini, milliy va 
umuminsoniy qadriyatlar tarbiyasini tushunamiz. Ular xalqi-mizning necha ming 
yillik hayotiy tushuncha va qadriyatlariga asoslangan”,-dedi Shavkat Mirziyoev. 
Shaxsning jamiyat vakili sifatidagi maqomida: mamlakatning jahon-dagi 
nufuzini oshirishda mas’ullik, sivlizatsiyasi yutuqlarini egallash, jahon xalqlari 
oldida turgan umumbashariy muammolarga befarq bo‘lmas-lik, milliy va 
umuminsoniy manfaatlar uyg‘unligini anglash, insonning tabiatning bir bo‘lagi 
ekanligi, uni asrashda mas’ullik va boshqa bir qator tushunchalarni kiritish mumkin. 
Insoniyat evolyusiyasida muhim ahamiyat kasb etgan pedagoglik kasbi 
makon va zamon silsilasidan o‘tgan pedagoglik kasbi zamonlar osha sayqal-lanib, 
o‘zida zamonaviy jihatlarni kashf etgan holda rivojlan-moqda. Ayniqsa, bugun bu 
soxaga bo‘lgan extiyoj ortish bilan zamonaviy talablar bilan boyidi. 
Mashg‘ulotlarini tashkil etishda pedagoglar o‘quv axborot-larining talabalar bilim, 
ko‘nikma, malaka va tajribalariga tayangan holda ularni qiziqtira oladigan, 
fikrlashga o‘rgatadigan, ta’limga yangicha yondashuv hayotimiz farovonligining 
asosiga aylandi. 
Shu jumladan pedagoglik kasbiga talab ortishi bilan birga o‘qitish-ning 
yangicha metodlari amaliyotga tadbiq etila boshladi. Globalи
́ zm sharoitda 
pedagogdan ta’lim va tarbiya jarayonining barcha imkoniyatlariga ko‘ra shaxsni 
rivojlantirish, ijtimoiylashtirish va unda mustaqil, tanqidiy, ijodiy fikrlash qobiliyat-
larini tarbiyalashga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim. O‘zida shu kabi qobilyat yoki 
imkoniyatlarni namoyon eta olgan shaxsgina pedagog bo‘la oladi.

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling