Ma’ruza mashg`ulotlari 1- mavzu: “Kasbiy ma’naviyat” fanining maqsadi, vazifasi va jamiyat hayotidagi ahamiyati Reja


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/71
Sana19.12.2022
Hajmi1.67 Mb.
#1033657
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   71
Bog'liq
КАСБ МАЪНАВИЯТИ УМК

Germaniya. Nemis xalqining etnik evolyusiyasi millodiy 1-ming yillik 
o‘rtalarida Reyn va Oder daryolari oralig‘ida yashagan qadimgi german qabilalari: 
frank, saks, bavar, aleman, tyuring, tevton va kimvr qabilalari ittifoqlari tashkil etadi. 
Protestant,lyuteran va katolik diniga e’tiqod qiladi. 
Nemis xalqi azaldan o‘zining trishqoq, mehnatsevar va tadbirliligi bilan 
boshqalardan ajralib turgan, dangasalik, beparvolik va loqaydik kabi salbiy jixatlar 
bu tabiatiga xos emas. Bu kabi salbiy illatlarni kutilmagan baxtsiz hodisadek nohush 
qabul qiladi, umuman yoqlamaydi. Shuingdek, adolat, to‘g‘rilik va vaqtni qadriga 
yetish kabi ijobiy jihatlarni qadrilaydi. Nemis xalqi tabiatdan mehnatsevar bo‘lish 
bilan birga bilim olish, hunar o‘rganish va texnik ijodkorlik jihatlari bilan boshqa 
xalqlardan ajralib turadi.
Nemis tilida yengil qayg‘urish degan ibora yo‘q har qanday muammoga 
sovuqon aql, jiddiy izlanish va ijodkorlik bilan yondashuv ularning tabiatiga xos 
muhim 
hususiyat 
sanaladi. 
Muvafaqiyatning 
kaliti 
bilimda, 
ijodkorlik,
izlanuvchanlik va mehnatsevarlik esa har jumboqqa yechim topadi, degan qarash 
mavjud. Shiddat bilan oqayotgan daryo yo‘lini to‘sib bo‘lmaydi, biroq insoni 
ijodkorligini boshqarib bo‘lmaydigan jarayon degan fikrga qo‘shilmaydi, bilim va 
tajriba oz-ozdan yig‘ilib, mukammalashadi, degan qarashni ma’qul ko‘radi. Shu 
sababli, nemislar ruxsat etilmagan barcha narsa taqiqlangan degan tamoyilga amal 
qilib, hayotlarini juda murakkab-lashtirmaslik uchun qoidalarni buzmaslikni afzal 
ko‘radilar. Ularning hayotida eng kichik ko‘rsatma ham ahamiyatli bo‘lib, chekish 
yoki chim ustidan yurishga ruxsat berilsa, sizga albatta maxsus belgi orqali xabar 
beriladi. 
Nemislar o‘zlarining tezkorligi, tashkilotchiligi, qat’iy irodasi va temir 
intizomi hamda ozodaligi bilan faxrlanadilar. Axir, bu tartibni (Ordnung) yaratadi, 
u nafaqat poklik, balki to‘g‘rilik, odob, maqsad va boshqa ko‘plab ajoyib narsalarni 
o‘z ichiga oladi. Xorijda yurgan nemis fuqarosi zich qurilgan bino, iflos va axlat 
bosgan ko‘chalarni va yuvilmagan mashinalarga qarab bu yurtda yashovchi 
odamlarga achchinadi. London metrosida uzoq vaqt poezd kutayotgan nemis, bu 
aqldan ozgan inglizlar hamma narsani tartibga solish o‘rniga, nima uchun befoyda 
narsalarga e’tibor berib, bu ahvolga qanday qilib chidashlari mumkinligiga 
hayratlanadi. 
Shu bilan britaniyaliklarga xos barcha jihatlar nemislarga qandaydir shubhali 
ko‘rinadi: ingliz tili, qushlarning qichqirig‘idek eshitilsa, so‘zlari esa faqat turli 
hiyla-nayrangdan iboratdek, tinmay turli but va sanamlar nomini tinmay 
takrorlayotgandek ta’surot uyg‘otadi. Kamiga shaxarlarining nomini ham ataylab 
boshqa millatlar eslay qololmaydigan tarzda uylab topilgandek taasurot uyg‘otadi. 
“...Agar nemis xalqi har qanday tig‘iz vaqtda ham o‘zlaridan biror bir 
hayratlanarlik, insonda ijobiy taassurot uyg‘otuvchi mujiza yaratishni orzu qilsa, 
ingliz va fransuzlar bo‘sh vaqtlarini “o‘zlarini aqli va dono” ekanliklarini 
isbotlashga sarf qilishadi”-deb hisoblashaadi.
Demak, nemislar bu jihatlari bilan o‘zlarini o‘zgalardan ustivor ko‘rishlaridan 
darak bermaydimi ?


56 
Bir kuni Buyuk Britaniya Bosh vaziri Devid Kemeron o‘z mamlakatidagi 
zavodlardan biriga tashrif buyurib, ishchilarga qarata xulosasini aytibdi: “Biz 
hammamiz bir oz nemis bo‘lishimiz kerak”, Buyuk Britaniyada iqtisodiyot tanazzul 
yoqasida, sanoat ishlab chiqarishi pasaydi. Faqat Germaniyada iqtisod o‘sib 
bormoqda, ishsizlik esa eng past darajada. Qachon nemislar bizdek fikrlaydi, 
bilmayman degan ekan- Kemeron.
Deutsche Bank, DZ Bank, KfW va Commerzbank likvidli aktivlarining 
yuqoriligi bilan xalqaro moliya tizimida o‘z o‘rniga ega bo‘lgani tufayli dunyoni 
sanoati rivojlangan mamlakatlar safidan o‘rin olgan.
Nemis ta’lim tizimi asosan Federal yerlar (FE) huqumatining 
konpetensiyasiga kirib, ta’lim dasturi asosida boshqariladi. Lekin, markaz 
tomonidan umumiy rahbarlik ham mavjud: ta’lim vazirligi ta’lim siyosati 
konsepsiyasini ishlab chiqish bilan birga ta’lim tizimini kengaytirish hamda 
rivojlantirishni molyalashtiradi.
Mamlakat o‘n oltita federal xududdan iborat, maktab ta’limi davlat nazoratida 
bo‘lib, konstitutsiya va ta’lim to‘g‘risidagi qonuniga muvofiq tashkil etiladi. Lekin, 
har bir xududiy birlk o‘zining ta’lim to‘g‘risidagi qonuniga ega, shu sababli maktab 
ta’limida ayrim farqlar bor. 
Germaniya-ta’lim va kasbga yo‘naltirish, ilm hamda ilmiy tadqiqotlar 
markazi bo‘lib, aniq, tabiiy, tibbiyot va nanotexnologiya soxasida erishgan yutuqlari
uchun Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan. Xorijiy ilmiy muassaslarning ko‘p ilmiy 
loyihalariga ham moliyaviy yordam berib keladi, turli davlatlardan kelgan 
o‘quvchilarning ta’lim olishiga ham ko‘maklashadi.
Nemis pedagoglari faoliyatiga iste’dodsiz o‘quvchining o‘zi yo‘q, degan fikr 
bilan yondashadi, ular uchun o‘quvchining ochilmagan qirralarini kashf etish, 
yangilik 
va ixtirolarga qiziqtirishga intiladi. “Fikrlayapmanmi, demak, 
yashayapman!” degan edi, Rene Dekart. Germaniyaning qo‘yi ta’lim tizimida
pedagoglar avvalo o‘quvchini fikrlash, mustaqil fikri bo‘lishiga erishishni maqsad 
qiladi. Ta’lim jarayonida esa ota-ona va o‘qituvchi o‘rtasidagi uzviy hamkorlikka 
tayanadi. 
Germaniyada Yevropaning boshqa davlatlariga qaraganda bepul oliy ta’lim 
olish imkoniyati ko‘proq, nodavlat jamg‘armalar hamda hukumat grantlari asosida 
xorijliklar ham nemis universitetlarida tahsil olishi mumkin. Universitetlarda 
bakalavr bosqichi to‘rt yarim yilgacha, magistra-tura bir yildan to‘rt yilgacha, 
doktorantura ikki yildan besh yilgacha. Odatda, bakalavriat va magistratura 
talabalari o‘qish yakunida davlat imtihoni (Statspruefung) topshiradi va dissertatsiya 
himoya qiladi. Talaba o‘qish uchun qishki yoki yozgi o‘quv mavsumini tanlash 
huquqiga ega. Yozgi mavsum aprel-sentyabr, qishkisi esa oktyabr-mart oylarini o‘z 
ichiga oladi. 
Germaniya Geydelberg, Kyoln, Frayburg, Tyuringen kabi ko‘hna an’analarga 
ega universitetlar vatani hisoblanadi. Eng qadimiysi Geydelberg universitetiga 1386 
yilda asos solingan, u ko‘hna qit’aning eng nufuzli oliy ta’lim dargohi sifatidagi
ro‘yxatda yetakchilik qiladi. O‘rta asrdan ushbu universitetda o‘qish yevropalik 
aslzodalarning orzusi bo‘lgan, u mo‘jazgina Geydelberg shahrida joylashgani 


57 
mazkur universitetning nufuziga soya solmagan. Mazkur dargohda Gegel va 
Yaspers hamda o‘nga yaqin Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan jahon tanigan 
olimlar ta’lim olgan. Hozirda universitet yurisprudensiya, biologiya, kimyo, tibbiyot 
yo‘nalish-larida kuchli kadrlar tayyorlaydi. Bu yerda o‘qiydigan 25 ming talabaning 
12 foizi xorijliklardir 

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling